РУ
O’Z
UZS
/
/
Bugun qanday kun: 2024 yil 26-iyunda nishonlanadigan bayramlar
26.06.2024

Bugun qanday kun: 2024 yil 26-iyunda nishonlanadigan bayramlar

Bugun qanday kun: 2024 yil 26-iyunda nishonlanadigan bayramlar

26-iyun – Baxt-saodat kuni, shuningdek, BMT tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash” kuni. Shuning uchun dunyo ne’matlaridan lazzatlanib, doim ogoh bo‘lishingiz so‘raladi. 26-iyunda yana qanday qiziqarli bayramlar borligini bugungi tanlovimizdan bilib oling. 

Kechirish kuni 

Rasmiy emas, ammo 26-iyunda qarindoshlar va do‘stlaringizdan kechirim so‘rashning yana bir sababi. O‘ylab ko‘ring, balki o‘zingiz bilmagan holda kimnidir so‘zingiz, amalingiz yoki kam mehr berib dilini og‘ritib qo‘ygan bo‘lsangiz, bugungi kun kichkina sovg‘a yoki kechki ovqatga taklif qilib yaqinlaringizni ko‘nglini olish uchun ajoyib kundir. 

Devordagi soyalar kuni 

Barcha bolalar yaxshi ko‘radigan va ko‘ngilxushlik qilib o‘ynaladigan bayram. Bolangizga devordagi soyalar sonini sanashni taklif qiling. Undan ham qizig‘i, barmoqlar yordamida turli hayvonlarni topganga ball berib, qiziqarli hikoyalar, latifalar aytib vaqtichoqlik qilishingiz mumkin. Eng ko‘p ball to‘plaganga mukofot esa o‘yinchoq yoki shirinlik bo‘lishi mumkin. 

Tish choʻtkasining tugʻilgan kuni 

Dunyoga eng oddiy, ammo eng ajoyib ixtirolardan birini – tish cho‘tkasi kashf qilingan ajoyib kun. Bayram sharafiga tishlaringizni ikki marta emas, uch marta yuvishni taklif qilamiz, tishlaringiz sog‘lomligini tekshirish uchun tish shifokori ko‘rigiga borishni rejalashtiring. Ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lgan: tishlarni elektr cho‘tkasi bilan qanday to‘g‘ri tozalash kerakligi va tishlarni toza saqlashda irrigator kerakmi kabilarga javob olish uchun ajoyib kun. 

Shokoladli puding kuni 

E’tibor qilingsangiz, shirinlik sevuvchilar uchun har kun bayram! 26-iyunda AQShda “Shokoladli puding” kuni nishonlanadi. Agar siz ham bu shirinlikni yaxshi ko‘rsangiz, lekin do‘kondagi kimyoviy shirinlikka pul sarflashni istamasangiz, pudingni o‘zingiz tayyorlashingizni maslahat beramiz, bizda esa uning oson retsepti bor. 

Shokoladli puding retsepti (4 ta porsiya uchun):

 Masalliqlar:

  • Kakao – 4 osh qoshiq
  • Shakar – 4 osh qoshiq
  • Jo‘xori kraxmali – 4 osh qoshiq
  • Sut – 800 ml

Tayyorlanishi:

  1. Barcha quruq masalliqlarni aralashtirib olamiz.
  2. Sutni olovda qizdirib olamiz, so‘ng quruq aralashmani sutga qo‘shamiz va aralashtirishni boshlaymiz.
  3. Aralashma qaynay boshlashi bilanoq olovni pasaytiramiz va doim aralashtirib turgan holda yana bir daqiqa davomida pishiramiz.
  4. Tayyor pudingni qoliplarga quyib, xona haroratida sovitamiz, keyin esa bir necha soatga sovutgichga qo‘yamiz.
  5. Dasturxonga tortishdan oldin shokolad, yong'oq, krem yoki qulupnay bo‘lakchalari bilan bezashni unutmang.

Kosmetolog kuni 

O‘zbekiston taqvimida bunday bayram yo‘q, ammo bizning kosmetologlarimizni ham tabriklab qo‘ysak dili tog‘dek ko‘tarilishi aniq. Axir ular bizni doim akne, toshmalar, shishishlar kabi muammolardan xalos bo‘lishimizga yordam berib, terini parvarish qilishda to‘g‘ri maslahat berishdan hech tolmaydilar. Sevimli kosmetologingizni tabriklab qo‘yishni unutmang.

26-iyunda kimlar tug‘ilgan

  • Greg LeMond – amerikalik velosipedchi va “Tour de France”ning uch karra g‘olibi. 
  • Pol Tomas Anderson – Gollivud rejissyori bo‘lib, uni mustaqil kino muxlislari yaxshi ko‘rishadi. Uning asarlari orasida “Oltin globus” mukofotiga to‘rtta nominatsiyani qo‘lga kiritgan “Licorice Pizza” ham bor.
  • Obri Plaza – mashhur Netflix “Oq Lotus” serialining yulduzi. Agar haligacha tomosha qilmagan bo‘lsangiz, unda bu mavsumning “must have” seriallaridan biri – dam olishni rejalashtirishingiz uchun kurort atmosferasi va haqiqiy ta’til muhitiga boy serial. 
  • Ariana Grande – AQShdagi eng mashhur qo‘shiqchilardan biri, aktrisa va hatto uslub ramzi. Bugun Grande’ning eng mashhur qo‘shiqlarini tinglaymiz va uning soch turmagi yoki makiyajini takrorlashga harakat qilamiz.