E vitamini foydasi. Uni qayerdan topish mumkin va nima uchun u yozda juda muhim?
E vitamini – ba’zi sabablarga ko‘ra ko‘pchilik unutib qo‘yadigan organizm uchun zarur bo‘lgan eng muhim organik birikmalardan biri. Yoz mavsumida muhim bo‘lgan bu vitaminning ahamiyati nimada, u qanday mahsulotlarda bor va nega E vitamini “go‘zallik vitamini” deb ataladi? Bu haqida batafsil ma’lumot berishga qaror qildik.
E vitaminining yozda teri va soch go‘zalligi uchun foydalari
E vitaminining asosiy foydasi u organizmni erta qarishdan himoya qiladi, yallig‘lanishni kamaytiradi va bosh terisida qon aylanishini rag‘batlantiradi.
Shuning uchun yozda ayniqsa ultrabinafsha nurlarining haddan ziyod dozasidan keyin to‘kila boshlaydigan va “quyosh nuridan charchagan” sochlar uchun zarur.
Teri bilan ham shunday: yozgi quyosh ostida toblanishlar, suv havzalarida va basseynlarda bo‘lish terini stress holiga keltirib, quritadi. E vitamini esa profilaktik chora sifatida ishlay boshlaydi – shuning uchun ham u ko‘pincha pigmentatsiya va ajinlarga qarshi, shuningdek, tabiiy SPF sifatida yuz kremlari va sivorotkalarga kiritilgan.
E vitaminining foydalari:
- Tana hujayralarining oziqlanishini yaxshilaydi;
- Qonni kislorod bilan boyitadi;
- Charchoqning birinchi belgilarini yengillashtiradi;
- Yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi;
- Qon tromblari shakllanishini oldini oladi;
- Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.
Kuniga qancha vitamin E qabul qilish kerak?
Kattalarga har kuni taxminan 15-16 mg, bolalarga esa 6-10 mg, homilador ayollarga 17 mg, emizuvchi onalarga esa 19 mg E vitamini qabul qilish kerak.
E vitamini mavjud bo‘lgan Top 10 mahsulotlar:
100 grammida:
- Kungaboqar yog‘i (44 mg);
- Qovoq urug‘lari (31 mg);
- Bodom (24,9 mg);
- Yeryong‘oq pastasi (23,2 mg);
- Funduk (21 mg);
- Kungaboqar urug‘lari (15,3 mg);
- Zaytun moyi (12 mg);
- Quritilgan o‘rik (5,6 mg);
- Na’matak va chakanda (oblepixa) (5 mg);
- Kivi (2,6 mg).
E vitaminini kapsulalarda qabul qilish mumkinmi?
E vitaminini dori-darmonlar ko‘rinishida ichish sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi ehtimoli bor. Faqat ma‘lum anomaliyalar yoki tasdiqlangan defitsit vaqtida shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng mumkin. U aynan sizga kerakli dozani aniqlashga yordam beradi.