РУ
O’Z
UZS
/
/
Bugun qanday kun: 29-iyunda nishonlanadigan bayramlar
28.06.2024

Bugun qanday kun: 29-iyunda nishonlanadigan bayramlar

Bugun qanday kun: 29-iyunda nishonlanadigan bayramlar

29-iyunda Nobel mukofoti ta’sis etilgani, Ixtirochilar kuni nishonlana boshlagani, AQShda piknik kuni paydo bo‘lgani haqida bilarmidingiz? Piknik kuni sharafiga Toshkent parklaridan birida unutilmas piknik tashkil qilishni, shuningdek oshxonada o‘zgacha bir taom – masalan, Doshirakdan pizza ixtiro qilishni taklif qilamiz. 29-iyunda yana qanday bayramlar nishonlanishini ko‘rib chiqamiz.

Quchoqlashish bayrami 

Qiziqarli fakt: olimlar baxtli bo‘lishimiz uchun qancha quchoqlashish kerakligini aytib berishdi. Organizmimiz normal faoliyati uchun kuniga kamida 4, rivojlanish uchun 8 va kortizol gormonining kerakli darajasi uchun 12 marta quchoqlashish kerak ekan. Bu ma’lumotni bilgandan so‘ng 29-iyunda nima qilishni bilasiz! 

Yoshlar kuni 

Ushbu bayram Rossiyada 29-iyunda nishonlanadi, ammo biz uni bugungi taqvimga qo‘shishni afzal ko‘rdik. Do‘stlar, sinfdoshlar, kursdoshlar bilan to‘planib, samimiy suhbatlar va boshqa o‘yin-kulgilar bilan vaqtichoqlik qilish uchun ajoyib imkoniyat. 

Xalqaro ifloslik kuni 

Bu bayram bugungi kunda yuvinishni bekor qilish va kun bo‘yi idishlarni yuvmasa ham bo‘ladi degani emas. Axir atrofdagi tozalik – a’lo kayfiyat va teran fikrlashning kalitidir. 

Xalqaro tropiklar kuni 

29-iyunda Toshkentda kutilayotgan ob-havo shu bayramni aks ettirib, imkon qadar tezroq salqinlanib olishni taklif qiladi. Agar tropik yomgʻir va palmalarga yetib borishning iloji boʻlmasa, shahardan chiqib, masalan, Nefrit ko‘llari yaqinida Oʻzbekistonning ajoyib tabiatidan bahramand boʻlishingiz mumkin. 

Fotoapparat kuni 

Agar Instagram’ingizdagi so‘nggi post 2022 yilgi rasm bo‘lsa, 29-iyun bayram sharafiga yangi fotosuratingizni joylashni taklif qilamiz – tag’in obunachilar qanday ko‘rinishda ekanligingizni unutib qo‘yishmasin. Agar tinimsiz rasm joylaydigan blogger bo‘lsangiz, unda yana bitta selfi-suratingizdan obunachilaringiz faqat xursand bo‘lishadi. 

29-iyunda kimlar tug‘ilgan:

  • Antuant de Sent-Ekzyupery. Bizga “Kichkina shahzoda” kitobi va “biz o‘zimizga o‘rgatganlar uchun masʼulmiz” degan iqtibosni bergan bolalar yozuvchisi.
  • Soso Pavliashvili. Barcha bolalik, oʻsmirlik va yoshlikdagi ziyofatlarda qoʻshiqlarini tinglagan gruziyalik qoʻshiqchi. “Qayerdasan, jonim” qo‘shig‘i esingizdami?
  • Kamila Mendez. Amerikalik aktrisa va mashhur oʻsmirlar seriali “Riverdale” yulduzi.
  • Nikol Sherzinger – “The Pussycat Dolls” guruhining sobiq bosh qo‘shiqchisi va eng chiroyli press mushaklar sohibi. Bunday pressga esa mashg‘ulotlar yordamida erishishingiz mumkin.
  • Leandro Perendes. Argentinalik futbolchi, “Romo” klubi va milliy terma jamoaning yarim himoyachisi. 2022 yil futbol bo‘yicha jahon chempioni.