Bosh og‘rig‘ida nima qilish kerak: sabablari va alomatlari
Bosh og‘rig‘i kundalik ishlarga xalaqit berib, hayot sifatini sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Bu holat bilan to‘g‘ri kurashish va tibbiy yordamga qachon murojaat qilishni bilish uchun bosh og‘rig‘ining sabablari va alomatlarini tushunish muhim.
Bosh nega og‘riydi?
Bosh og‘rig‘ining ko‘plab sabablari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi va maxsus yondashuvni talab qilishi mumkin:
Charchoq va stress. Ayniqsa, qattiq aqliy yoki jismoniy ishlar bilan bog‘liq bosh og‘rig‘ining ko‘p uchraydigan sabablaridan biridir.
Gormonal o‘zgarishlar. Ayollarda bosh og‘rig‘i hayz sikli, homiladorlik yoki menapauza bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Suvsizlanish. Organizmda suyuqlik yetishmasligi bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
Ortiqcha ovqatlanish yoki keragicha yemaslik: Bosh og‘rig‘i ham ortiqcha ovqatlanish, ham ochlikdan yuzaga kelishi mumkin.Allergiya va sinusit. Burun bo‘shliqlarining yallig‘langanda ham bosh og‘rishi mumkin.
Gavda va umurtqa pogo‘nasining bo‘yin qismi muammolari: bo‘yin va yelkalardagi mushaklarning tarangligi bosh og‘rishiga olib kelishi mumkin.Ko‘rish muammolari: ko‘zning noto‘g‘ri korreksiyasi yoki uzoq vaqt davomida ko‘zlarni zo‘riqtirish bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin.
Migren. Bosh og‘rig‘i bilan xarakterlanadigan surunkali holat bo‘lib, ko‘pincha ko‘ngil aynishi va yorug‘likka sezuvchanlik bilan birga kechadi.
Bosh og‘riganda nima qilish kerak
Bosh og‘rig‘ini yengillashtirish uchun quyidagi amallarni bajarishingiz mumkin:
- Dam olish va bo‘shash. Tinch, qorong‘i xonada, iloji boricha gorizontal holatda dam oling.
- Suv iching: bugun yetarlicha suv ichganingizga ishonch hosil qiling va har ehtimolga qarshi bir stakan suv iching.
- Og‘riq qoldiruvchi dori qabul qiling. Paratsetamol yoki ibuprofen kabi yengil og‘riq qoldiruvchi dorilar bosh og‘rig‘ini kamaytirishga yordam berishi mumkin.
- Sovuq yoki iliq kompress qiling. Sovuq kompress yallig‘lanishni kamaytirishi mumkin, issiq kompress esa tarang mushaklarni bo‘shashtirishga yordam beradi.
- Massaj va cho‘zilish. Bo‘yin va yelkalarga yengil massaj, shuningdek cho‘zilish mashqlari mushaklarning tarangligini kamaytirishga yordam beradi.
- Qo‘zg‘atuvchilardan saqlaning. Agar sizda tez-tez bosh og‘rig‘i bo‘lsa, muammo tug‘diradigan omillar, masalan, ma’lum ovqatlar, stress yoki uyqusizlik kabilarni aniqlashga va undan saqlanishga harakat qiling.
- Tibbiy yordamga murojaat qiling. Agar bosh og‘rig‘i kuchli, uzoq davom etadigan yoki boshqa xavotirli alomatlar bilan birga bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
Bosh og‘rig‘i va isitma
Agar bosh og‘rig‘i isitma bilan birga bo‘lsa, bu quyidagi infeksion kasalliklar haqida dalolat berishi mumkin, masalan:
- Gripp yoki shamollash – isitma bilan bosh og‘rig‘i tez-tez uchrab turadigan sabablardan biri.
- Meningit. Miya va orqa miya qobig‘ining yallig‘lanishi holati bo‘lib, zudlik bilan tibbiy yordam talab qilinadi.
- Sinusit. Bosh bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi bo‘lib, boshda bosim va og‘riqni keltirib chiqaradi.
Bo‘yin va bosh og‘rig‘i
Boshdan bo‘yinga tarqaladigan og‘riq quyidagi holatlar tufayli bo‘lishi mumkin:
- Umurtqa pog‘onasi muammolari: Masalan, bo‘yin umurtqasidagi degenerativ o‘zgarishlar yoki churralar.
- Mushaklarning tarangligi: Uzoq vaqt davomida noto‘g‘ri pozitsiyada bo‘lish yoki noto‘g‘ri harakatlardan.
- Bo‘yin jarohatlari: Masalan, avtohalokat yoki yiqilish natijasida.
- Osteoxondroz: Yoki bo‘yin umurtqa pog‘onasining artriti.
Boshningyon tomonlari og‘rig‘i
Boshning yon tomonlari og‘riqlariga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
- Migren: Bosh og‘rig‘ining bu turi ko‘pincha boshning faqat yon qismlarida bo‘ladi va pulsatsiya berish hissi bilan birga bo‘ladi.
- Tarang bosh og‘rig‘i: bosh, bo‘yin va yelka mushaklarida doimiy tanglik.
- Chakka arterit: boshning yon qismlari arteriyalarining yallig‘lanish bo‘lib, gormonal dorilar bilan davolanishni talab qiladi.
- Yuqori qon bosimi. Ba’zan boshning yon qismlaridagi bosh og‘rig‘i gipertoniya belgisidir.
Bosh aylanishi
Bosh og‘rig‘i bilan birga bo‘ladigan bosh aylanishi quyidagilarni ko‘rsatishi mumkin:
- Migren: bosh og‘rig‘iga qo‘shimcha alomat sifatida.
- Quloqning ichki muammolari: Masalan, “Menyer” kasalligi.
- Qondagi qand miqdorining pastligi. Qandli diabetga chalingan odamlarda keng tarqalgan.
- Qon aylanishi muammolari: Yurak yoki qon tomir kasalliklarining belgisi.
Bosimli og‘riq
Boshdagi bosimli og‘riq ko‘pincha quyidagilarga ishoradir:
- Tarang bosh og‘rig‘i. Bosh og‘rig‘ining eng ko‘p uchraydigan turi bo‘lib, boshni ko‘rinmas halqa bilan bog‘lab qo‘ygandek og‘riq his qiladi.
- Bosh miya ichki bosimining (cherepnoy davleniya) oshishi. Jiddiyroq kasalliklarning ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin.
- Glomerulonefrit. Bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan buyrak zararlanishidir.
Boshning old qismidagi og‘riq
Frontal (old) qismidagi og‘riqlar quyidagi holatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
- Sinusit: frontal sinuslarning yallig‘lanishi.
- Ko‘rish muammolari: Masalan, kompyuterda uzoq vaqt ishlash tufayli ko‘zning charchashi.
- Migren: U boshning turli qismlarida mahalliy tarzda bo‘lishi mumkin.
Bosh og‘rig‘iga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish va mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat qilish og‘ir asoratlar oldini olish va hayot sifatini yaxshilashga yordam berishi mumkin. Bosh og‘rig‘ini e’tiborsiz qoldirmang va og‘riq kuchli bo‘lsa yoki boshqa noodatiy belgilar bilan birga bo‘lsa, har doim shifokor bilan maslahatlashishni unutmang.