РУ
O’Z
UZS
/
/
Apple’dan Playboy’gacha: brendlar reklama va hayotda neyron tarmoqlardan qanday foydalanadi?
15.07.2024

Apple’dan Playboy’gacha: brendlar reklama va hayotda neyron tarmoqlardan qanday foydalanadi?

Apple’dan Playboy’gacha: brendlar reklama va hayotda neyron tarmoqlardan qanday foydalanadi?

Neyron tarmoqlar allaqachon g‘ayritabiiylikdan voz kechib, iste’molchilarning e’tiborini tortadigan va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab layklar to‘playdigan narsalar ro‘yxatiga kirdi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki ular yordamida sotiladigan sarlavhalar, jozibali reklama roliklarini yaratish va hatto butun boshli kompaniya bo‘limlarini o‘zgartirish mumkin. Sun’iy intellekt kelajagini tasdiqlaydigan keyslar to‘plamini yig‘dik.

MasterCard va Lionel Messining dipfeyki

2022-yil boshida MasterCard va UEFA Chempionlar Ligasi yosh Messi futbolchilik faoliyatini boshlab, Ispaniyani zabt etish uchun ketayotgani haqidagi reklamani chiqardi. Marketologlar va ijodkorlar Messining eski suratlari va sun’iy intellekt yordamida uning o‘smir qiyofasini yaratdi. Katta yoshli va haqiqiy sportchining ‘‘o‘tmishi” uni futbolning barcha qiyinchiliklarini yengishga undadi.

Prada, Chanel va virtual influenser-bloger

 

Lil Mikela eng mashhur brendlarning mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi birinchi sun’iy intellekt-bloger bo‘ldi. Uning vazifasi nafaqat reklama, balki ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratish, folloverlar bilan muloqot qilish va boshqa targ‘ibot usullarini o‘z ichiga oladi. Aytgancha, sun’iy intellekt ta’siri bilan shartnoma tuzgan birinchi brendlar moda sanoatining eng keksa namoyondalari – Prada va Chanel bo‘ldi, keyinchalik ularga boshqa hashamatli brendlar qo‘shildi.

Volkswagen va marketing agentligi

 Mashhur avtomobil brendi boshqalardan ham o‘zib ketdi va shunchaki o‘zining marketing bo‘limlaridan birini sun’iy intellektga almashtirdi. Neyron tarmoq ma’lumotlar tahlili, shuningdek, reklama va moliyaviy strategiyalarni osongina uddaladi. Natijada – Up! avtomobillari savdosi oshdi, Volkswagen esa daromadini nafaqat saqlab qoldi, balki oshirdi.

Levi’s va sun’iy intellekt modellari

‘‘Denim” shimlari qirollari Levi’s faoliyatiga rang-baranglik kiritishga qaror qildi va neyron tarmog‘i sun’iy intellekt modellarini yaratish bilan shug‘ullanadigan kompaniya bilan shartnoma imzoladi. Endi brend jonli va sun’iy intellekt (SI) modellarini aralashgan holda taqdim etmoqda, biz esa ularning realligidan hayratdamiz. Tan olish kerak, kiyimlar ularga loyiq turibdi.

Domino’s Pizza va SI kontent

Pitseriya tarmog‘i o‘z oldiga internetdagi havolalarini bosish tezligini oshirish vazifasini qo‘ydi, ammo buning uchun hiyla ishlatish kerak edi. Masalan, kontent yaratish uchun neyron tarmoq bilan hamkorlik qilishni boshlash. Sun’iy intellekt mo‘jiza yaratishga muvaffaq bo‘ldi: u zerikarli xabarnomalar va push-bildirishnomalarni qiziqarli ko‘rinishga keltirdi. Natijada havolalarga bosish o‘rtacha  57% ga oshdi!

Apple va SI ovozli kitoblar

Apple’dan Digital Narration – bu mualliflar va noshirlar uchun sun’iy intellekt o‘qiydigan kitoblarni tinglash imkonini beruvchi kompaniyaning yangi xizmatidir. Bular asosan ikki ovoz – Jekson va Medison (ingliz tilida) o‘qiydigan badiiy asarlarni o‘z ichiga oladi. To‘liq realistik jaranglaydi!

Vogue va Playboy jurnallarining SI muqovalari

Meksikaning Playboy nashri neyron tarmog‘ tomonidan yaratilgan va yulduzga aylangan Samanta Everli aks etgan muqovani chiqardi. Aytgancha, malla sochli modelning Instagram’da o‘z sahifasi bor, u 150 mingga yaqin obunachiga ega.

Ammo shuni ta’kidlash joizki, neyron tarmog‘i bungacha ham mashhur jurnallar, masalan, Italiyaning Vogue jurnallari uchun muqovalar yaratgan. Keyin DALL-E sun’iy intellekti Bella Hadid bilan suratga tushish uchun fon o‘ylab topgan va maqtanchoqlik bilan ‘‘Bella va sun’iy intellekt” sarlavhasini e’lon qildi.