Apple’da ‘‘xarid sanasi tasdiqlanmagan’’: bu nimani anglatadi?
Yangi iPhone yoki boshqa Apple qurilmangiz ‘‘xarid sanasi tasdiqlanmagan’’ deb xabar berayaptimi? To‘g‘ri, bunday xabar ishonch uyg‘otmaydi. Lekin bu olma logosi egalarining tilida nimani anglatadi? Keling, batafsil ko‘rib chiqaylik.
Odatda, bunday ‘‘xabar’’ni foydalanuvchilar iPhone yoki boshqa gadjetlarini asl nusxaligini tekshirmoqchi bo‘lganlarida ko‘rishi mumkin.
iPhone’ning haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin? Bu usul boshqa qurilmalar uchun ham amal qiladi.
https://checkcoverage.apple.com/ru/ru/ havolasiga o‘tib, rasmiy tekshirish saytiga kiramiz. iPhone’ning seriya raqamini kiritamiz va ‘‘xarid sanasi tasdiqlanmagan’’ degan sarlavhani ko‘ramiz. Bu nimani anglatadi?
Tajribali foydalanuvchilarning aytishicha, bu Apple ma’lumotlar bazasida seriya raqami mavjudligini va sizning oldingizda asl nusxa borligini anglatadi.
Tekshiruv o‘tkaziladigan sayt Apple qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yaratilgan (odatda bu xarid paytida amalga oshiriladi). Shu tarzda biz doimo iPhone kafolati qaysi sanadan boshlab kuchga kirishini va uning ‘‘amal qilish muddati’’ni bilib turamiz. Bu ma’lumotni Apple xodimlari yoki rasmiy distribyutorlar kiritadi.
Shuning uchun ‘‘sotib olish sanasi tasdiqlanmagan’’ xabari qurilmani Apple’ning norasmiy do‘konidan yoki boshqa sotuvchidan xarid qilganingizni bildiradi. Biroq istisnolar ham uchraydi.
Bunday holat ham bo‘lishi mumkin: siz yirik texnika do‘konidan iPhone sotib oldingiz, ammo sotuvchi ma’lumotlarni Apple’ga yuborishga ulgurmadi. Tashvishlanmang va sabrli bo‘ling: bir necha kundan (haftadan) so‘ng xabar o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Agar shunday bo‘lmasa, buni o‘zingiz tuzatishga urinib ko‘rishingiz mumkin.
Ammo xarid faktini tasdiqlash va Apple qurilmasi haqidagi ma’lumotlarni yangilash uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilgan ma’qul.