РУ
O’Z
UZS
/
/
Asila Mirzayorova nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakil boʻldi
23.10.2024

Asila Mirzayorova nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakil boʻldi

Asila Mirzayorova nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakil boʻldi

Para yengil atletika boʻyicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligida 22-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan tadbirda para yengil atletika boʻyicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova agentlikning nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakili sifatida tanishtirildi. Bu haqda agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Instagramʻdagi sahifasida xabar berdi.

“Agentligimiz oilasiga yana bir paralimpiya chempioni qizimiz kelib qoʻshildi. Biz Asila bilan Parijda birga ishlashni niyat qilgan edik. Bugun shu niyatimiz amalga oshdi: Asila Mirzayorova agentlik maxsus vakili boʻldi. Agentlik oilasiga xush kelibsiz, Asila!” — deya taʼkidladi u.

“Asila Nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanadi. Endi bizning jamoamizda Diyora va Asila kabi chempion qizlarimiz bor. Men ishonaman: biz yanada kuchli boʻldik va yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etamiz!” — dedi Shahnoza Mirziyoyeva.

Tadbirda soʻzga chiqqan paralimpiyada chempioni bildirilayotgan yuksak ishonch uchun oʻz minnatdorchiligini bildirib, agentlik maxsus vakili boʻlishga rozi boʻlganining sababini izohladi.

“Men uchun nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakil sifatida ish boshlash katta sharaf va masʼuliyat. Bu vazifa menga nogironligi boʻlgan insonlar huquqlarini himoya qilish va teng imkoniyatlar yaratishga oʻz hissamni qoʻshish imkoniyatini beradi. Paralimpiya sportchisi sifatida men jismoniy va ijtimoiy toʻsiqlarni qanday yengishni bilaman va har bir inson jamiyatning teng huquqli aʼzosi boʻlishi kerak, deb ishonaman”, — deydi Mirzayorova.

Taʼkidlanishicha, sportchi maxsus vakil sifatidagi yangi vazifasida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, inklyuziv muhit yaratishda oʻz hissasini qoʻshishidan mamnunligini alohida qayd etgan.