1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruviga 71 yoshli turkiyalik mutaxassis taklif etildi
17.08.2025

O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruviga 71 yoshli turkiyalik mutaxassis taklif etildi

O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruviga 71 yoshli turkiyalik mutaxassis taklif etildi

Turkiyaning mashhur murabbiyi, 71 yoshli Fotih Terim O‘zbekiston milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi ehtimoli bor. Heber Merkezi nashrining yozishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) allaqachon unga rasmiy taklif yuborgan.

Manbaga ko‘ra, Terim mazkur taklifni o‘rganib chiqish uchun O‘FAdan ozroq vaqt so‘ragan. Agar u roziligini bildirsa, 2026-yili AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida “oq bo‘rilar” bosh murabbiyligiga turkiyalik mutaxassis tayinlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Fotih Terim Turkiya terma jamoasi bilan Yevro-2008 va Yevro-2016 turnirlarida ishtirok etgan. Klub darajasida esa u “Galatasaroy” bilan UEFA Kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Fiorentina”, “Milan” va “Panatinaikos” jamoalarida ham faoliyat yuritgan. Shunga qaramay, Terim hali Jahon chempionatlarida murabbiy sifatida qatnashmagan.

O‘FA hozircha shartnomaga oid muddat va moliyaviy tafsilotlarni oshkor qilganicha yo‘q. Biroq agar Terim rozi bo‘lsa, u zudlik bilan ish boshlashi va terma jamoani 2026-yilgi mundialga tayyorlashi kutilmoqda.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.