РУ
O’Z
UZS
/
/
BYD: Teslani siqib chiqarishga tahdid solayotgan brend muvaffaqiyatining tarixi
15.10.2024

BYD: Teslani siqib chiqarishga tahdid solayotgan brend muvaffaqiyatining tarixi

BYD: Teslani siqib chiqarishga tahdid solayotgan brend muvaffaqiyatining tarixi

Amerikaning dunyodagi eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Tesla kompaniyasi yetarli darajada natija bermoqda. Aslini olganda aynan ushbu kompaniya bilan barcha sanoat YeV-transportiga aylana boshladi. Nima deb o‘ylaysiz, Mask korporatsiyasidan keyin sahnaga kim kelar ekan? Balki bu keng qamrovli elektr poyezdlari bo‘lgan VAD konserni, BMW yoki Mersedesdir? Nemis brendlarida haqiqatan ham batareykaga ega mashinalarning bir talay turlari paydo bo‘ldi. Ammo Xitoyning BYD avtomobili 2023-yilda ishlab chiqarilgan elektromobillar soni bo‘yicha ikkinchi yirik brendga aylandi.

Biznes muqaddimasi

BYD avtomobillarining yillik savdosi millionlab dollarlar bilan o‘lchanadigan kompaniya uchun unchalik ham uzoq bo‘lmagan bir vaqtda, 1995-yilda paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, uning faoliyati mashinalar ishlab chiqarishdan boshlanmadi. Brendning ilk biznesi nikel-kadmiy batareyalaridan boshlanib, bu uning Shenzhen BYD Battery Company Limited deb nomlanishida o‘z aksini topdi. Kompaniyaga Van Chuanfu asos solgan. Tadbirkor haqida unchalik ham ko‘p ma’lumot mavjud emas, aytilishicha, u oddiy oilada tug‘ilib, o‘sgan, yaxshi tahsil olganligi tufayli universitetga o‘qishga kirgan va kimyoni, keyinchalik esa metallni o‘rganishga kirishgan. BYD ishga tushgan vaqtda Chuanfu bor-yo‘g‘i 29 yoshda bo‘lgan.

Buyurtmalar hajmi asta-sekinlik bilan o‘sishga tushdi va 2002-yilga kelib, BYD dunyodagi eng yirik nikel-kadmiy batareyalari ishlab chiqaruvchi magnatga aylandi - unga bozorning 65 foizi to‘g‘r kelar edi. Kompaniya shuningdek, bir vaqtning o‘zida litiy-ionli va nikel-metall gidridli akkumulyatorlar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ydi. O‘n yildan so‘ng, ya’ni 2012-yilga kelib, BYD sayyoramizdagi mobil telefonlarning yarmidan ko‘pini batareyalar bilan ta’minladi va Xitoyda qayta zaryadlanuvchi batareyalarning eng yirik ishlab chiqaruvchisiga aylandi.

BYDning dastlabki avtomobillari

Yana avtomobillar mavzusiga qaytadigan bo‘lsak, BYD Auto subkompaniyasi 2003-yilda tashkil etilib, tezda o‘z mahsulotini ishlab chiqarishga kirishdi. Bu BYDning akkumulyator savdosi ko‘lami to‘g‘risida ko‘p narsalarni anglatadi, hozirgi voqelikda avtomobil yaratish tadqiqot, sinov, ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, savdo va xizmat ko‘rsatish tarmog‘i uchun katta xarajatlarni o‘z ichiga olishini nazarda tutadi.

2003-yilda ishlab chiqarilgan ixcham sedan F3 avtomobili BYD brendi ostidagi dastlabki mashina bo‘ldi. Mashina byudjetga ham moslashtirilib, xususiyatlariga ko‘ra, unda hech qanday g‘ayritabiiylik yo‘q edi, ya’ni dvigateli Mitsubishiniki, transmissiyasi esa mexanik tarzda yoki avtomatlashtirilgan bo‘lib, hech qanday elektr versiyalarga ega bo‘lmagan. Ammo BYD zaryadlanuvchi gibridni (PHEV) ishga tushirdi: elektr quvvati bilan mashina 60 kilometrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishi mumkin bo‘lib, bu hozir ham bundan 15 yil avvalgidek juda yaxshi ko‘rsatkich sanaladi. Mashinada shuningdek 1 litrli benzin uchun dvigatel ham mavjud, u elektr dvigateli bilan birga ishlagan va akkumulyatorlarni qo‘shimcha quvvatlantirish maqsadida tomiga quyosh paneli o‘rnatildi. Umuman olganda, F3DMni (Dual Mode) ilk ommaviy plug-in gibrid deb hisoblash mumkini.

Моdel avtomobil biznesiga endigina kirib kelgan kompaniya mezonlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli chiqdi: u yiliga o‘n minglab nusxada sotildi. BYD yo‘nalishini kengaytirishga tushdi - 2008-yilda yanada yuqori toifadagi F6 Sedani  taqdim etildi.  Ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillar bozorini o‘zlashtirgan holda BYD o‘zining asosiy mashinasi - elektromobilini ishlab chiqishga o‘tdi. 

EV namunalari

Bunday joy uchun debyut modelini tanlash muhimdir. Masalan, Tesla o‘ziga xos tarzda - “boshqalar kabi supermobillardan” charchagan badavlat omma e’tiboriga mo‘ljallangan ikki o‘rindiqli rodsterdan boshlandi. BYD, o‘z navbatida, boshqa auditoriyada potensialni ko‘ra bildi.

Ixcham miniven Xitoy brendidagi dastlabki elektromobil bo‘ldi. Bunday kuzov yosh oilalarda ham, korporativ parklarda ham qiziqish uyg‘otadi. Avtomobil batareyasiga qarab, 300 yoki 400 kilometrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishi mumkin edi. BYD E6 xususiy xaridorlar orasida ham, boshqa segmentlarda ham ommalashdi - politsiya va taksi turargohlari elektr minivenlar bilan to‘ldi.

Yangi dizayn

Avtomobil biznesida o‘zini tiklab olgan holda, BYD jahon darajasidagi mutaxassislardan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi. Shunday qilib, 2016-yilda  Volfgang Egger dizayn bo‘yicha rahbar lavozimini egallaydi. Nemis mutaxassisi avtomobillarning tashqi ko‘rinishini ishlab chiqishda katta tajribaga ega bo‘lib, u Alfa Romeo, Lancia, SEAT, keyin esa Audi va Lamborghini kompaniyalarida yuqori lavozimlarda ishlagan. BYDda Egger butun modellarda avtomobillar uchun ommaviy ko‘rinish yaratishiga to‘g‘ri keldi.

Kompaniya, ma’lum bir ma’noda o‘z uslubiga ehtiyoj sezdi. Garchi BYDning oldingi avtomobillari juda mashhur bo‘lgan bo‘lsa-da, ularni uzluksiz ishlab chiqarilayotganligidan darhol ajratib bo‘lmas edi: F3 va E6 avtomobillari Yaponiya avtomobillariga o‘xshab ketardi.

Egger ishni yana bir miniven - Song Maxdan boshladi. BYDning yangi ko‘rinishi - bu keng radiator panjarasigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetadigan ulkan “qisiq” faralari va orqa qismidagi qora ustun bilan diqqatni tortib, bu “suzayotgan tom” effektini yaratadi. Avtomobil, E6 dan farqli o‘laroq, elektr emas. Dastlab u 1,5 litrli turbo dvigatel bilan ishlab chiqarilgan, 2022-yilda esa miniven gibrid elektr qurilmasiga ega bo‘ldi. Bu bilan faqat ichki yonuv dvigateliga ega BYD avtomobillari davri o‘z yakuniga yetdi: kompaniya PHEV va elektromobillar ishlab chiqarishga e’tibor qaratdi.

Biznes segmentida paydo bo‘lish

E klassidagi sedan - to‘liq o‘lchamli Han modeli  (bunga Audi A6, Mercedes E-klass, BMW 5-Series, Jaguar XF ham kiradi) brend flagmaniga aylandi. Song Maxda boshlangan uslub Xanda rivojlantirildi: aynan o‘sha ayrim Osiyo brendlariga xos jimjimadorlikdan yiroq, mashhur old qismi, silliq chiziqlar, hozirda ommalashgan eshiklarining suriluvchi tutqichlari.

Avtomobil salonini aytmaysizmi: markaz bo‘ylab katta displey va ba’zi funksiyalarning unga ko‘chirilishi kabi zamonaviy urflar odatiy yechimlar bilan uyg‘unlashgan. Masalan, burilish signallari chapdagi tutqich yordamida yoqiladi - bu sizga Tesla tugmachalari emas. Amerika brendining “rul g‘ildiraklari”dan farqli o‘laroq, rul g‘ildiragi ham aylana shaklida. 

Avtomobil PHEV(benzinda harakatlanuvchi motor va elektr dvigateli)da ham, to‘liq elektr versiyalarida ham mavjud. Uzatma - old g‘ildirak yoki to‘liq ko‘rinishda. Umuman olganda, hamma narsa xuddi katta brendlar kabi. Boshqa tomondan, BYD qandaydir sezilmas tarzda ulardan biriga aylandi. Birgina Han modelining sotuvi 2022 va 2023-yillarda deyarli yarim million donani tashkil etdi. Va bu tasodifiy mashina emas: masalan, Tang va Yuan Plus krossoverlari ham yiliga 100 mingdan ortiq sotiladi.

BYD avtomobillarini o‘zi ishlab chiqargan akkumulyatorlar bilan jihozlaydi - har holda kompaniya biznesni akkumulyatorlar bilan boshlagan-da. Avtomobillarda Blade Battery texnologiyasi qo‘llaniladi: bo‘lim tig‘larga o‘xshash ingichka plastinalardan iborat. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bunday tuzilish batareyaning ishlash muddatini oshiradi va yong‘in ehtimolini kamaytiradi.

Millionlab sotuvlar

O‘tgan yili BYD 1,8 million dona Tesladan farqli ravishda salkam 1,6 million elektromobil ishlab chiqardi. Ammo Xitoy brendi gibridlarni ham ishlab chiqardi, ular 1,4 milliondan oshdi. BYD zavodlarida bir yil davomida jami uch millionta mashina ishlab chiqarildi.

Yaqinda hashamatli Yangwang brendi ostida yangi model ishlab chiqarila boshlandi. Ikki o‘rindiqli elektr kupeli 1290 ot kuchiga ega U9 avtomobili 2,3 soniyada tezlikni 100 km/soatga oshiradi, harakat zaxirasi esa salkam 400 kilometrni tashkil etadi. Taxminan 230 ming dollarlik qiymatga ega bo‘lib turib, uning ommaviylashishiga ishonish qiyin, biroq bu brendning muhim imidj qismidir. Deyarli har bir yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi, shu jumladan BYD ham o‘zining eng zo‘r avtomobiliga ega bo‘ladi.

***

Kompaniya qandaydir tarzda yetakchi elektromobil ishlab chiqaruvchilardan biriga aylandi va u yerda mustahkam o‘rnashdi. “Eletromobillar” ishlab chiqarish soni bo‘yicha Teslaning o‘rnini egallashga biroz vaqt bor. EVga butunlay o‘tish nimaga olib kelishi masalasi esa alohida maqola uchun mavzu, chunki ba’zi konsernlar allaqachon ichki yonuv dvigatellari bo‘lgan avtomobillar ishlab chiqarishni kengaytirish rejalarini ma’lum qilishdi. Harakat zaxirasi va quvvatlantirgichdan foydalanish masalasi esa ko‘pgina hududlarda dolzarbligicha qolmoqda. Biroq ushbu holat uchun BYD shunday yo‘l tutdi: kompaniya avvalgidek batareya quvvati tugaganda IYDdagi oddiy mashinaga aylanadigan gibridlarni ishlab chiqarishda davom etmoqda.