РУ
O’Z
UZS
/
/
Apple xurrakni aniqlaydigan soatlarning yubiley avlodini taqdim etdi
09.09.2024

Apple xurrakni aniqlaydigan soatlarning yubiley avlodini taqdim etdi

Apple xurrakni aniqlaydigan soatlarning yubiley avlodini taqdim etdi

Apple bugungi taqdimotini aqlli soatlarning yangi avlodini namoyish etish bilan boshladi. O‘ninchi avlod soatlari kattaroq ekranlar, yangilangan ranglar va korpus materiallari, shuningdek, bir qancha muhim yangiliklardan iborat.

Yangi Iphone uchun kreditni qayerdan olish kerak? Pulzor.uz moliyaviy supermarketi. 34 ta bankdagi 139 ta kreditni taqqoslang va o‘zingiz uchun eng yaxshisini tanlang!

Bu yil qurilma o‘n yoshga to‘ldi — birinchi Apple Watch 2014-yilning kuzida taqdim etilgandi.

Taqdimot soatning odamlarga qanday yordam berishi bilan boshlandi: kimnidir yurak urishi bilan bog‘liq muammolar haqida ogohlantiradi, kimnidir yiqilishidan xabardor bo‘lib tez yordam chaqirish orqali qutqaradi (bu funksiya barcha mamlakatlarda ham ishlamaydi).

Ekranlarning diagonallari kattalashgan. Series 6 bilan taqqoslaganda quyidagicha:

Qo‘llanilgan ekran texnologiyasi OLED hisoblanadi. Soatning qalinligi 9 millimetrgacha kamaydi. Shunday ko‘rinadiki, qurilma endi yeng va cho‘ntaklarga kamroq ilashadi. Ilk bor soatda musiqani bevosita qurilmaning o‘z dinamikasidan yoqish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Endilikda soat tezroq zaryadlanadi: yarim soatda noldan 80% gacha.

Mavjud ranglardan — kumushrang alyuminiy, yaltiroq qora (Jet Black) va pushti oltin.

Yana bir modifikatsiya titandan yasalgan korpusdir. Apple’ning so‘zlariga ko‘ra, bunday material soatlarni oldingi avlodlarning keramik modellariga nisbatan yengilroq qilish imkonini berdi.

Soatda uyqudagi apnoeni (xurrak bilan qiyin nafas olish) aniqlash texnologiyasi paydo bo‘ldi. Bunday monitoring orqali davolanish jarayonini kuzatish va dam olish samaradorligini oshirish mumkin bo‘ladi.

Apple vakillarining so'zlariga ko‘ra, apnea bilan kasallanganlarning 80% gacha bo‘lgan qismi o‘z tashxisini bilmaydi va bunda soat yordam berishi mumkin. Soat uyquni kuzatib, muammo borligini ko‘rsatishi mumkin. Bu xususiyat Apple Watch Series 9 va Ultra 2 da dasturiy ta’minot yangilanishi bilan ham paydo bo‘ladi.

Barcha funksiyalar watchOS 11 da mavjud bo‘lishi kerak. Minimal versiyadagi soat 399 dollar turadi.

Shu bilan birga, Apple eng chidamli model - Ultra 2 haqida eslatib o‘tdi. Kompaniya ushbu soatni ekstremallar va juda faol hayot tarzini sevuvchilar uchun qurilma sifatida taqdim etadi.

Darvoqe, mazkur soat avlodini hali yangilashgani yo‘q. Apple yangi rang — Satin Black’ni taqdim etdi.

Yangi titan tasmasi ham paydo bo‘ldi:

Modelning narxi 799 dollardan boshlanadi.