Ushbu mashqlar 10 daqiqada ishlash qobiliyatini oshiradi - neyropsixologlar tomonidan tasdiqlangan
Neyrogimnastika – miyaning funksionalligini oshirish, yangi neyron aloqalarni shakllantirish va fikrlash jarayonlarini faollashtirish uchun yaratilgan maxsus mashqlar to‘plamidir.
Neyrogimnastika o‘zi nima uchun kerak?
Miyamiz ikki yarim shardan iborat: o‘ng yarimshar ijodkorlik, koordinatsiya va atrofni to‘g‘ri idrok qilish uchun, chap tomon esa analitika, mantiq va nutq uchun javobgardir. Bularning barchasini esa miyamizning sifatli ishlashiga masʼul boʻlgan asosiy miyamiz nazorat qilib turadi.
Ammo ba’zida unda nimadirlar noto‘g‘ri ishlab, yarimsharlardan biri ikkalasi uchun ham ishlay boshlaydi. Shunda quyidagi xavotirli alomatlar: xotira bilan bog‘liq muammolar, atrofni anglash va e’tiborsizlik paydo bo‘ladi. Shunday vaziyatlarda neyrogimnastika yordamga keladi.
Neyrogimnastikaning afzalliklari ishlash qobiliyatini tezda oshirish, xotirani rivojlantirish, miyani “yoqish” va “quvvatlantirish” kabi qobiliyatlarni berishdir. Buning uchun esa har kuni 10 daqiqa – 5 ta oddiy mashqlar to‘plamiga vaqt ajratish kifoya. Tayyormisiz? Boshladik!
Bir stakan suv
Bu samaradorlikni oshirish uchun g‘ayrioddiy mashg‘ulotning nomi emas, balki neyrogimnastikani boshlaydigan muhim marosim. Hazillashganimiz yo‘q, suv – miyamizga asab tizimining to‘g‘ri ishlashi, impulslarning o‘tkazilishi uchun kerak bo‘lgan narsa hisoblanadi. Agar organizmda suyuqlik yetishmasa, miya reaktsiyalari sezilarli darajada sekinlashadi, biz charchagan va sekin harakatlanadigan bo‘lamiz.
Tirsak va tizzalarni qarama-qarshi birlashtirish (gomolateral qadamlar)
Bu mashqni tizzani baland ko‘tarib, unga qarshi bo‘lgan tirsakni tekkizish holatida bajariladi. Mashg‘ulotni qancha tez bajarsa, uning samarasi shuncha tez ortadi. Neyropsixologlarning fikriga ko'ra, miyaning mantiq va hisoblash uchun mas’ul bo‘lgan sohalarini faollashtirish uchun ideal mashqdir.
Musht/panja/kaft
Qo‘lingizni stolga qo‘ying va quyidagi sxemaga muvofiq uni o‘zgartira boshlang: kaftingiz bilan stolga qo‘ying, musht qiling, qo‘lingizni yonbosh tikka holda stol ustida tuting. Mashq avval o‘ng qo‘l bilan, so‘ngra chap qo‘l bilan, keyin esa ikkala qo‘l bilan birgalikda bajariladi.
Quyon va echki
Quyonning quloqlarini o‘xshatishga harakat qilib, o‘ng qo‘lingizda o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlarini ko‘taring. Chap qo‘lingizda ko‘rsatkich va kichik barmog‘ingizni echkini ko‘rsatgandek ko‘taring. Qo‘llaringizni echki-quyon pozitsiyasidan va aksincha, almashtirishni boshlang.
Halqalar
Barmoqlaringizni har birini bosh barmoq bilan halqa shaklida: ko‘rsatkich barmoqdan kichik barmoqqa qadar birlashtiring. Bu mashqni oldinga tartibda ham, teskari tartibda ham bajarish mumkin.