/
/
Apple yangi tugmali iPhone 16, iPhone 16 Pro, iPhone 16 Pro Max’ni taqdim etdi
09.09.2024

Apple yangi tugmali iPhone 16, iPhone 16 Pro, iPhone 16 Pro Max’ni taqdim etdi

Apple “It’s Glowtime” (“Porloq vaqt”) nomli katta taqdimotda yangi iPhone liniyasini namoyish etdi. Kutilganidek, kompaniya to‘rtta smartfonni taqdim qildi: iPhone 16, iPhone 16 Plus, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max.

Apple yangi tugmali iPhone 16, iPhone 16 Pro, iPhone 16 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi Iphone uchun kreditni qayerdan olish kerak? Pulzor.uz moliyaviy supermarketi. 34 ta bankdagi 139 ta kreditni taqqoslang va o‘zingiz uchun eng yaxshisini tanlang!

iPhone 16 liniyasidagi ekran diagonallari avvalgidek qoldi:

Asosiy yangilik — bu rasmlarni tasvirga olganida zatvorni (majoziy ravishda, o‘z-o‘zidan) tushiradigan tugma. Klavish sensorli bo‘lib, kattalashtirish va boshqa parametrlarni barmoq bilan boshqarish imkonini beradi.

O‘tgan yilgi Pro seriyasidagi kabi, yangi iPhone 16 da ham ovoz o‘chirish tugmasi o‘rniga moslashtiriluvchi Action tugmasi (ovoz balandligi tugmalarining tepasida) paydo bo‘ldi.

Bu tugma Camera Control deb ataladi. U korpusga biriktirilgan va bosilganda darhol kamerani ochadi.

Tugmani yengil bosish fokuslashni o‘z ichiga oladi, tugmani “silliqlash” sozlamalarni o‘zgartirishga imkon beradi (yorug‘lik kuchi, zum), kuchliroq bosish esa rasmga tushiradi.

Kameralarning o‘zi-chi? Asosiy sensorning xususiyatlari quyidagicha:

Shuningdek, ultra keng sensor, telefoto va makro rejimda suratlar yaratish imkoniyati mavjud.

Qurilmalar, shuningdek, yangilangan Apple A18 chiplarini ham oldi. Ular iOS 18 operatsion tizimida taqdim etilgan sun’iy intellektning barcha imkoniyatlarini ochib berishi kerak. Apple rahbari Tim Kukning ta’kidlashicha, iPhone 16 sun’iy intellektning keng qo‘llanilishini hisobga olgan holda maxsus yaratilgan. Chip 3 nm energiya tejamkor texnologik jarayon bo‘yicha bajarilgan.

Avvalgi avlod bilan taqqoslaganda, quvvat 30% ga oshdi va eski modellar bilan farq sezilarlidir. Grafikni qayta ishlash ham sezilarli darajada yaxshilandi:

Chamasi, iPhone 16 ning old tomoni o‘zgarishsiz qolgan - ekranning yuqori qismida yana “dinamik orol” (Dynamic Island) joylashgan.

\Kompaniya Apple Intelligent (Kupertino mutaxassislari o‘zlarining sun’iy intellektini shunday atashadi) funksiyasiga katta e’tibor qaratmoqda: smartfonning deyarli barcha funksiyalari endi sun’iy intellektdan foydalanadi. Buning ustiga, qiziqarli xususiyatlar ham mavjud: bir necha soniya ichida "kovboy toshbaqa" kabi tavsif orqali noyob emoji yaratish mumkin. Hisob-kitoblar A18 chipining 16 ta yadrosi tufayli tezkor amalga oshiriladi.

Hatto oddiy ko‘chadan o‘tayotganda restoran peshlavhasini suratga olish orqali menyu, narxlar haqida ma’lumot olish va stol bron qilish imkoniyati mavjud.

Yoki itning rasmini olib, darhol shu zot haqida barcha ma’lumotni bilish mumkin. Apple kompaniyasining ta’kidlashicha, qidiruvlaringiz haqidagi ma’lumotlar shaxsiy bo‘lib qoladi va hech qayerga uzatilmaydi.

Yangi qurilma o‘yinlarda ham foydali bo‘ladi, ayniqsa korpus bo‘ylab issiqlik taqsimoti yaxshilangani tufayli, u qizib ketishning oldini olishga imkon beradi:

iPhone 16’ning barcha asosiy xususiyatlari:

Kichik versiya narxi $799, 6,7 dyuymli Plus 899 dollardan boshlanadi.

iPhone 16 Pro

Odatdagi modellar ortidan Apple Pro liniyasini taqdim etdi.

Ekranlar 0,2 dyumga oshdi: iPhone 16 Pro 6,3 dyuym va Max versiyasida 6,9 dyuym. Bu iPhone tarixidagi eng katta displeylardir.

Korpusning materiali hali ham titan. To‘rt xil rangda mavjud:

 

Kompaniya iPhone 16 Pro Max’ni avtonom ishlash vaqti eng uzoq bo‘lgan smartfoni deb atadi.

iPhone 16 ning barcha sun’iy intellekt funksiyalari, albatta, Pro liniyasida ham mavjud bo‘ladi. Smartfonlar hatto boshqa, kuchliroq protsessor — A18 Pro oldi.

Yangi chip talabchan o‘yinlarda asqatadi: grafikani qayta ishlash o‘tgan yilgi A17 Pro‘dan 20% tezroq amalga oshiriladi. Umuman olganda, A18 Pro’da hisob-kitoblar oldingi avlodga qaraganda taxminan 17% tezroq amalga oshiriladi.

Asosiy Fusion-kamera va ultra keng sensor uchun 48 MP, shuningdek besh marta kattalashtirilgan telefoto-kamera uchun 12 MP.

Kameralarning to‘liq tavsiflari:

 

Kamera sekundiga 120 kadr tezligida 4K aniqlikda tasvirga olish imkoniyatiga ega, bu esa sekinlashtirilgan rejimda (slo-mo) ajoyib lahzalarni qayd etish uchun foydali bo‘ladi. Video yozish uchun yana bir yangilik - yakuniy ovoz qatori uchun bir nechta tanlov imkoniyatlari. Masalan, filmlardagi ovoz effektini (Cinematic), studiyada ovoz yozishni (Studio) va shu kabi boshqa effektlarni taqlid qilish mumkin bo‘ladi.

MagSafe magnitlarini qo‘llab-quvvatlovchi yangi g‘iloflar sensorli kamera tugmachasiga ham to‘g‘ri keladi.

iPhone 16 Pro modeli 999 dollar turadi, Max uchun esa kamida 1199 dollar to‘lash kerak bo‘ladi.