РУ
O’Z
UZS
/
/
Savol: nega yozda shishlar paydo bo‘ladi va ularni qanday bartaraf qilish mumkin?
18.06.2024

Savol: nega yozda shishlar paydo bo‘ladi va ularni qanday bartaraf qilish mumkin?

Savol: nega yozda shishlar paydo bo‘ladi va ularni qanday bartaraf qilish mumkin?

Nima uchun issiqda shishlar paydo bo‘ladi, ularni ko‘p harajatlar va vaqt sarflamasdan qanday bartaraf etish kerak? Samarali tavsiyalarga quloq soling. 

Yozda shishish sabablari:

  • Issiq havoda qon tomirlari kengayib, kapillyar va tomirlarda suv to‘planadi. Shuning uchun qon to‘xtab qoladi va odatda qo‘l-oyoqlar atrofida shishlar paydo bo‘ladi.
  • Issiqda ko‘p terlash sababli. Inson terlaganda ter bilan bir qatorda tuzlar, vitaminlar va boshqa oziq moddalar ham chiqib ketadi, shunda o‘sha bo‘sh joylarda shish paydo bo‘ladi.
  • Organizmda suyuqlik yetishmasligi ham yozda shish paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Organizm «favqulodda holat rejimi» ni yoqib, suvni o‘zida saqlashni boshlaydi. Aytgancha, ko‘z ostidagi shishlarning asosiy sabablaridan biri ham suvsizlanishdir.
  • Issiqda ko‘p shirin gazli suvlar, sharbatlar va boshqa shunga o‘xshash shakarli ichimliklar ichsangiz (ular odatda chanqoqni qondirmaydi va hatto aksincha ko‘proq suvsatishi mumkin), buyraklar normal ishlashdan to‘xtaydi, ortiqcha suv organizmda qoladi.
  • Ovqatlanish tartibingizda oqsil va protein yetishmasligi tana to‘qimalarining kamroq elastik bo'lib qolishiga va ular o‘zlarida suvni saqlab qolishiga olib keladi.
  • Shishlar kasalliklar va limfatik turg‘unlik tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Agar qo‘llaringiz, oyoqlaringiz va yuzingiz tez-tez shishayotgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. 

Shishdan qanday qutulish va hatto uni oldini olish mumkin?

  • Avvalo, ovqatlanish tartibingizni tartibga keltirib, uni yanada foydali va to‘liq qilishingiz kerak. Menyuda oqsillar, yog‘lar va «sekin» uglevodlar bo‘lishi kerak.
  • Tuzni kamroq iste’mol qilishga harakat qiling (lekin butunlay olib tashlamang). Menyudan yarim tayyor mahsulotlar, fastfud, sosiska va kolbasalarni chiqarib tashlash kifoya – chunki ular tarkibdagi tuz va natriy miqdori bo‘yicha chempiondir. Xuddi shu sababga ko‘ra, tuzlamalar va marinadlardan voz kechish kerak.
  • Suv balansi va ichimlik ichish tartibini nazorat qiling. Ko‘proq toza suv iching, kola va boshqa gazli suvlarni esa faqat bayramlarda ichishni odat qiling.
  • Takrorlab aytamiz, barcha e’tibor oqsillarga qaratiladi. Agar kechki ovqatga butqa yoki oqsilli omletni iste’mol qilish haqida o‘ylasangiz, unda albatta oqsilli omletni tanlang.
  • Somsa, kruassanlar, bulochkalar, oq non, tort va boshqa shu kabi qandolat mahsulotlari ham shishni keltirib chiqaradi. Bu borada faqat ulardan voz kechish kerakligini tushuning.
  • Ko‘proq kletchatkalar – mevalar, rezavorlar, sabzavotlarni iste’mol qiling. Yaxshiyamki, yoz mavsumida ular mo‘lu-ko‘l bo’ladi.
  • Kuniga kamida bir soat yurish, harakatlanish va haftada kamida bir necha marta mashq qilishni unutmang.
  • Limfa drenajli massaj: quruq cho‘tka bilan, vibratsiyali texnika va diafragmali nafas olish yordami bilan yozgi shishga qarshi kurashda foydalaning. Bundan tashqari, hatto tananing turli qismlariga yengil urib chiqish ham bu borada samarali bo‘ladi.
  • Agar siz yuzdagi shishdan tezda xalos bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, unda go‘zallik mahsulotlari yordam beradi. Lifting effektiga ega bo‘lgan matoli niqoblar, patchilar. Ularni qo’llashdan oldin 10 daqiqa sovutgichga qo‘ysangiz, unda sovutish effekti ham bo‘ladi. Kosmetika tarkibida kofein, yashil choy ekstrakti, yalpiz ekstrakti bor – ular shishdan xalos bo‘lishga yordam beradi.
  • Ertalab yuzingizni sovuq suv yoki muz bo‘lakchasi bilan yuvishni, shuningdek, (haftasiga 2 marta) yengil yuz massajini bajarishni tavsiya qilamiz.

Bu usullarning barchasi faqat yengil shishish holatlarida, jiddiy patologiya va kasalliklarga ega bolmagan hollarda ishlashini eslatib otamiz. Aks holda, mutaxassisdan maslahat soraganingiz ma’qul.

Shishlarga qarshi limfa drenaj massaji mumkin bolmagan holatlar:

Agar siz professional massaj terapevtiga borishga qaror qilsangiz, qaysi holatlarda limfa drenaj massajini amalga oshirish mumkin emasligini bilishingiz kerak:

  • Akne va boshqa yallig‘lanish kasalliklari
  • Kuyish, shilinish va boshqa teri jarohatlari
  • Inyeksiya, filler, botoks va piling muolajalaridan keyingi davr
  • Shamollash va virusli kasalliklar, yuqori isitma
  • Onkologiya, yurak va qon tomirlari kasalliklari