Foliy kislotasi: homiladorlik va unga tayyorgarlik paytida yoki profilaktika uchun qanday ichish kerak?
B9 vitaminining ayollar uchun qanday foydasi bor, u qayerdan olinadi va eng muhimi, homiladorlikda va uni rejalashtirishda foliy kislotani qanday ichish kerak?
Foliy kislotasi yoki vitamin B9 – homilador ayollar va buni rejalashtirayotganlar uchun eng mashhur elementlardan biridir. Ayollar uchun foliy kislotasining foydasi ko‘plab tibbiy tadqiqotlar, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti izlanishlari va onalarning B9 qabulidan keyin homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davr ancha yengillashgani haqidagi izohlari buni tasdiqlaydi. Dunyoning 70 mamlakati mahsulotlarga, masalan, un mahsulotlariga foliy kislotasini qo‘shishni boshlagani bekorga emas.
Xo‘sh, B9 vitaminining qanday foydalari bor, u qayerdan olinadi va eng muhimi, homiladorlik davrida va uni rejalashtirish vaqtida foliy kislotasini qanday ichish kerak?
Foliy kislotasi qayerdan olinadi?
Barcha vitaminlar singari biz uni oziq-ovqatdan olamiz, shuningdek, organizmning o‘zi ham oz miqdorda ishlab chiqariladi.
Foliy kislotasi nima uchun kerak?
Hamma narsa uchun desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Foliy kislotasi – homiladorlik va tug‘ilajak farzandning rivojlanish davridagi asosiy omildir: u teri yangilanish jarayonini ishga tushiradi, homilaning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi, to‘g‘ri qon aylanishini ta’minlaydi va immunitetni mustahkamlaydi.
Foliy kislotasi quyidagilarga ta’sir qiladi:
- Chaqaloqning DNK kodi va ona “ma’lumotlar”ining uzatilishi
- Yog‘ va uglevod almashinuvi
- Aminokislotalar va fermentlar sintezi
- Mushaklarning tiklanishi (kuchli shug‘ullanishdan so‘ng)
- Temir so‘rilishi
- Ayollik gormonlarining almashinuv jarayonlari
Foliy kislotasining foydalari:
- Xotirani yaxshilaydi
- Qarish va klimaks jarayonlarini sekinlashtiradi
- Asab tizimini mustahkamlaydi
- Charchash va asabiylashish belgilarini yengillashtiradi
- Tromblar paydo bo‘lishini oldini oladi
- Anemiyani (temir tanqisligi) davolashga yordam beradi
Homiladorlik yoki unga tayyorlanish paytida foliy kislotasini qanday ichish kerak? Emizuvchi ayollargachi?
Agar siz homiladorlikka tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz va sog‘lom farzand tug‘ilishini istasangiz, foliy kislotasini qabul qilishingiz kerak. Buning uchun esa avval sizda foliy kislotasi yetishmovchiligi bor-yo‘qligini bilish uchun qon tahlilini tekshiring. Nega deysizmi?
Albatta, har qanday xavflarni bartaraf etish uchun. Shuningdek homiladorlikni oldindan rejalashtirish hamda homiladorlikdan uch oy oldin foliy kislotasini qabul qilishni boshlash tavsiya etiladi. Bu kerakli miqdordagi vitaminni to‘plashga, shuningdek, embrionning har qanday – asab naychalaridan miya rivojlanishigacha kuzatildigan nuqsonlardan holi bo‘lishiga yordam beradi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra kattalar uchun foliy kislotasining kunlik me’yori kuniga 0,3-04 mg ni tashkil qiladi. Homilador va emizuvchi ayollar esa o‘rtacha 0,5-0,6 mg foliy kislotasini qa’bul qilishi kerak.
Bu vitaminning “sehrli” ta’sirni mustahkamlash uchun shifokorlar menyuga quyidagi foliy kislotasi bo‘lgan mahsulotlarni kiritishni tavsiya qiladi:
- Ismaloq
- Yeryong‘oq
- Mol jigari
- Karam
- Banan
- Loviya
- Tuna balig‘i
- Urug‘lar
Foliy kislotasining go‘zallikka ta’siri:
Bu kislotaning ayol go‘zalligida muhim element deb bejizga aytishmaydi. U haqiqatan ham teri, soch va nirnoqlarning holatini yaxshilaydi. Shuningdek u giperpigmentatsiya, teri kasalliklari (aknedan dermatitgacha), soch to‘kilishiga qarshi kurash va nozik tirnoqlarni tiklash kabi xususiyatlarga ega.