Bugun qanday kun: 2024 yil 25 iyunda nishonlanadigan bayramlar
25 iyun Xalqaro suv kuni, shuningdek, suv bilan professional darajada aloqador bo‘lgan odamlar – dengizchilar kuni. 25 iyun taqvimida yana qanday qiziqarli bayramlar borligini bugungi tanlovimizda ko‘rib chiqamiz.
Notanishlarga tabassum qilish kuni
25-iyun, seshanba kunida sizga tongingizni ijobiy kayfiyatda – ishga ketayotib, notanish kishilar yoki yangi qo‘shningizga tabassum bilan boshlashni taklif qilamiz. Ishoning, bu bir stakan qahvadan ham yaxshiroq kun bo‘yi kayfiyatingizni oshirib, kuch-g‘ayratga to‘ldiradi.
Maktab bitiruvchilarining bayrami
Farzandingizni ilk “professional” bitiruv kuni bilan tabriklash uchun ajoyib sabab. 25-iyunda bayram sharafiga mazali nonushta tayyorlashni yoki o‘zbek brendlari do‘konlarida birgalikda xarid qilishga borishni taklif etamiz.
Beatles kuni
Britaniya rok guruhining muxlislari bu bayramni bilishi kerak. Bugun kun bo‘yi quloqchinlaringizda qanday qo‘shiqlar yangrashini bilamiz. “The Beatles”ning eng zo‘r hitlariga havola qoldiramiz.
Qulupnayli desert «parfe» kuni
Qulupnay mavsumi hali ham ochiq, demak ushbu mavsumiy rezavordan biror mazali desert tayyorlash kerak. Masalan, parfe – muzlatilgan shirinlik bo‘lib, sizni hozirgi jazirama issiqda har qanday muzqaymoqdan yaxshiroq sovitadi. Quyida butun oilangiz uchun oddiy “parfe” retseptini keltiramiz.
Qulupnayli «parfe» retsepti
Masalliqlar:
Qulupnay – 300 gr
Pechenye – 400 gr
20-30% qaymoq – 150 ml
20% smetana – 50 ml
Vanilli shakar – 2 choy qoshiq
Tayyorlanishi:
- Pechenyeni ushoqlarga (qo‘llaringiz yoki mikser, o‘qlov bilan) aylantiramiz.
- Alohida idishda qaymoq, smetana va shakarni mikser yordamida aralashtiramiz. Shirinlikni bezashni boshlaymiz.
- Maxsus shishali idishlarda pechenye ushog‘i, krem, bo‘laklarga kesilgan qulupnayni qavatma-qavat qo‘yib chiqamiz.
- Sovutgichga yoki muzqaymoq tarzida iste’mol qilmoqchi bo‘lsangiz muzlatgichga qo‘yamiz.
Statistik xodimlar kuni
Faqat bu bayram Rossiyada nishonlanadi, shunga qaramay O‘zbekiston statistik xodimlari ham nishonlashlariga hech kim qarshi emas. Balki sizda raqamlarni yaxshi tushunadigan yoki haftasiga Oʻzbekiston hududida tugʻiladigan bolalarning aniq sonini nomlay oladigan tanishingiz bordir – uni ham tabriklab qo‘ying, xursand bo‘lib qoladi.
25-iyunda kimlar tug‘ilgan
- Dunyo bestselleri “1984” muallifi Jorj Oruell. Kitob hamma o‘qishi kerak bo‘lgan TOP kitoblar ro‘yxatidan joy olgan. Yana qaysi kitoblar ushbu TOPga kiritilgani haqidagi maqolaga havolani qoldiramiz.
- Timur Bekmambetov. Tomoshabinlarga “Tungi nazorat” va “Kunduzni nazorat” (“Nochnoy dozor” va “Dnevnoy dozor”)ning ekran variantini taqdim etgan rejissyor. Shu kabi fantastik filmlardan birortasini koʻrib chiqmoqch bo‘lsangiz, quyidagi havolada ularning ro‘yxati keltirilgan.
- Jorj Maykl. Britaniyalik musiqachi va 90-yillarning eng sevimli erkak qo‘shiqchisi. Uning kliplari hali ham eng estetik va provokatsion deb ataladi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, axir uning klliplarida o‘sha davrning eng mashhur supermodellari – Naomi Kempbelldan Sindi Kroufordgacha suratga olingan.
- Jonni Herbert. Britaniyalik “Formula 1” poyga haydovchisi. Aytgancha, u 1991 yilda 24 soatlik “Le Mans” musobaqasida ham g‘alaba qozongan.
- Yegor Krid. Rossiyadagi eng mashhur ijrochilardan biri, “Bo‘ydoq” realiti-shousining yulduzi va “Ovoz. Bolalar” loyihasining hakami. Agar pop musiqani yaxshi ko‘rsangiz, demak Kridning qo‘shiqlari albatta playlistingizda bor va siz uning Instagram sahifasida obunachisiz.