РУ
O’Z
UZS
/
/
Erkaklarda soch nega to‘kiladi va buni qanday to‘xtatish mumkin?
11.07.2024

Erkaklarda soch nega to‘kiladi va buni qanday to‘xtatish mumkin?

Erkaklarda soch nega to‘kiladi va buni qanday to‘xtatish mumkin?

Kuniga 20 dan 100 tolagacha soch yo‘qotish tabiiy hol. Ammo tepakallik kuchaysa, bu alopetsiya (yoki soddaroq qilib aytganda, soch to‘kilishi) belgilari bo‘lishi mumkin. Keling, erkaklarda soch to‘kilishiga nimalar sabab bo‘lishini va bu jarayonga qanday ta’sir qilish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Erkaklarda soch nega to‘kiladi va buni qanday to‘xtatish mumkin?

Kuniga 20 dan 100 tolagacha soch yo‘qotish tabiiy hol. Ammo boshda sezilarli bo‘shliqlar paydo bo‘lsa, bu alopetsiya (yoki soddaroq qilib aytganda, soch to‘kilishi) belgilari bo‘lishi mumkin. Keling, erkaklarda soch to‘kilishiga nimalar sabab bo‘lishini va bu jarayonga qanday ta’sir qilish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Soch qanday o‘sadi?

Sochlar o‘z hayot siklini follikulalarda boshlaydi. Bular ildiz joylashgan kichik chuqurchalar bo‘lib, atrofi ozuqa moddalaridan iborat “qopcha” bilan o‘ralgan. Sochlarning follikulalardan o‘sishi uch bosqichni o‘z ichiga oladi: anagen, katagen va telogen.

  • Anagen fazasi faol o‘sish bosqichi bo‘lib, uch yildan besh yilgacha davom etadi.
  • O‘tish fazasi yoki katagen, bu davrda intensiv o‘sish to‘xtaydi. Bu taxminan ikki hafta davom etadi.
  • Telogen fazasi — sochlarning to‘kilish vaqti. Bu fazaning oxirida yangi tolalar follikuladan o‘sib, eskisini o‘rnini bosa boshlaydi.

O‘rtacha olganda, bosh terisida 100 mingga yaqin follikulalar mavjud bo‘lib, ularning 15% gacha qismi telogen bosqichidagi sochlarni o‘z ichiga oladi. Bu nega kuniga bir necha o‘nlab tolalarni yo‘qotish tabiiy jarayon ekanini tushuntiradi.

Lekin soch ko‘p to‘kilsa nima qilish kerak?

Soch to‘kilishining 1-sababi

Soch to‘kilishining eng keng tarqalgan shakli — androgenetik alopetsiya. Bu follikulalarning testosterondan hosil bo‘ladigan va erkaklarda normal jinsiy rivojlanish uchun muhim modda bo‘lgan digidrotestosteron gormoniga yuqori sezuvchanligi bilan bog‘liq. Androgen soch to‘kilishining dastlabki alomatlari peshona yaqinida peshonaga tomon kengayib boradigan ikki tomonda sochlarning kamayib borishidir. Shu bilan birga, chakka va ensa follikulalari digidrotestosteronga kamroq sezgir 

Shifokor androgenetik alopesiyani trikoskop yordamida soch va bosh terisini tekshirish orqali aniqlay oladi, buning uchun ular tasvirni kattalashtiradi va soch o'zgarishining dastlabki belgilarini baholaydi.

Faqat mutaxassis maslahati orqali soch to‘kilish jarayonini to‘xtatish imkoniyatini bilish mumkin. Agar javob “ha” bo‘lsa, avvalgi soch holatiga qaytish uchun qanday choralar ko‘rish kerak?

Albatta, davolash qanchalik erta boshlansa, u shunchalik samarali bo‘ladi. Bugungi kunda shifokorlar alopetsiyani davolash uchun ikkita preparatdan foydalanadi:


1. Minoksidil. Qon bosimini normallashtirish uchun dori vositasi bo‘lib, uning o‘ziga hos noodatiy nojo‘ya ta’siri aniqlandi, ya‘ni u follikulalarni yuqori qon bilan ta’minlanishi tufayli soch o‘sishini rag‘batlantiradi. Minoksidil allaqachon o‘z samarasini ko‘rsatgan, lekin uni har kuni mahalliy spreylar va soch ildiziga ishqalash uchun eritmalar ko‘rinishida qo‘llash kerak.

2. Finasterid. Erkaklarda prostata bezi va soch to‘kilishini davolash uchun ishlatiladigan gormonal dori vositasi. Finasterid tabletkalari uzoq muddatli kurslar bilan ichishga qabul qilinadi, ularning samaradorligi yarim yildan keyin sezilarli bo‘ladi. Preparatning nojo‘ya ta’sirlari bo‘lishini yodda tuting, shuning uchun shifokorning ko‘rsatmasi va nazoratisiz hech qanday dori-darmonlarni qabul qilmang.

Asosiy davolashga qo‘shimcha ravishda soch o‘sishini rag‘batlantiruvchi muolajalar buyurilishi mumkin. Masalan, past intensivli lazer terapiyasi uyda qo‘llash uchun xavfsiz hisoblanadi.

Eng samarali, ammo shu bilan birga murakkab va qimmat usul sochlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘lib qolmoqda. Esingizda bo‘lsa, boshning orqa qismidagi follikulalar soch to‘kilishiga sabab bo‘luvchi digidrotestosteronga chidamli. Ular terining boshqa qismiga ko‘chirib o‘tkazilganda ham bu xususiyatni saqlab qoladi.

Boshqa sabablar

  • Ichki a’zolar va tizimlar kasalliklari. Qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, autoimmun holatlar va allergik reaksiyalar soch qoplamini sezilarli darajada zararlashi mumkin. Shuning uchun soch to‘kilishini tekshirish va asl sababini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish juda muhimdir.
  • Vitamin va minerallarning yetishmasligi. Soch salomatligi uchun, ayniqsa, biotin (va B guruhining boshqa vitaminlari), A, C, D vitaminlari, temir va rux muhimdir. Ularning tanada yetishmasligi alopetsiyaga olib kelishi mumkin. Aytgancha, A vitaminining ortiqcha bo‘lishi ham uning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun vitaminlarni nazoratsiz qabul qilmang — ular ko‘rinadigan darajada xavfsiz emas.
  • Stress. To‘satdan yuz beradigan salbiy hodisalar ham, surunkali stress ham soch follikulalari holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu punktga miyaning elektr faolligiga, natijada soch follikuli oziqlanishiga ta’sir qiluvchi muntazam uyqusizlikni qo‘shamiz.
  • Muayyan dorilarni qabul qilish. Masalan, saratonga qarshi dorilar, gipertoniyaga qarshi vositalar, steroidlar, antidepressantlar va hatto aspirin soch to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
  • Noto‘g‘ri parvarish va zararli tashqi omillar. Qattiq parhezlar, chekish, sifatsiz shampunlar va gellar ham sochingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
  • Ekologik omillar va haroratning ta’siri. Jazirama havoda sochlarning mo‘rtligi va suvsizlanishining oldini olish uchun ularni bosh kiyim bilan himoya qilishni unutmang.
  • Zararli odatlar. Chekish bosh terisining qon bilan ta’minlanishini pasaytiradi, alkogolni suiiste’mol qilish esa sochlarni quruq va mo‘rt qiladi.

Soch qalinligini oshirish uchun yana nima qilishim mumkin?

Mukammal yechim — asosiy sababga qarshi kurashish. Irsiy alopetsiyadan tashqari (garchi olimlar allaqachon gen terapiyasi variantlari va boshqa ilg‘or usullarni jiddiy muhokama qilishmoqda), yuqoridagi ro‘yxatda keltirib o‘tilgan sabablarni to‘g‘ri ovqatlanish, sifatli parvarishlash vositalari va kasallikni davolash orqali tuzatish mumkin.

Bundan tashqari, uyda yoki kosmetolog xonasida foydalanishingiz mumkin bo‘lgan ko‘plab yordamchi muolajalar mavjud:

  • Darsonval — kuchsiz tok razryadlarini beruvchi asbob. U bosh terisining qon aylanishini kuchaytiradi va mo‘rt, ingichka sochlarga yordam beradi. Shuningdek, seboreya va bosh terisining kepak ko‘rinishidagi boshqa muammolarida ham samarali.
  • Massaj — soch o‘sishini faollashtiruvchi darsonvalning eng hamyonbop muqobilidir.
  • Mezoterapiya — tarkibida aminokislotalar, vitaminlar va mikroelementlar bo‘lgan inyeksiyani bosh terisiga yuborish. Bu qon aylanishini va yangi sochlarning o‘sishini rag‘batlantiradi.
  • Ozonoterapiya. Ozon teri va soch follikulalarining kislorod bilan to‘yinishini yaxshilaydigan kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Shuningdek, u bosh terisidagi kasalliklarni keltirib chiqaradigan bakteriyalar va zamburug‘larni yo‘qotishi mumkin.
  •  Plazmoterapiya (PRP) - trombotsitlar bilan boyitilgan plazma inyeksiyasi. Uni tayyorlash uchun bemordan venoz qon olinadi, sentrifuga qilinadi va bosh terisiga yuboriladi. 

Jarayon allergiyaga moyil odamlar uchun ham mos keladi, chunki o‘zingizning qon elementlaringiz kiritiladi.

Soch to‘kilishi jiddiy kasalliklar bilan bog‘liq emasligini tekshirish uchun shifokorga murojaat qilishni tavsiya qilamiz. Agar salomatligingiz yaxshi bo‘lsa, yangi qiyofani sinab ko‘rish yoki odatiy soch to‘kilishi uchun protseduralardan foydalanish bo‘yicha tanlov sizning qo‘lingizda.