/
/
Bugun qanday kun: 1-iyulda nishonlanadigan bayramlar
28.06.2024

Bugun qanday kun: 1-iyulda nishonlanadigan bayramlar

1-iyulda biz nafaqat yozning eng qizg‘in pallasini, Xalqaro hazil kuni, balki erta turar qush kunini ham nishonlaymiz. Dushanba kuni erta tongda barvaqt uyg‘onib, kunni o‘ng oyoq va tabassum bilan hamda qahva emas foydali nonushta bilan boshlashingiz uchun yaxshi sabab. Mazmunli va samarali ish haftasiga tayyorlaning. 1-iyulda nishonlanadigan qolgan bayramlar bilan ham tanishib chiqing.

Bugun qanday kun: 1-iyulda nishonlanadigan bayramlar

Xalqaro tovuq qanotchalari kuni 

Toshkentdagi polkovnik Sandersning KFC’ga tashrif buyurish yoki qanotchalarni uyda o‘zingiz pishirishirishingiz uchun ajoyib sababdir. Kechki ovqat uchun ajoyib variant – to‘yimli, mazali va murakkab emas. 

To‘qish kuni 

Ushbu bayram aynan nimani anglatishini batafsil tushunmasak-da, 1-iyulda – yoki makkor hikoyalarni to‘qishimiz yoki odatdagiday sochni o‘rishimiz mumkin. Aytgancha, o‘rilgan sochli turmaklar 2024-yilning trendiga aylangan. Tomosha qiling va hayratlaning.

Reggi kuni 

Bob Marli va kamalak rangli kiyimlar bilan bog‘liq musiqa uslubi. Agar shu paytgacha reggi uslubini tinglab ko‘rmagan bo‘lsangiz, pleylistingizga bir nechta treklarni qo‘shib tinglab ko‘ring, balki yoqib qolar. 

Kreativ muzqaymoq kuni 

Amerikaliklar tomonidan ixtiro qilingan bu bayram, albatta, Green Card olishni istovchilar va g‘ayrioddiy ta’m kombinasiyalarini sevuvchilarga yoqadi deb o‘ylaymiz. E’tiboringizga uyda tayyorlanadigan muzqaymoq reseptini taqdim etamiz – u nimadan tayyorlanishini hech hayolingizga keltira olmaysiz.

Uy sharoitida tayyorlanadigan muzqaymoq resepti (1 kg uchun) 

Masalliqlar:

  • Qulupnay (boshqa mevalar ham bo‘ladi) – 300 gr
  • 33% li qaymoq (sovutilgan) – 500 ml
  • Oq quyultirilgan sut – 200 gr
  • Ta’mga ko‘ra vanilin 

Tayyorlanishi:

  1. Qulupnayni blenderda maydalab olamiz. Alohida idishda sovutilgan qaymoqni quyuq bo‘lguncha urib olamiz.
  2. Qaymoqli aralashmaga vanilin, quyultirilgan sut qo‘shib, silliq massa bo‘lgunga qadar yana mikser bilan uramiz.
  3. So‘ng unga rezavorli pyureni qo‘shib, tekis qoshiq yordamida sekin aralashtiramiz.
  4. Qoliplar yoki kichik konteynerchalarga quyib chiqamiz. Yopishqoq oziq-ovqat plyonkasi bilan muzqaymoqqa tegirib yopib qo‘yamiz va butunlay muzlagunga qadar muzlatgichga qo‘yamiz. Yoqimli ishtaha!

 Yilning ikkinchi yarmining kuni 

Tabriklaymiz, Yangi 2025 yilgacha atigi 6 oy qoldi. Ha, vaqt qanchalar tez o‘tayotganiga biz ham hayronmiz. Shu fursatdan foydalanib, O‘zbekistondagi dam olish va bayram kunlari haqidagi maqola bilan tanishib oling.

1-iyulda kimlar tug‘ilgan:

  • Este Lauder – hashamatli kosmetika brendi “Estee Lauder” asoschisi. Ajablanarlisi shundaki, brend 78 yillik tarixga ega ekanligiga qaramay hali ham o‘zining sifati bilan mashhur va go‘zallik bloggerlari tomonidan faol ishlatilib kelmoqda.
  • Malika Diana. Buyuk Britaniya xalqining eng sevimli malikasi, uslub ramzi va dunyodagi eng mashhur ayollardan biri. Diananing muhabbati va oʻlimi haqidagi fojiali hikoya hali ham qalblarni og‘ritib, hamma narsa boshqacha boʻlishi mumkinligiga ishontiradi.
  • Pamela Anderson. Yaqinda birinchi oʻringa qaytgan va hatto “Met Gala-2024”da yorqin ko‘rinishi bilan paydo bo‘lgan Gollivudning modeli, aktrisasi va eng sevimli ayollaridan biri.
  • Lea Seydu. “Dune 2” yulduzi va “bondiana”ning so‘nggi qismida suratga tushgan, shuningdek, Fransiyadagi eng mashhur aktrisalardan biri.
  • Serenay Sarkaya. “Oila” serialidagi bosh roldan eslashingiz mumkin bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalaridan biri.