Bolalarda tish chiqishi: barcha ota-onalar bilishi kerak bo‘lgan haqiqat va afsonalar
Bolalar stomatologlari va “Stenford” klinikasining pediatri doktor Aaron Van Ningen bilan birgalikda bolaning birinchi tishlari haqidagi bor haqiqatni bilib oldik.
Har bir ota-ona tishlarning chiqishi haqidagi afsonalarni faktlardan ajrata bilishi kerak. Shu tarzda siz chaqaloq hayotining ma’lum bir davrida nima normal va nima normal emasligini yaxshiroq tushunib, shunchaki, qarindosh va qo‘shnilarning maslahatiga quloq tutishni to‘xtatasiz.
Afsona 1: tishlar chiqayotganda harorat ko‘tariladi
Tish chiqishi har doim yuqori isitma va bezgak bilan birga keladi, degan keng tarqalgan e’tiqod bir tomondan afsonadir. Ammo, bu yerda haqiqat bor: ba’zi chaqaloqlarda harorat ko‘tarilishi mumkin, ammo chegaralar mavjud. Harorat 38°C belgisini kesib o‘tganidagina signal berish kerak – bu pediatrga murojaat qilish vaqti kelganini anglatadi. Gap tishlarda emas.
Afsona 2: tish chiqishi diareyaga olib keladi
Yana bir afsona – tishlarni chiqishi diareyaga olib keladi degan gapga ishonish. Bolalar stomatologlarining ta’kidlashicha, diareya paytida – chaqaloqning tishlarida emas, balki gigiyenasida muaommo bor, degani ekan. Bu yerda siz o‘ylab ko‘rishingiz va, albatta, mutaxassisga murojaat qilishingiz kerak
Afsona 3: tishlar “belgilangan soatda” chiqa boshlaydi
Ko‘p ota-onalar chaqaloq tishlari har doim ma’lum bir vaqtda, masalan, 6 oyligida o‘sa boshlaydi, deb hisoblaydi. Ammo bu noto‘g‘ri tushuncha. Ba’zi bolalarda ular uch oydan keyin, boshqalarida esa 1 yoshida chiqadi
Afsona 4: tish chiqishi, quloq infeksiyasiga sabab bo‘lishi mumkin
Bu ham afsona. Ha, tish va quloq infeksiyalari bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lishi mumkin, ammo birini boshqasi bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Ularni chalkashtirishingiz tabiiy hol, chunki tishlarni chiqishi, bolani yanada bezovta va behalovat qiladi va bu quloq infeksiyasining alomatlariga o‘xshaydi.
1-fakt: bolada yengil noqulaylik vujudga keladi
Tish chiqishi chaqaloqning milk sohasidagi bosim tufayli noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Asosiy “alomatlar”: tupurikning ko‘payishi, asabiylashish, o‘yinchoq va qo‘l ostidagi hamma narsani chaynash istagi. Noqulaylikni yengillashtirish uchun maxsus tish halqasi yoki milklarni (faqat toza qo‘llar bilan) yumshoq massaj qilish yordam beradi.
2-fakt: tishlar chiqayotganda bola doimo so‘lak ajratadi
Tishlar o‘sa boshlagach, chaqaloq ko‘proq so‘lak chiqara boshlaydi. Uning ortiqcha bo‘lishi, ba’zida og‘iz atrofidagi terini bezovta qilishi mumkin, bu esa toshmalarga olib keladi. Noqulaylikni yengillashtirish uchun chaqaloqning iyagi va og‘zini muloyimlik bilan artib oling va terini himoya qilish uchun maxsus chaqaloq kremidan foydalaning.
3-fakt: tishlar o‘sishini “mashq qilish”
Ba’zi bolalar tish o‘sishini “mashq qilish”ga duch kelishi mumkin, bu jarayon tishlar milkdan chiqmasidan oldin boshlanadi. Tishlar yuzaga yaqinlashganda, bolalarda milkdagi sezgirlik oshishi mumkin. Bu dastlabki bosqich bir necha oyga cho‘zilishi ham mumkin
4-fakt: notinchlik – tishlar chiqishi alomati
Tishlar o‘sa boshlaganda, biz yuqorida yozgan noqulaylik tufayli bolalar odatdagidan ko‘ra ko‘proq bezovtalanadi. Bu yerda ota-onalar sabr-toqatli bo‘lishi, bolaga qulaylik va ko‘proq g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi kerak: bolani ko‘proq quchoqlang, qo‘llaringizda tebrating, ularga tishlash uchun maxsus o‘yinchoqlar bering – bularning barchasi chaqaloqning azobini yengillashtirishga yordam beradi.
Yosh ota-onalar uchun eng muhim maslahat: agar biror narsa noto‘g‘ri ketsa va o‘zingiz hal qila olmasangiz, pediatr va boshqa mutaxassislar bilan maslahatlashishdan hech tortinmang. Tajribali do‘st va onalarning fikri muhim, ammo ularning maslahati professional emas. Har bir bola o‘ziga xos va sizdagi tish chiqish holati boshqalardan farq qilishi mumkinligini doim o‘zingizga eslatib turing.