РУ
O’Z
UZS
/
/
Ertalab palov iste’mol qilish zararlimi? Argument va qarshi asoslar
30.07.2024

Ertalab palov iste’mol qilish zararlimi? Argument va qarshi asoslar

Ertalab palov iste’mol qilish zararlimi? Argument va qarshi asoslar
Muallif
Leyla Li

Nahorgi osh – o‘zbeklarning ajoyib an’anasi hisoblanadi. Ayniqsa, uyda mehmonlar yig‘ilganda. Ammo palovni ertalabdan iste’mol qilish zararli emasmi? 

Palovni nonushtaga iste’mol qilish uchun argumentlar

1. Energiya qiymati. Palovda uglevod (guruch), oqsil (go‘sht) va yog‘ ( moy va yog‘) mavjud bo‘lib, uni yuqori energiyali taomga aylantiradi. Ertalab bunday yuqori kaloriyali taomni iste’mol qilish, ayniqsa, faol turmush tarzi yoki og‘ir jismoniy ishi bo‘lgan odamlar uchun juda muhim bo‘lib, organizmni uzoq vaqt energiya bilan ta’minlaydi.

2. Ochlikni qondirish: yuqori kaloriya, oqsil va yog‘ miqdori tufayli, palov to‘qlikni uzoq vaqt ushlab turishi mumkin, bu esa, keyingi asosiy ovqatga qadar tamaddilar qilmaslikka yordam beradi.

3. Oziq moddalar tarkibi: palov undagi sabzavotlar hisobiga organizmning normal ishlashi uchun muhim bo‘lgan vitamin, mineral va sellyulozalarga ega.

Palovni ertalabdan iste’mol qilishga qarshi asoslar

1. Oshqozon-ichak tizimiga og‘irligi. Palov – ko‘p miqdordagi yog‘ va go‘sht bilan tayyorlangan, ba’zi odamlar uchun hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan taom bo‘lishi mumkin, ayniqsa, ertalab organizm hali to‘liq uyg‘onmagan bo‘lsa. Bu oshqozonda og‘irlik hissi va unumdorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.

2. Ko‘p kaloriyaligi. Ertalabdan juda to‘yimli ovqatlarni iste’mol qilish keragidan ortiq kaloriyaga olib kelishi mumkin, bu esa kam harakat qilganda ortiqcha vazn ortishiga sabab bo‘ladi. Bu, ayniqsa, harakatsiz turmush tarziga ega odamlarga tegishli.

3. To‘yingan yog‘lar miqdori. Agar palov yog‘li go‘sht va ko‘p miqdordagi yog‘ bilan pishirilsa, bu ovqatlanish tartibida to‘yingan yog‘lar miqdorini oshiradi, natijada yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshadi.

Xo‘sh, unda nima qilish kerak?

1. Muvozanat va xilma-xillik. Ovqatlanish tartibingiz muvozanatli va xilma-xil bo‘lishi kerak. Ertalab palovni iste’mol qilishni ovqatlanish tartibingizga kiritishi mumkin, lekin tez-tez emas. Uni baliq, tuxum, sabzavot kabi boshqa, kamroq kaloriya va oson xazm bo‘ladigan ovqatlar bilan almashtirib turish muhimdir.

2. Miqdorni nazorat qilish. Agar siz nonushtaga palov yeyishni yaxshi ko‘rsangiz, shunchaki uning hajmini nazorat qilib, ozroq yog‘ bilan pishirishga odatlaning, yog‘siz go‘shtni tanlang va ko‘proq sabzavotlar qo‘shing.

3. Shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish. Muayyan kasalliklarga chalingan odamlar (masalan, gastrit, pankreatit yoki yurak-qon tomir patologiyalari) ovqatlanish vaqtidan qat’i nazar, o‘z ovqatlanish tartibiga ehtiyotkor bo‘lishi va yog‘li ovqatlardan saqlanishi kerak.