/
/
“Boshqotirma 2” multfilmi tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan animatsion filmga aylandi
25.07.2024

“Boshqotirma 2” multfilmi tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan animatsion filmga aylandi

“Boshqotirma” filmining davomi rasman kassa tushumlari boʻyicha “Muz yurak”ning ikkinchi qismini ortda qoldirdi va barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan animatsion loyihasiga aylandi.

“Boshqotirma 2” multfilmi tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan animatsion filmga aylandi

“Boshqotirma” premyeradan keyin 1,46 milliard dollar foyda keltirdi (“Yurak” natijasi 1,45 milliard dollarni tashkil etgandi). Bu mablagʻning 600 million dollari AQSHga, 861,5 million dollari esa xalqaro hududlarga toʻgʻri keldi.

Baʼzi manbalar “Qirol sher” filmining 2019-yilgi remeyki (1,6 milliard dollar) eng yuqori daromad keltiruvchi animatsion filmlar reytingida yetakchilik qilmoqda, deb hisoblaydi. Biroq Disney bu maʼlumotni rasman tasdiqlamagan.

Ikkinchi “Boshqotirma” syujeti katta yoshli Raylining his-tuygʻulari haqida hikoya qiladi: endi unga quvonchdan tashqari, qaygʻu, gʻazab, qoʻrquv va jirkanish, tashvish, sharmandalik va kayfiyatsizlik qoʻshilgan. Rollarni Emi Poler, Mayya Xouk va boshqalar ijro etgan.