/
/
Apple 2024 taqdimoti: onlayn tomosha qiling
09.09.2024

Apple 2024 taqdimoti: onlayn tomosha qiling

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da Apple katta taqdimot o‘tkazadi. Odatda sentyabr oyida kompaniya yangi iPhone liniyasini namoyish etadi. Smartfonlardan tashqari, yangi avlod Apple Watch soatlari va AirPods quloqchinlarining premerasi bo‘lishi kutilmoqda

Apple 2024 taqdimoti: onlayn tomosha qiling

Tarqalgan ko‘plab ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone to‘rtta modelda taqdim etiladi: ikkita oddiy iPhone 16 va ikkita Pro. Ekranlarning diagonallari standart versiyalarda 6,1 dyumdan 6,3 dyumgacha, Plus va Max versiyalarida esa 6,7 dyumdan 6,9 dyumgacha kattalashishi kutilmoqda. Yana bir muhim yangilik — Capture Button tugmasi bo‘lib, u bosim kuchini aniqlay oladi. Shu tariqa bosim darajasiga qarab kamerani fokuslaydi yoki surat oladi.

Yangi Iphone uchun kreditni qayerdan olish kerak? Pulzor.uz moliyaviy supermarketi. 34 ta bankdagi 139 ta kreditni taqqoslang va o‘zingiz uchun eng yaxshisini tanlang!

Apple Watch haqidagi ma’lumotlar ko‘p emas. Taxminlarga ko‘ra, Series 10 modellari yupqalashadi va ekranlarning diagonallari biroz kattalashadi.

AirPods 4 esa, ehtimol, hozircha faqat AirPods Pro va AirPods Max’da mavjud bo‘lgan faol shovqinni so‘ndirish xususiyatiga ega bo‘ladi.

Taqdimot soat 22:00 da boshlanadi. Toping.uz tadbirning barcha yangiliklarini tezkor tarzda yoritib boradi.