РУ
O’Z
UZS
/
/
Dunyodagi eng keksa ayol 117 yoshda vafot etdi
20.08.2024

Dunyodagi eng keksa ayol 117 yoshda vafot etdi

Dunyodagi eng keksa ayol 117 yoshda vafot etdi

Maria Branyas Morera dunyodagi eng keksa odam sifatida tan olingan va 2023-yilda fransuz rohibasi Lyusil Rendon 118 yoshida vafot etganidan soʻng Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Yer yuzidagi eng keksa odam 117 yoshli Maria Branyas Morera vafot etdi. Ayolning oʻlimi haqida uning oilasi X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qilgan.

“Biz doim uning oʻgitlari, nasihatlarini yodda saqlaymiz. Mehribonligini hech qachon unutmaymiz”, — deyiladi ayolning oilasi tomonidan eʼlon qilingan murojaatda.

Dunyodagi eng keksa ayol sifatida tan olingan Mariya Branyas Morrera 2023-yilda bergan intervyusida oilasi va hayotdagi boshqa “narsalar” unga 117 yoshga toʻlishga yordam berganini aytgandi.

“Oilangiz bilan xotirjam va yaxshi munosabatlar hissiy barqarorlikni taʼminlaydi va bu 100 yosh emas, 117 yoshgacha yashashga yordam beradi. Shu bilan birga, xavotir va afsuslanmaslik, “toksik” odamlardan qochish kerak”, – degan u.

Maria Branyas Morera dunyodagi eng keksa odam sifatida tan olingan va 2023-yilda fransuz rohibasi Lyusil Rendon 118 yoshida vafot etganidan soʻng Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Branyasning oʻlimidan soʻng, AQSH gerontologiya tadqiqot guruhi maʼlumotlariga koʻra, dunyodagi eng keksa odam 1908-yil 23-mayda tugʻilgan va 116 yoshda boʻlgan yaponiyalik Tomiko Ituka boʻldi.