РУ
O’Z
UZS
/
/
Chempionlar Ligasi. Zalsburg — Brest oʻyini natijasi
02.10.2024

Chempionlar Ligasi. Zalsburg — Brest oʻyini natijasi

Chempionlar ligasi. Zalsburg — Brest oʻyini natijasi

UEFA Chempionlar Ligasi 2-tur doirasida Red Bull Arenada bahslashgan jamoalar yirik farq bilan oʻyinni yakunladi. Brest mehmonda 3 ochko ishlab oldi.

Bugun, 1-oktyabr kuni Avstriyaning Zalsburg jamoasi oʻz maydonida Fransiyaning Brest jamoasini qarshi oldi.

Oʻyinning dastlabki daqiqalarida Zalsburg maydonni nazorat ostiga olgandek tuyildi. Ammo futbolchilar darhol gol oʻtkazib yubordi.

Mezbonlarda hisob farqini qisqartirish uchun bir nechta yaxshi imkoniyatlar boʻldi, biroq ular qulay vaziyatlardan toʻligʻicha toʻgʻri foydalana olmadi.

Brest futbolchilari esa oʻta sovuqqonlik bilan harakat qilishdi. Yakunda Fransiya jamoasi oʻyinni oʻz foydasiga hal qildi va onlayn reytingda yetakchilikka koʻtarildi.

Uchrashuvda birinchi golni fransuz jamoasi hujumchisi Abdalla Sima urdi. Mehmonlar ustunligini yarim himoyachi Mahdi Kamara mustahkamladi. Abdalla Sima dubl qayd etib, hisobni farqli qildi.

Oʻyin davomida Zalsburgdan Oskar Gloch, Samson Baydu va Adam Dagim, shuningdek, Brestdan Jyulyen Le Kardinal va Massadio Aydara sariq kartochka oldi.