РУ
O’Z
UZS
/
/
Bugun qanday kun: 2024 yil 27-iyunda nishonlanadigan bayramlar
26.06.2024

Bugun qanday kun: 2024 yil 27-iyunda nishonlanadigan bayramlar

Bugun qanday kun: 2024 yil 27-iyunda nishonlanadigan bayramlar

27-iyunda O‘zbekistonda Matbuot xodimlari va Ommaviy axborot vositalari kuni, shuningdek, eng ekzotik mevalardan biri – ananasning kuni nishonlanadi. Bugungi bayram munosabati bilan yaxshi pishgan ananasni xarid qilib ziyofat dasturxoniga tortishni tavsiya qilamiz. Bundan oldin esa bugungi sana taqvimidagi bayramlar ro‘yxati bilan tanishib chiqing, ehtimol ulardan boshqa biri haqiqiy bayram sifatida ko‘nglingizga yaqinroq bo‘lishi mumkin. 

Bugun qanday kun: yil 27-iyunda nishonlanadigan bayramlar 

Sanoat xodimlari kuni 

Professional bayram kunlari – hamkasblar bilan to‘planib, kamdan-kam ko‘rishadigan hamkasblar, masalan hisobchi bilan muloqot qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Birgalikda tushlikka boring yoki majlislar xonasida noodatiy “breynstorming” o‘tkazing. Tan oling, mazali osh palov yeb, norasmiy sharoitda ish jarayonlarini rejalashtirish ancha yoqimli. 

Baliq ovlash kuni 

Uzoq shkafdan qarmoq va boshqa baliq ovlashda kerak bo‘ladigan asbob-uskunalarni olib, baliq ovlashga borishni yoki hech bo‘lmaganda bayramning hurmati sifatida suv bo‘yida turishni taklif qilamiz. Agar buning ham iloji bo‘lmasa, unda hech bo‘lmaganda baliqchi qo‘shningizni bayram bilan tabriklab qo‘ying, tag‘in xafa bo‘lib qolmasin. 

Qo‘l bilan so‘rashish kuni 

Qiziqarli fakt yoki olti marta qo‘l bilan so‘rashish nazariyasi: har bir kishi sayyoraning boshqa har bir insoni bilan o‘zaro tanishlar – o‘rtacha 5 kishidan iborat zanjiri orqali tanish ekanligini bilarmidingiz? Turli tadqiqotlar o‘tkazgan amerikalik jamiyatshunoslar shunday qarorga kelgan. Va biz ularga ishonamiz. 

Bankomatning tug‘ilgan kuni 

Toshkentning eng yaqin bankomatiga borib naqd pul yechib kelish uchun ajoyib sabab. Keling, 27-iyun sharafiga hamma joyda – kafe, yoqilg‘i shahobchasi yoki supermarketlarda naqd pulda to‘laymiz. Istagan narsangizga olishga haqlisiz – axir bugun bayramku!

Qahva kuni 

27-iyun –  sevimli kapuchino yoki turkada yangi tayyorlangan achchiq kofe bilan tongni boshlash mumkin bo‘lgan ajoyib kun. “Baxt gormoni” – serotonin darajasini yana ozgina oshirish uchun biror shirinlikni iste’mol qilishni ham unutmang. 

Uydan masofaviy ishlash kuni 

AQShda nishonlashga qaror qilgan frilancerlarning bayrami. Agar siz anchadan beri masofadan turib ishlayotgan bo‘lsangiz va uzoq vaqtdan beri “yorug‘ dunyo”ning ko‘rinishini unutgan bo‘lsangiz, tashqariga chiqishning ayni vaqti – hech bo‘lmaganda bayram sharafiga kafeda tushlik qilish uchun. 

Quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar kuni 

Bu esa yangi ko‘zoynaklar sotib olish uchun yaxshi bahonadir. Bundan tashqari, 27-iyunda Toshkentda jazirama quyoshli ob-havo kutilmoqda. Bizda esa yuzingiz shakliga ko‘ra ko‘zoynak tanlash bo‘yicha tavsiyalar to‘plami tayyor.

27-iyunda kimlar tug‘ilgan:

  • Jey Jey Abrams – “Uddalab bo‘lmas topshiriq”, “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” va tarixdagi eng mashhur seriallardan biri – “Omon qolish” filmlarining rejissyori.
  • Tobi Maguayr — birinchi “Oʻrgimchak-odam” va Gollivuddagi eng muvaffaqiyatli aktyorlardan biri. Superqahramon filmining barcha  seriyalarini bugun qayta tomosha qilishga arziydi!
  • Alsu – barchaga “Qishki tush” xiti va Nabokovning “Lolita” kitobidan ilhomlanib olingan klip muallifi bo‘lgan rossiyalik qo‘shiqchi.