29.11.2024
(yangilandi 29.11.2024)
Oʻzbekistonda 2-dekabr kungi valyuta kurslari: dollar qanday oʻzgarishi kutilmoqda?
Muallif
Shohzamon Shuhratov
Amerika valyutasining soʻmga nisbatan kursi 13 soʻm 5 tiyinga pasayib, 12 852 soʻmni tashkil etdi.
29-noyabr kuni boʻlib oʻtgan savdolarda dollar deyarli uch hafta ichida birinchi marta arzonladi.
2024-yil 29-noyabr kuni boʻlib oʻtgan savdolar natijasiga koʻra (2024-yil 2-dekabrdan boshlab valyutalarning rasmiy kurslari belgilanadi):
- dollar 13,05 soʻmga arzonlashib, 12 852 soʻmni tashkil etdi,
- yevro 18,38 soʻmga qimmatlab, 13 569 soʻmga yetdi,
- rossiya rubli 2,26 soʻmga qimmatlab, 118 soʻmga teng boʻldi.
Mobil ilovalardagi eng qulay kurs
Pulbek.uz moliyaviy supermarketining xabar berishicha, 29-noyabr kuni mobil ilovalarda valyuta sotib olishning eng qulay kursi quyidagi banklarda qayd etilgan:
- Dollar: 12 845 soʻm (Aloqabank)
- Yevro: 13 450 soʻm (Oʻzmilliybank)
- Rubl: 130 soʻm (Octobank)
Bankomatlardagi eng qulay kurs
Bugun, 29-noyabr kuni, eng qulay kursda valyutani quyidagi bankomatlarda xarid qilish mumkin:
- Dollar: 12 700 soʻm (Aloqabank)
- Yevro: 12 400 soʻm (KDB Bank)
- Rubl: 100 soʻm (Oʻzmilliybank)
Ayirboshlash shoxobchalaridagi eng qulay kurs
Ayirboshlash shoxobchalarida bugun eng qulay xarid kursi quyidagicha taklif etilmoqda:
- Dollar: 12 835 soʻm (Biznes rivojlanish banki)
- Yevro: 13 450 soʻm (Oʻzmilliybank)
- Rubl: 110 soʻm (Kapitalbank)