Moda qirolichalariga aylangan 13 ta eng mashhur va chiroyli turk aktrisalari
Nafaqat O‘zbekiston, balki Turkiya ham mahalliy qizlarning go‘zalligi bilan mashhur. Ularning har biri haqida gapirishning iloji bo‘lmasa-da, mashhurlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etishimiz mumkin. Bugungi tanlovimizda eng zamonaviy va chiroyli turk aktrisalari, shuningdek ularning ijtimoiy tarmoqlari haqida bo‘ladi. Obuna bo‘lishni unutmang.
Hande Erchel
«Eshigimni taqillat» serialining yulduzi Turkiyaning eng go‘zal qizlaridan biri va boy merosxo‘r Xakan Sabanjining kelinidir. Xande Erchelning Instagramida 31 milliondan ortiq odam nafaqat uning aktyorlik iste’dodi, balki tabiiy go‘zalligi va zamonaviy obrazlariga qoyil qolgani bejiz emas.
Fahriye Evjen
Burak Ozchivitning rafiqasi aktrisa Faxriye Evjen o‘zining Sharqiy ko‘rinishi bilan mashhur – bejizga u turk ayollarining go‘zalligi ramzi deb hisoblanmaydi. Albatta, uning Turkiyaning eng sevimli erkak aktyori bilan nikohi ham uning obro‘siga obro‘ qo‘shadi. Ideal juftlik.
Serenay Sarikaya
«Oila» seriali yulduzining modellik parametrlari va nostandart go‘zalligi ko‘plab muxlislarni o‘ziga jalb qiladi. Qizig‘i shundaki, ko‘pchilik Serenayni amerikalik deb o‘ylab, uni model Jigi Hadid bilan tenglashtirmoqda. Ammo Sarikaya asl turk ayolidir.
Demet Ozdemir
Ozdemir bir necha bor «qurbaqasimon» og‘zi uchun tanqid qilingan (xuddi Julia Roberts singari), u esa o‘zining tabassumini eng o‘ziga xos jihatiga aylantirdi. Uning xarizmasi, unutilmas ko‘rinishi – barchasi Demetni eng chiroyli turk aktrisalaridan biriga aylantiradi.
Rabiya Seytyurk
Tomoshabinlar ushbu aktrisani «Meni eshit» serialidan so‘ng sevib qolishib, hatto serialning bahsli yakuni uchun ijodkorlarni kechirishgan. Rabiya o‘zining noodatiy ko‘rinishi va juda mehribon qalb sohibi sifatida tanilgan. Bunday qalb esa go‘zallikning asosiy sinonimlaridan biri hisoblanadi.
Neslixan Atagyul
Atagyul o‘zini bo‘yanishsiz va filtrlarsiz ko‘rsatishdan qo‘rqmaydi, shuningdek, o‘z nuqsonlarini ko‘rsatishdan uyalmaydi, bu haqda u ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning savollariga javob berishda bir necha bor ta’kidlagan. Turk aktrisasining go‘zallik siri uning tabiiyligidadir. Uning bunday xususiyati maqtovga loyiqdir.
Jemre Baysal
«Taqdir o‘yinlari» serialining yulduzi o‘zining yashil ko‘zlari bilan muxlislarni zabt etib, darhol Turkiyaning eng chiroyli aktrisalari ro‘yxatiga kirdi. Endi u nafaqat seriallarda, balki taniqli brendlarning reklamalarida ham rol o‘ynaydi va jurnallar uchun suratga tushmoqda. Zo‘r-a, ilgari uni hech kim tanimagan.
Melisa Dongel’
Yoqimtoy Dongel’ turk ayollari uchun noodatiy va hatto ekzotik ko‘rinishga egaligi uning karyerasida juda qo‘l keladi. Dongel’ning tarjimai holini o‘qisangiz,hammasiga tushinib olasiz – aktrisaning onasi slavyan ildizlariga ega. Bunday slavyanlar va otasi bo‘lmish turklar bilan oila qurganda shunday tabiatan go‘zal farzandlar dunyoga kelarkan.
Meryem Uzerli
Turkiyaning eng mashhur aktrisalaridan biri va «Muhtasham asr» ning bosh qahramoni Uzerli bir qarashdanoq o‘ziga maftun qiladi. Ammo bu har doim ham shunday emas edi. Turk kinosidagi muvaffaqiyatli debyutidan so‘ng, Meryem plastik va botoksga juda berilib qoladi. Baxtga ko‘ra u o‘z muxlislar klubining fikrini tinglab, o‘z vaqtida to'xtaydi.
Burju Ozberk
Chiroyli Ozberk – Hande Erchelning eng qalin do‘stidir. U o‘z mashxo‘rlik yo‘lini modellikdan (aksariyat turk aktrisalari singari) emas, balki universitet bilan boshlaganidan faxrlanadi. Darhaqiqat, Burju – professional aktrisa va haqiqiy kamtar insondir. Aynan shu kamtarligi uni o‘zgacha bezatib turadi.
Afra Sarachoglu
«Qo‘rg‘on sirlari» seriyalining muvaffaqiyatli boshlanganidan so‘ng, tomoshabinlar Sarachoglini Turkiyaning eng chiroyli aktrisalari darajasiga ko‘tarishdi. Aktrisani har xil loyihalarga chaqira boshladilar, uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni esa kosmik tezlikda o‘sdi. Va biz buning sababini yaxshi bilamiz.
Ozge Gyurel
Maftunkor va jozibali Ozge bu ro‘yxatga kirmasa bo‘lmaydi, axir u nafaqat go‘zallik, balki Turkiyaning eng sevimli ayoli ham hisoblanadi. Jozibali, xushchaqchaq va allaqachon turmush qurgan Gyurel – erkaklarning orzusi, ayollar uchun esa go‘zallik ramzidir.
Elchin Sangu
Qizil sochli va yorqin chehrali Sangu ham Turkiyaning eng chiroyli qizlari ro‘yxatiga kiritilgan. Aytgancha, aktrisa sochining rangi tabiiy bo‘lib, u sochlari bilan juda faxrlanadi. Elchin bilan shartnomalar tuzishni orzu qilgan taniqli brendlar ham uning ushbu «o‘ziga xosligi» ni yaxshi ko‘radilar.