Instagramdan videolarni qanday yuklab olish mumkin? Bir necha oddiy usullar
Albatta, ko‘plab Instagram foydalanuvchilari o‘z tasmalarini ko‘rishda ba’zi videolarni saqlashni xohlaydi. Afsuski, Instagram rasmiy ravishda ushbu imkoniyatni taqdim etmaydi — siz faqat o‘zingizning videolaringizni yuklab olishingiz mumkin. Instagram videolarini smartfoningizga yuklashning bir necha oson usullari mavjud.
Ekrandan yozib olish
Bu eng oson yo‘l: ekrandan yozishni yoqing va Reels yoki saqlamoqchi bo‘lgan storisni ishga tushiring. Ekrandan yozishni yoqqandan so‘ng birinchi va oxirgi ikki soniyani galereyada muharrirlash funksiyasida kesish mumkin. Shunda yozishni faollashtirish va yakunlash jarayoni videoda ko‘rinmaydi. Ammo bu noqulaylikdan tashqari yana bir narsa bor — yozib olish sifati past bo’lishi mumkin.
Boshqa servislar
Instagramdan videolarni olib beradigan saytlar mavjud. Ularning ishlash prinsipi quyidagicha:
- Instagramda kerakli videodan “Yuborish” (qog‘oz samolyot) belgisini bosing
- Paydo bo‘lgan oynaning pastki chap burchagida ”havolani nusxalash”ni tanlang.
- Quyida sanab o'tilgan saytlardan birini oching va ko‘chirilgan havolani joylashtiring
- Videoni yuklab oling
Ushbu xizmatlardan foydalanganda ehtiyot bo‘ling. Birinchidan, ular shubhali reklama bilan to‘la, bosganda boshqa saytlarga olib boradi; Ikkinchidan, bunday manbalarda zararli havolalar bo'lishi mumkin. Biz albatta shunday bo‘ladi deb, deb da'vo qilmaymiz, ammo buni to'liq istisno qilib bo’lmaydi.
Instagram’dan videolarni yuklab olish imkonini beruvchi saytlarga misollar:
1. Instavideosave.net
2. Savefrom.net
3. Sssinstagram.com
4. Saveinsta.app
5. Iqsaved.com
Faqat ikkita harf: dd
Qiziqarli layfxak bor, buning uchun sizga Telegram kerak bo'ladi. Birinchidan, avvalgi usulda bo'lgani kabi qilamiz: videoni ochamiz, havolani nusxalaymiz. Keyin videoni darhol “Telegram”dagi istalgan chatimizga tashlaymiz, bu shaxsiy bo‘lishi ham mumkin. Chatga havolani joylashtiramiz, havola matniga Instagram’dan oldin ikkita "d" harfini qo'shamiz. Shunday ko‘rinishda bo‘lishi kerak: https://www.ddinstagram.com/...
Natijada olingan havolani “Telegram” chatiga yuboring. Video messenjerga yuklab olinadi va ochilganda uni bevosita qurilmangizga saqlashingiz mumkin. Usul hamma uchun yaxshi, lekin bitta kamchiligi bor: faaqat Reelslarnii saqlash mumkin, ammo storislar uchun ish bermaydi.