РУ
O’Z
UZS
/
/
Havo ifloslanishi teriga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Akne va boshqa oqibatlar haqida ma‘lumot beramiz
03.07.2024

Havo ifloslanishi teriga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Akne va boshqa oqibatlar haqida ma‘lumot beramiz

Havo ifloslanishi teriga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Akne va boshqa oqibatlar haqida ma‘lumot beramiz

Havo sifati yomon muhitda yashovchi aholi uchun byuti-qo‘llanma. Terini salbiy omillaridan himoya qilishga yordam beradigan, dermatolog tashrifidagi katta xarajatlarsiz tavsiyalar ro‘yxatini tuzdik. 

Megapolislarda yashovchi odamlar teri muammolari nima ekanini yaxshi biladi, bu ifloslangan havoda yanada kuchayadi. Bir necha kun ichida ketadigan kichik toshmalar bo‘lsa yaxshi. Ammo katta va muammoli aknelar ancha vaqtdan beri ketmaydigan bo‘lsa-chi? Keling, hammasini batafsilroq, muhimi vahima qilmasdan ko‘rib chiqamiz.

Ifloslangan havo teriga qanday ta’sir qiladi? 

Ko‘pincha, havoni ifloslantiruvchi moddalar birgalikda ishlaydi va teriga bir varakayiga  ta’sir ko‘rsatadi. Kichik qattiq zarralar, benzol, oltingugurt oksidlari va boshqa “ifloslantiruvchi moddalar” darhol teri epidermisiga chuqur kiradi. Bundan tashqari, terimiz atrofimizdagi va havoda uchib yuradigan zarralardan ham aziyat chekadi. Bularning barchasi quyidagi oqibatlarga olib keladi. 

Akne

Ushbu kasallik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sebum sekretsiyasining ko‘payishi, yog‘ bezlarining bitib qolishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u ugri va xusnbuzarlarga sabab bo‘ladi. Ekologiyasi yomon va havo ifloslanishi yuqori boʻlgan shaharlarda esa bu yanada kuchayadi. E vitamini darajasi pasayadi, yog‘ bezlarining oksidlanishi sodir bo‘ladi va natijada toshmalar paydo bo‘ladi.

Dermatit 

Agar teringiz quruq (ba’zan dog‘li), qichishib va yoriladigan bo‘lsa, bu atopik dermatitning alomati bo‘lishi mumkin. Bunday teri kasalligi havo sifatining pastligi tufayli yuzaga kelmaydi, aksincha kuchayadi. Bunday vaziyatda o‘z bilganingizcha davolanmang, professional shifokorning maslahati kerak.

Psoriaz 

Psoriazning asosiy belgilari: terining qalinlashishi, yallig‘lanish, issiqlik toshishi va qichishish, ba’zan esa tirnoqlarning tepasi bo‘rtiq bo‘lib qolishi. Olimlar bu surunkali kasallikning mohiyatini hali oxirigacha o‘rganmagan. Bu genetika, og‘ir stress oqibatlari va organizmdagi xatoliklar tufayli bo‘lishi mumkin. Ammo tadqiqotchilar ifloslangan havo psoriazni yanada ko‘proq paydo bo‘lishiga undaydigan asosiy sababdir deydi.

Erta qarish

Bularning barchasi kislorod yetishmovchiligi tufayli paydo bo‘ladi. Yomon ekologiya va toza havoda kam vaqt bo‘lish tufayli kollagen va gialuron kislota sintezi kamayadi, terining himoya xususiyatlari zaiflashadi. Natijada, quruq, xira, kul rang yuz terisi, mayda ajinlar paydo bo‘ladi. Bularning barchasi terining muddatidan oldin qarish belgilaridir. 

Melazma 

Bu terida o‘ziga xos jigarrang dog‘lar paydo bo‘ladigan holatdir. Ko‘pincha melazma qorachadan kelgan odamlarda uchraydi. U yozda, ultrabinafsha nurlanish va havo ifloslanish darajasi yuqori bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun quyoshda qoraymasangiz ham doim SPF +50 kremlaridan foydalanish juda muhim. 

Ifloslangan havodan terini qanday himoya qilish kerak? 

  • Yuzni ertalab va kechqurun oddiy suv bilan emas, kosmetolog tomonidan buyurilgan maxsus mahsulotlar bilan tozalang.
  • Yuz terisini doim namlantiring. Yog‘ kislotalari, seramidlar va boshqa muhim tarkibiy qismlar bo‘lgan namlantiruvchi krem teri to‘sig‘ini mustahkamlash va tiklash, namlik yetishmovchiligini to‘ldirishga yordam beradi.
  • SPF kremlar suring. Quyoshning zararli nurlariga qarshi kremni tashqariga chiqishdan oldin (20-30 daqiqa oldin) surish kerak. Hatto kun bo‘yi ichkarida bo‘lsangiz, yuzingizni yuvmasangiz ham uni har 2-3 soatda yangilab turgan ma’qul.
  • Yuzingizni ko‘p tegmang. Teringizga doim teginib, toshmalaringizni siqmang, bu faqat ularga ko‘proq iflosliklar kirib yanada ko‘payishiga olib keladi.
  • Beysbolka, keng shlyapa yoki ro‘mol – bularning barchasi yozda kam bo‘lsa-da teringiz buzilishini oldini oladi.

Uydagi havoni yaxshilab, terining nafas olishiga qanday yordam berish mumkin? 

  • Tabiiy: organik tozalash vositalari, shamlar va hatto qo‘shimchalarsiz havo diffuzorlarini sotib oling. Ular teriga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo samarali ishlaydi.
  • Havo tozalovchi qurilmi sotib oling. Filtrlash funksiyasiga ega bo‘lganini tanlang. U havodagi kichik zarralarni ham tutishi mumkin.
  • Xonaki o‘simliklarni ko‘paytiring. Fikus kabi uy gullari havodagi karbonat angidridni yutib, evaziga toza kislorod beradi. Bundan tashqari, interyerni ta‘mirsiz yangilamoqchi bo‘lganlar uchun gullar har doim yaxshi variant hisoblanadi.

Tajribali odamlardan maslahat: agar teringiz bilan bog‘liq vaziyat achinarli bo‘lsa, tajribali kosmetolog va dermatologgaa murojaat qilishni kechiktirmang. Esingizda bo‘lsin, har bir holat o‘ziga xos va teri bilan bog‘liq noqulayliklar o‘zidan o‘zi o‘tib ketmaydi. Ifloslangan havo bilan qo‘zg‘atilgan teri kasalligini kuchaytirmasdan vaqtida chora ko‘ring.