Bolangiz makaron iste’mol qilishni yoqtiradimi? U foydali mahsulot ekanini bilarmidingiz?
Pishloqli makaron, sariyog‘li makaron, oddiy makaron — bolangizning kundalik ovqatlanishi faqat shundan iboratmi? Agar farzandingiz faqat makaron iste’mol qilsa, tashvishlanmang, olimlarning yangi tadqiqotlari bu normal ekanini isbotladi. Bolangizni sabzavot va meva, sho‘rva va kotletlar iste’mol qilishga majburlamasligingiz kerak.
Agar olimlarning dalillari sizni tinchlantirmasa, bizda farzandingizning ratsionini to‘g‘ri qilish
Makaron bolalar uchun foydalimi?
G‘arb olimlarining hisobotiga ko‘ra, tashvishga hojat yo‘q – makaron bolalar uchun xavfsizdir. Tadqiqot “Milliy makaron assotsiatsiyasi” (u mavjud!) tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, natija haqiqatan ham optimistik chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, makaron iste’mol qiladigan bolalar uni iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda ko‘proq ozuqa moddalarini oladi.
Agar makaronlarni o‘simlik sousi, zaytun yog‘i (sog‘lom yog‘lar) bilan birga tayyorlashni boshlasangiz, bolangizning ovqatlanish tartibini ikki baravar foydali qilgan bo‘lasiz. Axir, o‘sayotgan organizm ratsioni turli xil bo‘lish kerak.
Bola faqat makaron iste’mol qiladi – nima qilish kerak?
- Tushuning, kechiring va baqirmang
Bu vaziyatda tinchlanib, olimlarning xulosalarini qayta oʻqib chiqishni maslahat beramiz. Keyin muzokaralarga o‘ting. Baqirish, urishish va bolaga bosim o‘tkazishning hojati yo‘q, muhimi – nega faqat makaron yeyayotganini aniqlang. Ehtimol, buning sababi psixologiya yoki oddiyroq narsa. Bu odatni bir kun yoki ikki oy davomida o‘zgartirishingiz mumkin. Chunki odatni shakllantirish uchun o‘rtacha shuncha vaqt ketadi.
- Bola bilan birgalikda pishiring
Albatta, makaron emas! Bunday ishni quymoqlar pishirishdan boshlashingiz mumkin (bolalarga xamirni aralashtirish jarayoni, shuningdek, tovada “doirachalar” pishirish juda yoqadi). Shundan so‘ng, taomni turli xil mevalar bilan bezatishingiz, mevalardan ko‘zchalar va yogurtdan soch yasashingiz mumkin. Bolalar onasi bilan tayyorlangan narsalarni yeyishni yaxshi ko‘radi. Foydali sendvichlar, bo‘tqa yoki brokkolidan pyure tayyorlashingiz mumkin. Kim biladi, balki bolangizga blenderning “vizillashi” yoqib, u yana va yana siz bilan tayyorlagisi keladi.
- O‘yinlar yordamida yangi lazzatlar dunyosini kashf etamiz
Farzandingiz bilan ta’m, rang va iforlar saltanatiga sayohat qiling. O‘yin jarayonida qirol-pomidor, malika-nok va boshqa qirollik a’zolari – yangi mahsulotlar haqida gapiri berib, ulardan ozgina miqdorda tatib ko‘rishni taklif qiling. Ehtimol bir haftadan so‘ng bolangiz makaron emas, balki aynan quvnoq askar-brokkoli taomni yeyishni xohlaydi.
- Majburlamang, tanlash imkonini bering
Farzandingizdan tushlikka nimani xohlashini so‘rang, agar yana “makaron” desa, restoran o‘yinini ishga soling: menyuda makaronning turli variantlari, masalan, “qizil makaron” (pomidor bilan), “yashil makaron” (brokkoli bilan) kabilarni keltiring va ularni qiziqarli sifatlar bilan tasvirlang. Bolangiz oʻzini mustaqil his qilib, birinchi marta o‘zi restoranda buyurtma qilsin.
- Ovqatni chiroyli torting
Taomni estetik tortish ishtahani bir necha marta oshiradi – bu nafaqat kattalarda, balki bolalarda ham ishlaydi. Ayiq yoki avtomobillar shaklidagi makaron, hayvonlar yoki yurakcha shaklidagi quymoq – bunday taom sizni har qanday yoshda ijobiy kayfiyatda bo‘lishingizga undaydi! Shunday ekan, sabzavotlardan kulgili yuz shaklidagi quymoqni oddiy qaynatilgan makaron bilan birga berib ko‘ring, ishonchimiz komilki, bolangiz yorqinroq va chiroyliroq taomni tanlab yeydi.
Agar bu usullar yordam bermasa va bolangiz baribir faqat makaron iste’mol qilishda davom etsa, B rejaga o‘tamiz:
- Donli makaron sotib oling
Bug‘doy undan tayyorlangan makaron oddiy makaronning sog‘lom muqobil varianti hisoblanadi. Ularda ko‘p miqdorda kletchatkalar, shuningdek muhim vitaminlar va minerallar mavjud. Tarkibiga e’tibor bering: “multi-donli” yoki “bug‘doydan tayyorlangan” belgisi to‘g‘ri mahsulotlar ro‘yxatiga kirmaydi. Shu bilan birga, loviya, grechka va yasmiqdan tayyorlangan makaronlarni ham sotib olishingiz mumkin. Ular nafaqat foydali, shu bilan birga rang-barang hamdir.
- Makaronni sog‘lom sous bilan torting
Agar bolangiz makaronga faqat tuz va yog‘ qo‘shilganini yesa, unda hiyla ishlatishimiz mumkin – makaronga sous qo‘shing. Yog‘ni pomidor yoki boshqa sabzavotlar bilan aralashtirib o‘zingiz sous tayyorlashingiz yoki bolangiz makaronni pishloq bilan yeyishga odatlangan bo‘lsa, zaytun yog‘i va pishloqli sous bilan tortishingiz mumkin.
- Oz bo‘lsa-da, oqsil qo‘shishga harakat qilamiz
Tovuqning lahm go‘shti yoki boshqa (yog‘siz) go‘sht, loviya va hatto qaynatilgan tuxumning oqini makaronga qo‘shishga harakat qiling. Tuxumning oqi va pishloq aralashmasi hatto taomda sezilmaydi. Agar makaronga qaynatilgan tuxumning oqini qo‘shib, bolangizga yedira olgan bo‘lsangiz – farzandingiz o‘zini to‘q va energiyaga to‘la his qiladi, uning qonidagi qand miqdorining o‘zgarishi tufayli ko‘ngil aynishidan aziyat chekmaysiz.
Agar bola faqat oq taomlarni, jumladan, makaronlarni iste’mol qilsa, xavflimi?
Ha, shunday bolalar ham bo‘ladi. Bunday bolalar uchun amerikalik oziq-ovqat mutaxassislari maxsus “whiterian” atamasini topgan. Ular faqat oq ovqat: makaron, oq guruch, pechenye, teshik kulcha, oq non va shu kabilarni iste’mol qiladi. Shu o‘rinda “bola uchun “oq” dieta foydalimi?” degan savol tug‘iladi.
“Kraxmal tarkibli mahsulotlardan tarkib topgan ovqatlanish tartibi temir tanqisligi xavfini oshiradi", — deydi pediatr Dina Kulik.
Ekspert, shuningdek, temir tanqisligi anemiyasi B12 vitamini, kalsiy va D vitamini yetishmasligi bilan ham shakllanishini ta’kidladi. Demak, uzoq vaqt davomida “whiterian” usulida ovqatlanish bola organizmi uchun eng yaxshi tanlov emas.