ChatGPT va boshqa neyron tarmoqlar yordamida bog‘ uchastkasini qanday jihozlash mumkin?
Neyron tarmoqlar turli masalalarni yechish jarayonini tezlashtirishi mumkin. Faqatgina sohalarni to‘g‘ri ta’riflash, olingan ma’lumotlarni filtrlash va ularni shaxsiy bilimlar bilan to‘ldirib, poydevor sifatida foydalanish muhimdir. 4 ta neyron tarmoq va bog‘ni obodonlashtirish so‘rovi misolida sun’iy intellekt qanday g‘oyalarni taqdim etishini ko‘ramiz.
ChatGPT
Aytaylik, siz nimadan boshlashni bilmaysiz, lekin byudjetingiz cheklanganidan xabardorsiz. ChatGPTdan so‘raymiz va u bizga darhol tuzilgan harakatlar rejasini taqdim etadi. Ekranda ‘‘Byudjet cheklangan bo‘lsa, bog‘ni obodonlashtirishni nimadan boshlash kerak?’’ savoli bo‘yicha neyron tarmoq tomonidan berilgan javobning bir qismi aks etgan.
ChatGPT javob berdi: ‘‘Cheklangan byudjetli vaziyat bog‘ni jihozlashni rejalashtirish va vazifalarni ustuvorlashtirishni talab qiladi. Quyidagilar ishni boshlashga yordam beradigan asosiy qadamlardir.
- Rejalashtirish.
Uchastka rejasini tuzing. Bog‘ingizning sxematik chizmasini chizing, zonalarni belgilang.
Ustuvorliklarni aniqlang. Siz uchun eng muhim bo‘lgan narsani hal qiling. Ehtimol, avval shinam joy yaratishni, keyin esa sabzavot yetishtirishni xohlarsiz.
- Tuproqni tayyorlash.
Tuproqning sifati va o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojini bilish uchun uni tahlil qilish.
Tuproqni yaxshilash uchun kompost va organik o‘g‘itlardan foydalaning.
- O‘simliklarni tanlash.
Bog‘ingizning iqlim sharoitiga mos keladigan oddiy o‘simliklarni yoki ko‘p yillik o‘simliklarni tanlang.
Endi esa yuqoridagi punktlardan biriga aniqlik kiritishni va chuqurroq yondashishni boshlash kerak. Masalan, sun’iy intellektga quyidagicha savol berish mumkin: ‘‘Bog‘ uchastkasining rejasini qanday tuzish kerak? Qadam-baqadam yoz, aniq tavsiyalar ber’’.
ChatGPT quyidagi qadamlarni taklif qiladi:
1-qadam. Uchastka tahlili.
O‘z hududingiz haqida ma’lumot to‘plang: maydonni o‘lchang, yorug‘lik tomonlarining yo‘nalishini aniqlang, relyefni tahlil qiling, tuproq turini bilib oling, mikroiqlimni hisobga oling.
Fotosuratlar va qaydlar qiling: uchastkani turli nuqtalardan suratga oling. Muhim kuzatuvlarni, masalan, yomon drenajli zonalarni yozing.
2-qadam. Funksional zonalarni aniqlash.
O‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olmaguningizcha so‘rovlarni detallashtirib yozing. Variant sifatida ‘‘O‘zbekistonda tuproqning qanday turlari mavjud va bog‘da tuproqni qanday qilib yaxshiroq o‘g‘itlash mumkin?’’ deb so‘rang.
ChatGPT javoblari:
‘‘Asosiy tuproq turlari.
Qumli (yengil, yaxshi drenajlangan, tez qiziydi, lekin suv va ozuqa moddalarini yaxshi ushlab turmaydi. Sekin eriydigan o‘g‘itlar qo‘shish kerak).
Superqumli (qum bilan aralashgan, serhosil va qumlilarga qaraganda kamroq drenajlangan, organik o‘g‘itlarni talab qiladi).
Qumoq (bog‘dorchilik uchun juda mos...)’’.
Bu bilan to‘xtab qolmay, kontekstga neyron tarmog‘ini kiritamiz: ‘‘Mening qumli tuprog‘ga ega kichik bog‘ uchastkam bor. Ko‘p yillik o‘simliklar yaxshi o‘sishi uchun uni qanday qilib yaxshiroq o‘g‘itlash kerak?’’.
ChatGPT muqobillarni taklif qiladi:
‘‘Organik moddalar (kompost, go‘ng, yashil o‘g‘itlar). Mineral o‘g‘itlar’’.
Hatto bitta neyron tarmog‘i yordamida ham atigi bir-ikki soat ichida sxemani tuzish va amalga oshirishni nimadan boshlashni tushunish mumkin.
Pi
Taqqoslash uchun biz Pi neyron tarog‘iga ChatGPTga bo‘lib bergan birinchi savolimizni kiritamiz.
Pi ChatGPTdan ko‘ra ko‘proq o‘ylaydi va lingvistik xatolar bilan javob beradi, ammo mohiyati tushunarli: ‘‘Siz hozir qancha pul sarflashga tayyorligingiz va qanday xarajatlaringiz borligini bilish uchun byudjetdan boshlashingiz kerak”.
Javoblar bir-biridan qanchalik farq qilishini ko‘ramiz. Bizning holatimizda bu yaxshi, chunki biz birdaniga bir nechta ‘‘fikrlarni” olamiz va umumiy tasvirni shakllantiramiz. Keyin neyron tarmoqlarining qiroli hisoblangan ChatGPTga qaytish mumkin, u maksimal darajada batafsil javob beradi. Biz unda uchastkani obodonlashtirish uchun ma’lum byudjetni qanday oqilona sarflash bilan qiziqamiz.
ChatGPT byudjetni quyidagicha taqsimlaydi:
‘‘Tahlil va rejalashtirish (tuproq testi va uchastkaning chizmasini o‘z ichiga oladi) – $50. Tuproqni tayyorlash va o‘g‘itlash esa $200....”
Dream
Aynan qanday ko‘rinishdagi bog‘ hududini yaratishni xohlayotganingizni vizualizatsiya qilish uchun Dream neyron tarmog‘idan foydalanamiz. U tasvirlarni hosil qiladi.
Ro‘yxatdan o‘tmasdan ham faqat bitta tasvirni olamiz. Agar bir nechta yoki undan ko‘proq istasangiz, premium versiyani rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi.
Neyron tarmoqdagi rasmlarni kattalashtirish mumkin.
Badiiy tasvirlar va maslahatlarning ulkan kutubxonasiga ega neyron tarmoq.
Lexica
Badiiy tasvirlar va kerakli maslahatlarning ulkan kutubxonasiga ega neyron tarmoq. Tasvirlarni takomillashtirish imkoniyati mavjud, bu bizning holatimizda juda mos keladi.
So‘rovni iloji boricha sodda ifodalash muhimdir.
Aytaylik, siz o‘z bog‘ingizda lavanda, stol va 4 ta stul ko‘rishni xohlayotganingizni bilasiz, shuningdek, kichik gulzor va LED yoritgichi bo‘lishini xohlaysiz.
Barcha afsonaviy rang-barangliklardan sizning sharoitingizda amalga oshadiganini tanlaymiz va uni qanday qilib takomillashtirish haqida o‘ylaymiz. Aytaylik, siz yoqimli, iliq va shinam narsani xohlaysiz. Shunday tasvir ustida to‘xtaymiz.
Qulay tomoni shundaki, bitta variant doirasida neyron tarmog‘i bir nechta turlarni taklif qiladi. O‘ng tomondagi strelkani bosib, ushbu variantning qanday ko‘rinishini kengroq tasavvur qilish mumkin.
Sun’iy intellekt yordamida siz haqiqatan ham eng murakkab vazifalarni hal qilish uchun vaqtni tejaysiz va jarayonni qiziqarli mashg‘ulotga aylantirasiz. Boshlang‘ich neyron tarmoq foydalanuvchilari uchun bir nechta tavsiyalar:
intuitiv tushunarli interfeysga ega neyron tarmoqlarni tanlang;
maqsadingizni ta’riflab berishda aniq bo‘ling;
sleng iboralaridan emas, balki adabiy tildan foydalaning;
neyron tarmog‘iga kontekstni batafsil tushuntiring (masalan, yuqoridagi kabi bog‘ni obodonlashtirish uchun cheklangan byudjetga ega ekanimizni aytganimizday);
batafsilroq ma’lumot olish uchun sanoat tarmoqlarini aniqlashtiring;
natijalarni sinchiklab tahlil qilish va ularga tanqidiy yondashing.
Sinab ko‘ring va siz neyron tarmoqlar vaqt o‘tishi bilan takomillashayotgani va tobora foydali bo‘lib borayotganiga ishonch hosil qilasiz.