РУ
O’Z
UZS
/
/
Ba’zi insonlar hayotida hech uchratmagan va ta’tib ko‘rmagan ekzotik mevalar
25.06.2024

Ba’zi insonlar hayotida hech uchratmagan va ta’tib ko‘rmagan ekzotik mevalar

Ba’zi insonlar hayotida hech uchratmagan va ta’tib ko‘rmagan ekzotik mevalar

Budda qoli” mevasidan tropik yulduzlargacha va hatto smetana solingan borshning ta’mi keladigan mevalar

Supermarketlardagi meva bo‘limlari va bozordagi bir xil mevalardan zerikdingizmi? Unda boshqa olamga sho‘ng‘ib, 20 ta eng ekzotik mevalarni ta’mi va ko‘rinishi bo‘yicha baho berishga taklif qilamiz. Ehtimol, keyingi sayohatingizda ulardan ayrimlarini ta’tib ko‘rarsiz, hech bo‘lmaganda ularni bir tomosha qiling – axir qiziqku. 

Mangostan 

Yo‘q, bu mangoning “bola”si emas, balki o‘zgacha shirin va nordon ta’mli juda g‘alati ekzotik meva. Ichki tomondan apelsinga o‘xshaydi, u ham oltita bo‘lakka bo‘lingan bo‘lib, uni qo‘l bilan olib bo‘lmaydi, ezib yuborasiz. Shuning uchun uni qoshiq bilan yeyishingiz, po‘stlog‘ini esa pichoq bilan ochishingiz kerak. 

Jekfrut 

Tikanli katta ekzotik meva – aslida non daraxtining mevasidir. Jekfrutning ta’mi nok yoki “dyushes” konfetlari kabi juda shirin va xushbo‘y. Uning bo‘lakchalari odatda paketchalarda alohida sotiladi, mevaning o‘zi esa muzqaymoq va yogurtlarga topping sifatida qo‘shiladi. 

Salak 

Bu mevani “ilonning mevasi” deb atalishiga sabab uning g‘ayrioddiy rangi va ilonning terisiga o‘xshagan kichkina tangachalar bilan qoplangan po‘stlog‘idir. Agar mevani kesib ko‘rsangiz (pichoq bilan kesgan ma’qul), u uchta bo‘lakka bo‘linadi. Mevaning ta’mi biroz nordon xurmoga o‘xshaydi. 

Aki 

Aki — qizil-sariq po‘stloqli nok shaklidagi ekzotik meva. Pishgan akining mag‘zi shunchalik shirinki, u har qanday shirinlik o‘rnini bosa oladi. Biroq, yoqimli ko‘rinishiga qaramasdan, aki dunyodagi eng xavfli mevalardan biridir. U faqat pishmagan holda zaharli bo‘lib, bunday vaziyatda faqat qaynatilgan holda iste’mol qilish mumkin. 

Naranhilla

Ko‘rinishidan pomidorga o‘xshagan “oltin” meva, qulupnay-ananasli ta’mi bilan hayratda qoldiradi. Ushbu ekzotik mevadan yogurt, muzqaymoq, shuningdek, biskvit va tortlar uchun kremlar tayyorlashda foydalaniladi. Uning mazali sharbatini ham ichishingiz mumkin. 

Durian

“Mast qiluvchi” nomiga ega bo’lgan ushbu ekzotik mevaning hidi yoqimsiz bo‘lishiga qaramay, ta’mi juda mazalidir. Uning tashqi ko‘rinishi — g‘alati shakli, son-sanoqsiz tikanlari uni esda qoladigan ekzotik mevaga aylantiradi. Ammo, shu bilan birga, u organizm uchun juda ham foydalidir.

Longan 

Navbatdagi ekzotik meva kichkina o‘lchamli, dumaloq shaklda, kartoshka yoki ko‘z qorachig‘iga o‘xshaydi. Uning ta’mi yoqimli shirin bo‘lib, dietadagi kishilarga to‘g‘ri kelmaydi, chunki nihoyatda kaloriyali. Uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish lozim, chunki ichida katta danagi bor. Ekzotik mevaning yana bir xususiyati — haroratni oshiradi. 

Sitron 

Bananga o‘xshash mevaning yana bir nomi “Buddaning qo‘li” (chunki u rostdanam barmoq panjalariga o‘xshaydi). Sitron o‘ta qalin oddiy po‘stlog’i sababli g‘ayrioddiy ko‘rinadi, mag‘zi esa juda kichkina qismini tashkil etadi. Shuning uchun u faqat ichimliklar va jele tayyorlashda ishlatiladi yoki xonaki o‘simlik sifatida ekiladi. 

Rambutan 

O‘zining “paxmoqligi” va qizil-pushti po‘stlog‘i bilan e’tiborni tortadigan ekzotik meva. Ta’mi esa ajoyib: mayin, shaffof, shirin. Odatda, rambutan mevalari o‘z holicha yoki konservalangan shaklda iste’mol qilinadi, urug‘larini esa faqat qovurilgan holda yeyish mumkin.

Sapodilla 

Tashqi ko‘rinishidan oftobda rangi kuygan kiviga o‘xshaydi, ta’mi esa sho‘r karamelni eslatadi (shuning uchun ham ko‘pincha shirinliklar tayyorlashda ishlatiladi). Yana bir xususiyati – iste’mol qilganda og’ish uvishadi, xurmoday emas, albatta. Sapodillaning faqat pishmagan mevalari kosmetologiyada qo‘llaniladi. 

Chompu 

Chompu bolgar qalampiriga o‘xshaydi, u shirin va juda suvli. Mevaning quyqasi zich va oppoq. Chompuning afzalliklari shundaki, uni tozalash shart emas, xuddi olma kabi iste’mol qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, u yozda chanqoqni qondiradi. 

Bam-balan

Balki kulgili tuyulishi mumkin, ammo bu ekzotik mevaning ta’mi smetanali borshga, ko‘rinishi esa qorayib qolgan qovunga o‘xshaydi. Bam-balanni iste’mol qilish uchun uni po‘stlog‘idan tozalash kerak. Odatda turli bo‘tqalar bilan iste’mol qilinadi. 

Ambarella

 

Yoki sariq olxo‘ri. Bu ekzotik meva katta uzumga o‘xshab, to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi. Uning ichida haqiqiy “oltin” – shirin, sariq mag‘zi bor. Ammo ehtiyot bo‘ling, o‘rtasida tikanli danagi ham bor. Ta’mi ananas bilan mangoga o‘xshaydi. Ambarelladan mazali murabbo va marmelad qilishadi. Bundan tashqari, pishmagan mevasi sho‘rvaga ham qo‘shiladi. 

Kivano

Bu ekzotik mevani “shoxli” bodring deb ham atashadi. Kivano pishib yetilganda, unda sariq tikanlar paydo bo‘ladi, ichi esa yorqin yashil rangda bo‘ladi. Mevaning o‘zi tarvuz kabi kesiladi, ta’mi esa banan bilan bodringga o‘xshaydi. Uni turli xil – ham shirin, ham achchiq taomlarga qo‘shish mumkin. 

Sehrli meva

 

Ko‘rinishidan ko‘proq barbarisga o‘xshaydi. Lekin uning ahamiyatli jihati ta’mida emas, balki ekzotik mevaning “sehrli” xususiyatidadir. Uni iste’mol qilgandan so‘ng, har qanday taom shirin tuyuladi. Hatto dudlangan baliq ham. Bunga meva tarkibidagi mirakulin – ta’m bilish reseptorlarni aldaydigan oqsil modda mavjudligi sababdir. 

Noni

Ushbu katta o‘lchamdagi sariq-oq ekzotik meva o‘ziga xos xushbo‘y hidi va keskin ta’mi bilan ajralib turadi. Noni mevasini ba’zan “qustiradigan” meva deb atashadi, ammo xalq tabobatida uni ko‘pgina kasalliklarga davo sifatida ulug‘lashadi. 

Mameya 

Yorqin to‘q sariq mag‘zli va o‘rik ta’mli ushbu ekzotik meva suratlarda ajoyib ko’rinishga ega. Uni ko‘pincha shirinliklarga qo‘shib, pirog tayyorlashda ishlatishadi va konservalab, murabbo sifatida iste’mol qilinadi. Aytishlaricha, aynan murabbosi juda mazali bo‘ladi. Hamda mameya bilan suratlar Instagram sahifangizda go‘zal ko‘rinadi. 

Jabotikaba

 

Qora smorodina mevalariga o‘xshash (lekin x2 o‘lchamida) uzum daraxtining mevalari. Jabotikabaning binafsha-ko‘k po‘stlog‘i achchiq, ammo mag‘zi shirin va nordon bo‘lib, undan sharob, sharbat, marmelad va murabbo tayyorlanadi. U juda ekzotik tarzda – nafaqat daraxtning shoxlarida, balki poyalarida ham o‘sadi. 

Marang

Ushbu ekzotik mevaning o‘zi uzun va cho‘zilgan, po‘stlog’i tikanlar bilan qoplangan, ichida esa ko‘plab katta bo‘laklar mavjud. Uning ta’mi plombirli muzqaymoq yoki vanilli zefirga o‘xshaydi. Afsuski, tez aynishi sababli boshqa o‘lkalarga eksport qilinmaydi. Essiz, qanday mazali shirinliklar tayyorlasa bo‘lardi! 

Karambola

“Tropik yulduzlar” – yashil, sariq va bolgar qalampirini eslatadi. Karambola o‘zining kesilgan shakli tufayli shunday nom olgan, ammo alohida ta’kidlaydigan bir ta'mga ega emas. Karambolada C vitamini yetarli darajada, shuning uchun u organizm va immunitet uchun foydalidir.