Bolalarda stomatit: turlari, sabablari, simptomlari, davolash va oldini olish
 
                 
                            
                                                                Stomatit og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining yallig‘lanish kasalligidir.
Stomatit turlari:
- bakterial; 
- virusli, shu jumladan gerpetik; 
- zamburug‘li, shu jumladan kandidozli; 
- aftoz; 
- travmatik; 
- allergik; 
- angulyar; 
- medikamentoz 
Bolalarda yuqorida sanab o‘tilganlarning istalgani bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘pincha aftoz, bakterial, allergik, kandidoz, gerpetik, travmatik kasalliklar uchraydi.
Sabablari:
- og‘iz bo‘shlig‘ining noto‘g‘ri gigienasi; 
- yuzdagi mayda jarohatlar; 
- yuvilmagan qo‘llardagi va iflos narsalardagi, masalan, kir o‘yinchoqlardagi kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarning og‘izga kirishi; 
- allergik reaksiyalar; 
- kuyishlar, shu jumladan kimyoviy kuyishlar; 
- boshdan o‘tkazilgan yuqumli va virusli kasalliklar; 
- immunitetning zaiflashishi; 
- laktatsiya paytida ko‘krak gigienasining yetarli emasligi (agar bola emizikli davrda kasal bo‘lib qolgan bo‘lsa). 
Simptomlari:
- og‘iz bo‘shlig‘ining alohida va ko‘p sonli yaralari; 
- shilliq qavatdagi oq yoki tvorogsimon donacha; 
- og‘riq; 
- giperemiya; 
- og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishi; 
- og‘izdan yoqimsiz hid kelishi; 
- ishtaha va uyqu buzilishi; 
- tana haroratining ko‘tarilishi; 
- so‘lak ajralishining ham kuchayishi, ham susayish; 
- jag‘ osti limfa tugunlarining kattalashishi. 
Stomatitni davolash uning turiga va simptomlarining ifodalanishiga bog‘liq.
Ko‘pincha quyidagilar tayinlanadi:
- malhamlar, kremlar va gellar ko‘rinishidagi mahalliy antibakterial preparatlar; 
- virusga qarshi prepartlar; 
- Antigistamin vositalar, ular nafaqat allergik stomatitda, balki boshqa turdagi terapiya kompleksida ham tavsiya etiladi, chunki boshqa har qanday holatda ham og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishi paydo bo‘ladi. 
- vaqti-vaqti bilan kasallik qichishish bilan kechadi; 
- simptomatik vositalar, shu jumladan yallig‘lanishga qarshi, isitmani pasaytiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi, yaralarni davolovchi vositalar. 
Dori-darmonlardan tashqari, tejamkor parhezga rioya qilish muhimdir.
Profilaktika:
- qo‘llarni sovun bilan muntazam yuvish; 
- agar ona bolani ko‘krak suti bilan emizayotgan bo‘lsa, ko‘krak gigienasi; 
- bola og‘ziga olishi mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlar, so‘rg‘ichlar va boshqa har qanday narsalarni yuvish; 
- immunitetni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar: toza havoda sayr qilish, muvozanatli ovqatlanish ratsioni, uyni muntazam namlab tozalash, uyqu rejimiga rioya qilish, chiniqish; 
- og‘iz bo‘shlig‘ining har kunlik gigienasi; 
- stomatologda o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazish. 
 
             
         
         
        