AliExpressda sport tovarlari: 12 ta arzon foydali topilma


Siz sport bilan shug‘ullanasizmi? Demak, bizning to‘plamimiz aynan siz uchun. Biz AliExpressda yugurish uchun telefon g‘iloflaridan tortib pulsoksimetrli aqlli soatlargacha bo‘lgan arzon sport mahsulotlarini topdik.
- Suv idishi
- Qadam o‘lchaydigan aqlli soat
- Telefon g‘ilofi
- Po‘latdan yasalgan sport arqonchasi
- Fitnes uchun ekspander to‘plami
- Yugurish uchun kamarli sumka
- Interval mashqlar uchun taymer
- Qo‘llar va bilaklar uchun trenajyor
- Kiyim va poyabzal uchun suv o‘tkazmaydigan sumka
- Suzish uchun ko‘zoynaklar
- Velosiped ko‘zoynagi
- Sport tizzabandlari
- AliExpress orqali O‘zbekistonga qanday buyurtma berish mumkin
Suv idishi
Suv oqib ketmaydi, hidi yo‘q. Agar suvga limon yoki boshqa meva-rezavorlarni qo‘shishni yoqtirsangiz, olib qo‘yiladigan to‘ri ham mavjud - bu juda qulay. Buyurtma tezda keladi, mahsulot firma qutisiga qadoqlanadi, sifati yuzlab mamnun sharhlar bilan tasdiqlangan. Foydalanuvchilar puxta o‘ylangan qopqoq qurilmasi va zich tasmani maqtashmoqda. Kimdir shu narxda qolganlarga nisbatan top tovar deb yozmoqda.
Sotuvlar soni: 22 676 dona.
Umumiy baho: 4,9 ball.

Narxi: 219 756.61 UZS (2̶7̶1̶ ̶3̶6̶8̶.̶1̶8̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Qadam o‘lchaydigan aqlli soat
Bu soatda qadam o‘lchagichdan tashqari pulsometr va uyqu trekerlari ham bor. Sport uchun ham, kundalik kiyim uchun ham mos keladi. Soat, agar ilova ulansa, suv ichishni ham eslatadi. Suv o‘tkazmaydi (IP67 standarti bo‘yicha), demak, suv sachrashidan ham, jala yog‘ishiga ham chidamlii.
Sotuvlar soni: 16 626 dona.
Umumiy baho: 4,7 ball.

Narxi: 377 171.88 UZS (1̶ ̶8̶8̶5̶ ̶5̶8̶7̶.̶7̶8̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Telefon g‘ilofi
Material va qurilma qo‘lingiz terlamaydigan qilib tayyorlangan. Ishonchli yopishtirgich yordamida mahkamlanadi. G‘ilof 180 darajaga buriladi, ekrani 4 dan 6 dyuymgacha bo‘lgan aksariyat modellarga (iPhone, Samsung, Huawei va boshqalar)mos keladi. Kengligi bo‘yicha sozlanadi. Siz hatto yugurish paytida ham telefoningizni boshqarishingiz mumkin: g‘ilof shunday yasalganki, foydalanuvchi sifatida sensorli ekranning barcha funksiyalari va yon tugmalaridan foydalanish imkoniyatiga egasiz.
Sotuvlar soni: 1312 dona.
Umumiy baho: 4,8 ball.

Narxi: 52 969.76 UZS (8̶0̶ ̶2̶6̶9̶.̶5̶7̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Po‘latdan yasalgan sport arqonchasi
Oddiy arqonlar bolalar uchun. Agar sizga intensiv mashg‘ulotlar kerak bo‘lsa, bunda sport arqoni sizga qo‘l keladi. Uning yengil metall tutqichlari, sirpanishga qarshi tuzilmasi bor (qo‘llaringiz terlab ketgan bo‘lsa ham arg‘amchini ushlab turasiz). Podshipniklar 360 gradusga aylanadi. To‘plamda zaxira tros, himoya trubkasi va solib qo‘yiladigan sumka mavjud.
Sotuvlar soni: 2672 dona.
Umumiy baho: 4,8 ball.

Narxi: 134 461.71 UZS.

Fitnes uchun ekspander to‘plami
Uy mashg‘ulotlari, reabilitatsiya va butun tana mushaklarini mustahkamlashga mo‘ljallangan. To‘plamga turli darajadagi qarshilikka ega 5 ta tasma mavjud, siz yuklamani maqsad va tayyorgarlik darajasiga qarab sozlashingiz mumkin. Mustahkam elastik va xavfsiz tasmalar qo‘l, press, dumba va oyoq mashqlari uchun mos keladi.
Sotuvlar soni: 8414 dona.
Umumiy baho: 4,6 ball.

Narxi: 65 190.39 UZS (8̶1̶ ̶4̶9̶2̶.̶7̶0̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Yugurish uchun kamarli sumka
Mashq qilish, sayr qilish va faol dam olish uchun. U mustahkam va elastik laykradan tayyorlangan bo‘lib, namlik va zarbalarga chidamli, shu bilan birga, tanani qulay o‘rab turadi va harakatlarga xalaqit bermaydi. Bir nechta cho‘ntaklar smartfon (6,2 dyuymgacha), kalitlar, pul va boshqa mayda narsalarni joylashtirish imkonini beradi, bu esa qo‘llarni bo‘shatadi va ryukzak olib yurish zaruratidan xalos qiladi.
Sotuvlar soni: 3397 dona.
Umumiy baho: 4,7 ball.

Narxi: 41 968.35 UZS (7̶6̶ ̶1̶9̶4̶.̶9̶7̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Interval mashqlar uchun taymer
Bunday taymer nima uchun kerak: u mashg‘ulotlarda ritmni ushlab turish, lekin shu bilan birga, to‘xtash va kichik tanaffuslar qilish kerak bo‘lganda qo‘llaniladi. U telefon yoki soatga chalg‘imasdan ish va dam olish oraliqlarini aniq kuzatishga yordam beradi. Ushbu taymer 3,5 dyuymli yorqin ekranga ega bo‘lib, xonaning uzoq burchagidan ham yaxshi ko‘rinadigan qizil va ko‘k raqamlarni ko‘rsatadi va boshqaruv qulay pultdan amalga oshiriladi. Taymer turli rejimlarda (teskari sanoq, sekundomer, intervallar) ishlaydi, uni shaxsiy mashqlaringizga moslab sozlashingiz mumkin.
Sotuvlar soni: 33 dona.
Umumiy baho: 4,7 ball.

Narxi: 521 843.51 UZS(9̶8̶4̶ ̶6̶0̶2̶.̶9̶2̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Qo‘llar va bilaklar uchun trenajyor
Qo‘l mushaklarini mustahkamlashga, ushlash kuchini va bo‘g‘imlar harakatchanligini yaxshilashga yordam beradi. Ayniqsa, kompyuterda ishlayotganlar, sport bilan shug‘ullanayotganlar, jarohatdan forig‘ bo‘layotganlar uchun juda foydali. Chidamlilikning yaxshilanganini sezish va qo‘llardagi charchoqni kamaytirish uchun kuniga 5-10 daqiqa vaqt ajratish kifoya.
Sotuvlar soni: 4483 dona.
Umumiy baho: 4,7 ball.

Narxi: 57 180.18 UZS (8̶1̶ ̶6̶2̶7̶.̶7̶6̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Kiyim va poyabzal uchun suv o‘tkazmaydigan sumka
Buyumlarni namlik, kir va hidlardan himoya qiladi, sport sumkasi yoki yukxonada tartib bilan saqlash imkonini beradi. Ayniqsa, sport zaliga, ochiq havodagi mashg‘ulotlarga yoki sayohatlarga borishda qo‘l keladi.
Sotuvlar soni: 571 dona.
Umumiy baho: 4,7 ball.

Narxi: 12 702.61 UZS (2̶8̶ ̶2̶1̶3̶.̶3̶6̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Suzish uchun ko‘zoynaklar
Terlashga qarshi qoplama va ultrabinafsha nurlaridan himoyalangan. Silikon ramka yuzga yopishib turadi - ko‘zoynak tagiga suv kirmaydi. Ular egiluvchan tuzilishga ega, burun ko‘prigi yaxshilangan, shuning uchun ularni taqish qulay.
Sotuvlar soni: 9990 dona.
Umumiy baho: 4,8 ball.

Narxi: 169 639.07 UZS (2̶5̶7̶ ̶1̶0̶7̶.̶0̶9̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Velosiped ko‘zoynagi
Haydash paytida ko‘zni quyosh nurlaridan, changdan, hasharotlardan va shamoldan himoya qiladi. Har qanday ob-havo sharoitida yaxshi ko‘rinishni ta’minlaydi, ko‘z charchashining oldini oladi. Bunday ko‘zoynaklarning maxsus dizayni ishonchli fiksatsiya va himoyani ta’minlaydi, bu ayniqsa siz yuqori tezlik ishqibozi bo‘lsangiz juda muhimdir.
Sotuvlar soni: 10 109 dona.
Umumiy baho: 4,7 ball.

Narxi: 26 756.52 UZS (4̶0̶ ̶6̶1̶0̶.̶1̶5̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Sport tizzabandlari
Tizza bo‘g‘imlarini ushlab turishga yordam beradi, jarohatlarning oldini oladi, faol jismoniy mashqlar paytida boylamlar va mushaklarga tushadigan yukni kamaytiradi. Ayniqsa, yugurish, kuch mashqlari yoki kontaktli sport turlari bilan shug‘ullanishda, shuningdek, jarohatlardan keyin tiklanayotgan odamlar uchun foydali.
Sotuvlar soni: 94.690 dona.
Umumiy baho: 4,9 ball.

Narxi: 95 617.22 UZS.

AliExpress orqali O‘zbekistonga qanday buyurtma berish mumkin
Mahsulotga buyurtma berish uchun nima qilish kerak:
1) Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, saytda ro‘yxatdan o‘ting.
2) Saytni o‘zingizga moslashtiring: mamlakat, til va valyutani tanlang.
3) Mahsulotlarni tanlang va ularni savatchaga qo‘shing.
4) Buyurtmani rasmiylashtirish sahifasiga o‘ting. Ilgari qilmagan bo‘lsangiz, yetkazib berish manzilini kiriting. To‘ldirilgan ma’lumotlarni tekshirib ko‘ring.
5) Xarid qilmoqchi bo‘lgan mahsulotingiz ro‘parasiga belgi qo‘ying.
6) Tovar haqini to‘lang. O‘zbekistonga yetkazib berishda HUMO, UzCard va MasterCard kartalari qabul qilinadi.
Barcha narxlar va chegirmalar mazkur matn chop etilgan qilingan vaqtda amal qiladi (2025-yil 26-aprel).