РУ
O’Z
UZS
/
/
Android telefondan Google akkauntni o‘chirish usullari
19.10.2024

Android telefondan Google akkauntni o‘chirish usullari

Android telefondan Google akkauntni o‘chirish usullari

Android telefondan Google akkauntni o‘chirish bir nechta: foydalanuvchini o‘zgartirish, qurilmani sotish yoki shunchaki ortiqcha akkauntni o‘chirish istagi sabablarga ko‘ra zarur bo‘lishi mumkin.

Quyidagi oddiy qadamlar buni tezda amalga oshirishga yordam beradi.

Ma’lumotlarni zaxiralash

Akkauntni o‘chirishdan oldin, barcha muhim ma’lumotlar, masalan, kontakt, eslatma va taqvim tadbirlari saqlanganiga ishonch hosil qiling. Ma’lumotlarni bulutli xotirada zaxiralash yoki boshqa qurilmaga o‘tkazishingiz mumkin.

Sozlamalarni oching

Telefoningizda “Sozlamalar” ilovasiga kiring. Odatda, u tishli g‘ildirak ko‘rinishida bo‘lib, asosiy menyu yoki tezkor kirish panelida joylashgan.

Akkaunt bo‘limiga o‘ting

Muayyan telefon modeli va Android versiyasiga qarab pastga suring va “Akkauntlar” yoki “Foydalanuvchi va akkauntlar” bo‘limini toping.

Google akkauntni tanlang

Ushbu bo‘limda qurilmangiz bilan bog‘liq barcha akkauntlar ro‘yxatini ko‘rasiz. O‘chirmoqchi bo‘lgan Google akkauntni tanlang.

Akkauntni o‘chirish

“Akkauntni o‘chirish” opsiyasini bosing. Sizdan harakatni tasdiqlash, shuningdek xavfsizlik uchun qurilmadan PIN-kod yoki parolni kiritish so‘ralishi mumkin.

O‘chirishni tasdiqlash

Tasdiqlangandan so‘ng, akkaunt qurilmadan o‘chirib tashlanadi. Bu – endi ushbu akkaunt bilan qurilmada ma’lumotlarni sinxronlashtira olmaysiz deganni anglatadi. Biroq, Google akkauntining o‘zi saqlanib qoladi va uni boshqa qurilmalar yoki brauzer orqali ishlatishingiz mumkin.

 

Google akkauntini o‘chirish Google serverlaridan ma’lumotlarni o‘chirishga olib kelmaydi va zarur bo‘lganda akkauntni qurilmangizga qayta qo‘shishingiz mumkin. Ushbu jarayon ayniqsa, agar siz tez-tez qurilmalarni yoki ilovalarni o‘zgartirsangiz akkauntlarni boshqarish va tashkil etish uchun foydali.