РУ
O’Z
UZS
/
/
Imidjingizni buzadigan va sizni odamlardan uzoqlashtiradigan 11 ta etiket xatosi
06.07.2024

Imidjingizni buzadigan va sizni odamlardan uzoqlashtiradigan 11 ta etiket xatosi

Imidjingizni buzadigan va sizni odamlardan uzoqlashtiradigan 11 ta etiket xatosi

Odamlar bilan ijtimoiy muloqot qilishning oltin qoidalarining butun majmuasi mavjud. Ulardan ba’zilari juda zerikarli, eskirgan va hatto kulgili, boshqalari esa juda muhim, chunki bu sizga nisbatan birinchi taassurotni shakllantiradi. Biz odamlarni sizdan uzoqlashtirishi mumkin bo‘lgan 11 muloqot etiketi xatosini jamladik.

Ismlarni eslay olmaysiz (ularni eslab qolishga harakat ham qilmaysiz)

Biror kishiga ism bilan murojaat qilish – ijtimoiy etiketda ahamiyatlidir: bu suhbatdoshga yaqin bo‘lish va qadr-qimmatini his qilishga yordam beradi. Agar siz doimo ismlarni (ayniqsa tanishlaringizni) unutib qo‘ysangiz, unda bu “qizil bayroq’’ va uni oqlash mumkin emas (axir Altsgeymer kasalligidan aziyat chekmaysizku, to‘g‘rimi?). Bu odamlarni begonalashtiradi va faqatgina majburlikdan aloqa qilayotgandek tuyiladi.

Doimo gapni bo‘lasiz

Bunday holat hamma bilan sodir bo‘ladi, ayniqsa juda muhim narsani aytishingiz kerak, suhbatdoshlaringiz oʻrtasidagi suhbat esa bir soat davom etganda. Ammo ba’zida bu yomon odatga aylanadi va sizning imidjingizni buzishi mumkin. Agar siz odobsiz odam sifatida tanilishni xohlamasangiz, suhbatdoshingizni gapini bo‘lmay, navbat bilan gapiring.

“Rahmat” va “iltimos” so‘zlarini ishlatmaysiz

“Rahmat”/“iltimos” kabi oddiy xushmuomalalik – ijtimoiy etiketning asosidir. Ular bolaligimizdan birinchi eslab qolgan so‘zlar ekanii ajablanarli emas. Shu tarzda, boshqalarga hurmat ko‘rsatamiz, ular esa bizga. Shunday qilib ijtimoiy aloqa quriladi. Axir gʻor odami emassizku.

Shaxsiy chegarani buzasiz

Masalan, notanish odamlarga teginasiz yoki ularga juda yaqinlashasiz. Ijtimoiy etiket bo‘yicha yaxshi xulqli odam muloqotda boʻlganda, orasidagi masofa qo‘l uzunligida bo‘lishi kerak. Shunda suhbatdoshga qulayroq boʻladi. Shuni unutmangki, qanchalik mehribon bo‘lishingizga qaramay, har qanday teginishlardan qoʻrqadigan odamlar bor.

Haqiqatni keskin gapirasiz va kerak bo‘lmagan joyga burningizni tiqasiz

Odamlarning so‘zlariga noo‘rin izoh qoldirib, so‘ralmagan joyda o‘z fikringiz va maslahatlar berasiz. Keraksiz joyda ochiqlikni sevish odamlarning sizdan qochishiga olib kelishi mumkin: kim ish haqidagi juda ochiq savollarga yoki oilaviy muammolarini muhokama qilishni xoxlaydi? Bundan tashqari, bu sizning ishingiz emas.

Boricha qabul qilish

Shu o‘rinda yana minnatdorchilik qobiliyati haqida gapiramiz. Agar tugʻilgan kuningizga kelishsa, sizni ziyofatga yoki taqdimotga taklif qilishsa, har bir mehmon yoki tashkilotchiga chaqirgani, yoki tashrif qilgani uchun minnatdorlik bildirishni unutmang. Odamlarning eʼtiborini chetga surib qo‘ymaslik kerak, ayniqsa, jamiyatda “keraksiz”lar qatoriga kirishni xohlamasangiz.

Boshqalarni e’tiborsiz qoldirish

Masalan, siz suhbatdoshingiz zerikib qolganini va suhbatni tugatmoqchi ekanini sezmaysiz (garchi koʻrgan boʻlsangiz ham). Yoki ziyofatdagi vaziyat: vaqt kech bo‘lgan, uy egalari charchagan va hatto ketish vaqti kelganiga ochiqchasiga ishora qilayotganlarini sezmayapsiz. Ammo bunga javobanyoqimli tabassum bilan, yana bir boʻlak shirinlik olib, boshqalarni yangi suhbatga jalb qila boshlasangiz, bu odobsizlikka kiradi.

Faqat o‘zingiz haqingizda gapirasiz

Hammamiz o‘zimiz va muvaffaqiyatlarimiz haqida gapirishni yaxshi ko‘ramiz, lekin bu me‘yordan oshib ketsa, siz egosentrik va odobsiz shaxs sifatida tanilishingiz mumkin. Odamlarga gapirishga imkon bering, kamchilik “men”, “menda bor” va “meniki” degan so‘zlaringizni tinglashni yoqtiradi. Agar ichingizda gap yig‘ilib ketgan bo‘lsa, bu haqida oynadagi aksingiz bilan gaplashishingiz mumkin. U hech xafa boʻlmaydi va hatto o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi.

Yangi tanishuvlardan o‘zingizni olib qochasiz

Bu yerda tanganing boshqa tomoni haqida gap ketmoqda. Agar siz introvert bo‘lsangiz va har qanday yangi tanishuvda o‘zingizni noqulay his qilsangiz, bu aloqalarni uzish va yangi tanishuvlardan qochish uchun sabab bo‘la olmaydi. Agar atrofingizdagilar kayfiyatsiz va ketishni xoxlayotgan yuz ifodangizni payqamaydi deb oʻylasangiz, qattiq yanglishasiz (subtitrli yuz haqida o‘qing). Keyinchalik siz bilan muloqot qilmaslikni afzal koʻrib, “zerikarli” yoki salbiy qahramon deb atashlari mumkin.

Noo‘rin mavzularni ko‘tarasiz

Jamiyatda gapirilmaydigan mavzularining to‘liq ro‘yxati mavjud. Bu daromad, din, siyosat, millat va sogʻliq bilan bogʻliq mavzular. Yoqimli suhbatdosh bo‘ling va tanishayotganda oson va majburiy boʻlmagan mavzular haqida gapiring. Bunda “small talk” suhbatlashish san’ati va uchrashuv konteksti yordam beradi.

Doimo telefonda o’tirasiz

Zamonaviy jamiyatning keng tarqalgan xatolaridan biri. Aloqa paytida smartfonga “o‘tirib qolish” – hurmatsizlik va qiziqmaslikni anglatadi. To‘g‘ri, siz shoshilinch xabar yoki qo‘ng‘iroqqa javob berishingiz mumkin, lekin bundan oldin suhbatdoshingizdan uzr so‘raganingiz chiroyli odob egasi ekanligingizni ko‘rsatadi. Video tomosha qilish yoki layk bosishga shoshilmang, uni uchrashuvdan keyin ham qilishingiz mumkin.