Shirinlik ihlosmandlari, sho'r taomlarni sevuvchilar va diyetada bo'lganlar uchun: uyda tayyorlash oson bo'lgan 15 ta nonushta g’oyalari
Zamonaviy hayotning haqiqatlari shundan iboratki, biz har doim to’liq va shu bilan birga mazali nonushta qilish uchun yetarli vaqtga ega emasmiz. Ammo ota-onalarning nasihatlari, jurnallar va ilmiy tadqiqotlar ertalabki ovqat nafaqat organizmga foyda keltirishi, balki kun bo’yi a'lo kayfiyatda bo’lishni ham ta’minlashi tasdiqlangan. Shuning uchun faqat nazariy jihatdan emas, amalda ham nonushta qilishni boshlashingizni tavsiya qilamiz!
Sho’r taomlarni sevuvchilar uchun maxsus:
Mozzarella va sabzavotli omlet
Kerakli mahsulotlar:
- 2 ta tuxum,
- tuz, murch,
- 1 osh qoshiq sut, yogurt yoki smetana
- Mozzarella
- Bazil
- Zaytun moyi
Tayyorlanishi:
- Tuxumni tuz va murch bilan urib, sut yoki smetana qo'shing (ixtiyoriy).
- Aralashmani oldindan qizdirilgan tovaga quying. Omlet bir tomondan tovaga pishib yopishishni boshlashi bilanoq, o’rtasiga mozzarella bo’laklarini yoyib, omletni konvert shaklida o’rang. Tovani qopqoq bilan yopib, olovni o’chiring va 5 daqiqaga qoldiring.
- Bu paytda, o’g’irda Bazil barglarini bir chimdim tuz bilan mayin bo’tqa shakliga kelguncha ezing. Zaytun moyini qo’shib, aralashtiring.
- Omletni tarelkaga, yonlariga salat barglari va cherri pomidorlari bilan bezab qo’yamiz. Ustiga «Yashil sous» ni quyib, taomni zavq bilan iste’mol qilamiz!
Parmezan va qaymoqli grechotto
Kerakli mahsulotlar:
- Grechka – 300 g
- Suv
- Parmezan – 200 g
- 33% li qaymoq – 300 g
- Sariyog’ – 20 g
- Tuz, ta'mga ko'ra shakar
Tayyorlanishi:
- Grechkani yuvib, idishda ozgina qovurib oling. Grechkani barmoqning ikki bug’ini balandlikda yopguncha sovuq suv soling. Tayyor bo’lgunga qadar pishiring.
- Parmezanni qirg'ichdan o’tkazing. Boshqa bir idishga parmezanni qaymoq bilan birlashtirib, past olovda suvi yo’qolguncha pishiring. Tayyor massani blenderda yoki venchik bilan aralashtiring.
- Tayyor grechkali bo’tqaga sariyog’, tuz va shakar qo’shib, so'ngra hosil bo’lgan sous bilan aralashtiring. Taomni tarelkaga solib, o’zingizga yoqqan yong’oq yoki pishloq sepib iste’mol qiling.
Qizil baliq, ismaloq, avakado va pashot-tuxumli qarsildoq tost
Kerakli mahsulotlar:
- Non
- Qizil baliq (forel yoki syomga)
- Tuxum
- Avakado
- Ismaloq barglari
- Tvorogli pishloq
Tayyorlanishi:
- Pashot-tuxumini tayyorlab oling. Nonni quruq tovada quritib, sovitib olib, tvorogli pishloqni surting.
- Ustiga avakado bo’laklari, ismaloq, ingichka baliq bo’laklarini yoyib chiqing. So’ng pashot-tuxumini ehtiyotkorlik bilan qo’ying. Barchasini ustidan murch, dudlangan paprika yoki o’zingiz yoqtirgan ziravorlar seping. «Restorancha» taom tayyor!
Vetchinali «Krok-madam»
Kerakli mahsulotlar:
- Tost uchun non – 4 dona
- Pishloq (istalgan) – 4 bo’lak
- Tovuqli vetchina – 2 bo’lak
- Tuxum – 1 dona
- Dijon xantali – 1 osh qoshiq
- Sariyog’
Tayyorlanishi:
- Sariyog’ surtilgan nonni ikki tomonidan tovada qovurib oling.
- Har bir bo’lakka bir tomonidan xantal surting. Ikkita bo’lak ustiga pishloq, vetchina, so’ngra yana bir bor pishloqni qo’ying. Buterbrodni qolgan non bo’laklari bilan yoping. Pishloqni qopqoqli skovorodkada yoki pechda eritilgan holatga keltiring. Butrerbrodning biriga oldindan qovurilgan tuxumni qo’ying. Frantsuzlarning eng sevimli nonushtalaridan biri tayyor!
«Erkaklar uchun» kartoshkali dranik
Kerakli mahsulotlar:
- Tozalangan kartoshka – 120 g
- Sariyog’ – 20 g
- Tuz
- O’simlik yog’i
Tayyorlanishi:
- Tovani o’simlik moyi bilan yog’lab, yaxshilab qizdiring. Shuningdek, pechni 180 darajaga oldindan qizdirib qo’ying.
- Kartoshkani katta qirg’ichdan o’tkazing. Sariyog’ni mikroto’lqinli pechda eritib, kartoshkaga qo’shing va yaxshilab aralashtiring.
- Kartoshka aralashmasining bir qismini bitta katta dranikka yarashasini siqib oling, qizib tugan tovaga solib, ikkala tomoni qizarguncha qovuring.
- Dranikni pergament bilan qoplangan pech listiga qo’yib, yana 10 daqiqa pishirib oling.
- Draniklarni yog’li smetana bilan tanovul qiling!
Shirinlikxo’rlar uchun:
Shirin French-tosti (fransuz grenkalari)
Kerakli mahsulotlar:
- Oq non (yoki briosh)
- 2 ta tuxum
- 80 ml sut (o'simlik suti ham mumkin)
- Ta’mga ko’ra shakar
Tayyorlanishi:
- Tuxumni sut va shakar bilan aralashtiring.
- Nonni qalin bo’laklarga kesib, har birini sut-tuxum aralashmasiga botirib, ikki tomondan sariyog’da qovurib oling.
- Dasturxonga quyidagi toppinglar bilan uzatishingiz mumkin: Rikotta+rezavorlar, nok+asal, murabbo+tvorog, maskarpone+kakao (yoki o’zingizga yoqqan boshqa qo’shimchalar bilan)
Smetana quymali sirniklar
Kerakli mahsulotlar:
- 300 g tvorog,
- 1 ta tuxum,
- 70 g guruch uni yoki manka
- Bir chimdim tuz
- 150 g smetana
- 30-40 gr shakar
Tayyorlanishi:
- Tvorogni tuxum, tuz va un bilan aralashtirib, 5-10 daqiqaga qoldiring. Tayyor bo’lgan massadan yumaloqchalarni yasab oling (chiroyli shaklda bo’lishi uchun stakanda aylantirib yasashingiz ham mumkin), unga bulab ozgina qovurib oling.
- Smetanani shakar bilan aralashtirib, pech idishga quyiladi. Suyuq massaning ustiga sirniklarni qo’yib, 10-15 daqiqa davomida 180 gradusgacha oldindan qizdirilgan pechda pishirib oling.
- Tayyor sirniklarni meva, rezavorlar yoki o’zini shu holicha dasturxonga uzating!
Banan va shokoladli pankeyklar
Keraklil mahsulotlar:
- Pishgan banan – 2 dona
- Tuxum – 2 dona
- Tez tayyorlanadigan jo’xori yormasi – 3 osh qoshiq
- Kakao – 1 osh qoshiq
- Pishirish kukuni – 1 choy qoshiq
- Vanillin, dolchin
Tayyorlanishi:
- Tuxumlar va dumaloq qilib to’g’ralgan banan bo’lakchalarini birlashtiring. So’ng bu aralashmaga jo’xori yormasi, kakao, pishirish kukuni va boshqa quruq ingrediyentlarni qo'shing. Yaxshilab aralashtiring.
- Oldindan qizdirilgan tovaga 2 osh qoshiq xamirni dumaloq pankeyk shaklida solib chiqing (diametri 10 sm). Har tomondan 1 daqiqa davomida o’rtacha olovda qovuring. Dasturxonga tortishdan oldin pankeyklarni banan va yong’oq bo’laklari bilan bezating.
Tuzli caramel qo’shilgan makkajo'xori bo’tqasi
Kerakli mahsulotlar:
- Makkajo’xori yormasi – 70 g
- 10% li qaymoq – 170 g
- Sariyog’ – 20 g
Bezak uchun rezavorlar va bodom yaproqchalari
Tuzli karamel uchun:
- Dengiz tuzi – 3 g
- Shakar – 130 g
- Qaymoq – 250 ml
- Sariyog’ – 10 g
Tayyorlanishi:
- Oldin karamelni tayyorlab olamiz. Buning uchun past olovda idishda shakarni ikki qoshiq suv bilan doim aralshtirib turgan holda eritib olamiz. Massa bir hil oltin rangga kirganda, qaymoq va sariyog’ni qo’shishni boshlaymiz. Quyilguncha doim aralshtirib turgan holda yana 2 daqiqa pishiramiz. So’ng yirik tuz qo’shamiz.
- Yormani «al dente» holatigacha pishiramiz (30 daqiqa).
- Keyin qaymoqni solib, shakar-tuzli massani qo’shamiz. Bo’tqani yana 5-7 daqiqa pishiramiz. Tayyor bo’lishidan bir daqiqa oldin yog’ qo’shamiz. Dasturxonga yong’oq, rezavorlar va karamel bilan bezagan holda torting. Bu taomimiz hammaga birdek yoqishiga ishonvering!
Bodomli kruassan bo’tqasi
Kerakli mahsulotlar:
- Uzoq vaqt pishadigan suli yormasi – 100 gr
- Sut (muqobil varianti ham bo'ladi) – 100 ml
- Suv – 100 ml
- Bodom – 2 osh qoshiq (blenderda maydalangan)
- Sariyog’ – 2 osh qoshiq
- Asal
- Vanillin
Tayyorlanishi:
- Suli yormasini odatiy usulda sut va suv aralashmasida pishirib oling. So’ng qopqoq ostida bir necha daqiqaga qoldiring.
- Yong’oqlarni eritilgan sariyog’ va asal bilan birga aralashtiring. Ushbu bodomli pastani bo’tqa ustiga quyib, bodom yaproqchalari va asal (agar yanada shirin bo’lishini xohlasangiz) bilan bezatib dasturxonga torting.
Qomatiga g’amxo’rlik qiladiganlar uchun:
Yasmiqli(chechevisa) nonchalar
Kerakli mahsulotlar:
- 40 gr yasmiq
- 80 ml suv
- 30 gr istalgan pishloq
- 1 ta pomidor
- Ko’katlar
Tayyorlanishi:
- Bir kechaga tindirilgan yasmiqni suv va bir chimdim tuz bilan blenderda maydalab oling. Endi nachinkani tayyorlang: pishloqni qirg’ichdan o’tkazib, pomidorni ingichka bo’laklarga bo’ling.
- Maydalangan yasmiq massasini oldindan qizdirilgan tovaga quymoq shaklida yoyib, yaxshilab qizargunga qadar ikkala tomonini qovurib oling. So’ng nachinkani qo’shib, qopqog’ini yoping va past olovda bir necha daqiqaga qoldiring. Yasmiqli noncha tayyor! Aytgancha, nachinka istalgan va siz yoqtirgan mahsulotlardan bo’lishi mumkin.
Juda foydali bo’lgan chizkeykli zapekanka
Kerakli mahsulotlar:
- 5% li tvorog – 400 gr
- Tuxum – 1 dona
- Sut – 150 ml
- Ta'mga ko'ra shiralovchi kukun yoki asal
- Vanillin
Tayyorlanishi:
- Tvorogni blender bilan maydalaymiz. So’ng sut, tuxum va shiralovchi kukun qo’shamiz. Barchasini yaxshilab aralashtirib olamiz.
- Pergament qog’ozini qolipga joylab, xamirni unga qo'yamiz. 180 daraja haroratda 30 daqiqada pishiramiz. Ushbu mazali taomni tabiiy yogurt va rezavorlar bilan dasturxonga tortish mumkin.
Pahsot-tuxum qo’shilgan kabachokli(sukini) oladyalar
Kerakli mahsulotlar:
- Kabachok (kichkina)
- Tuxum – 1 dona
- Tvorogli pishloq – 1 osh qoshiq
- Bug’doy uni – 1,5 osh qoshiq
- Ta’mga ko’ra tuz
Tayyorlanishi:
- Kabachokni katta qirg’ichdan o’tkazib, tuzlang va 5 daqiqaga qoldiring. Keyin uning ortiqcha suvini siqib oling. Pishloq, tuxum va un qo’shib, aralashtiring.
- Tayyor massani kichik doiralar shaklida ikki tomonini qizartirib tovada qovuring (ozgina zaytun moyi bilan yog’lashingiz ham mumkin).
- Oladyalarni pashot-tuxum, yengil smetana va ismaloq bilan dasturxonga torting!
PP-Xachapurilar
Kerakli mahsulotlar:
- 5% li tvorog – 180 gr
- Pishloq – 50 gr (suluguni yoki mozzarella)
- Tuxum – 3 dona (xamir uchun 1 dona, nachinkaga 2 dona)
- Istalgan un – 3 osh qoshiq
Tayyorlanishi:
- Tvorog, tuxum, pishloq, un, bir chimdim shakar va tuzni aralashtiring.
- Oval shaklida kotletchalar yasab oling (2 dona).
- Kotletchalarning o’rtasida chuqur qilib, 15-20 daqiqa davomida pechga (180°) yuboramiz. So’ng chuqurchalarga bittadan tuxum qo’yib yana 5 daqiqaga pechda pishirib oling.
Krevetkali avakado-tosti
Kerakli mahsulotlar:
- To’liq donli non
- Avakado – 1 dona
- Krevetkalar (har bir tost uchun 3-5 dona)
- Tuz, murch
Tayyorlanishi:
- Suvda eritib olingan krevetkalarni ikki tomondan qovurib oling. Avakadoni vilka bilan ezib, ta’mga ko’ra tuz va murch qo’shing.
- Nonni yengilgina qilib tovada qizartirib oling. Sovugan nonga guakamoleni (ezilgan avakado) surib, ustiga qovurilgan krevetkalarni qo’ying. Bu tamaddimiz juda tez, foydali va mazalidir!