РУ
O’Z
UZS
/
/
CHL. Shtutgart — Sparta oʻyini natijasi
01.10.2024

CHL. Shtutgart — Sparta oʻyini natijasi

CHL. Shtutgart — Sparta oʻyini natijasi

UEFA Chempionlar Ligasi 2-tur doirasida Shtutgart Arenada bahslashgan jamoalar durang natija qayd etdi. Ular oʻz hisobiga bittadan ochko qoʻshib qoydi.

Bugun, 1-oktyabr kuni Germaniyaning Shtutgart jamoasi oʻz maydonida Chexiyaning Sparta jamoasini kutib oldi.

Teng kurashlar ostida kechgan oʻyinda 1:1 hisobida durang qayd etildi. Gollarni Enso Miyo va Kaan Kayrinen kiritdi.

Har ikki jamoada oʻyinchilar sariq kartochka oldi (Shtutgartdan Paskal Shtensel va Spartadan Kaan Kayrinen).

Keyingi bosqichda jamoalarni murakkab raqiblar kutib turibdi. Jumladan, Sparta “Manchester Siti”ga, Shtutgart esa “Yuventus”ga qarshi maydonga tushadi.