iPhone 16 qanday bo'ladi? Yangi kamera tugmasi va kattaroq ekran
Yangi iPhone’larning yillik taqdimoti taxminan sentyabr oyining o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi. Odatdagidek, modellar qat'iy maxfiylikda ishlab chiqiladi, ammo ma’lumotlarning sizib chiqishi holatlari kuzatiladi. Hozirda, taqdimotdan ikki oy oldin, iPhone 16 liniyasi qanday yangilanishlarga ega bo‘lishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Yangi tugma
Bu iPhone 16 liniyasidagi eng muhim yangilik bo'lib, Apple suratga olish uchun Capture deb nomlangan yangi tugmani qo‘shadi. U yoqish tugmasidan pastda o‘ng tomonda joylashtiriladi. Asosiy rasm olish yoki video yozish funksiyasidan tashqari klavish boshqa qiziqarli xususiyatlarga ega bo‘ladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tugmaning sensorli yuzasi mavjud. U bo‘ylab barmoqni yuqoriga yoki pastga harakatlantirib, tasvirni kattalashtirish va uzoqlashtirish mumkin.
Shuningdek, tugma bosish kuchini taniy oladi - tugmani biroz bossangiz, fokus ishlaydi, tugmani yanada kuchliroq bossangiz, ‘‘zatvor” ishlaydi va rasm yaratiladi.
Ammo buning minusi ham kelib chiqadi, ya’ni avvalgi avlod g‘iloflari albatta mos kelmaydi va yana yangisini sotib olishga to‘g‘ri keladi.
Kattalashtirilgan ekranlar
Birinchi marta kompaniya iPhone 12 bilan displeylarni oshirishga qaror qildi. iPhone 16 va 16 Pro modellari avvalgi versiyalarda 6,1 o‘rniga taxminan 6,27 dyuymli, 16 Plus va 16 Pro Max modellari esa o‘tgan yilgi versiyalardagi 6,7 dyuymga nisbatan 6,86 dyuymli ekran oladi. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, kengaytirilgan ekranlar faqat Pro-modellarida bo‘ladi, 16 va 16 Plus esa avvalgi diagonallari bilan qoladi.
Yangi displey texnologiyasi
Mish-mishlarga ko‘ra, Apple iPhone 16 liniyasida Micro-Lens texnologiyasini amalga oshirmoqda. Milliardlab mikroskopik linzalar yordamida yorug‘likning porlashini va ichki yorug‘likni kamaytirish mumkin. Shu tariqa, energiya sarfini ortiqcha ketqazmasdan displey yorqinligini yaxshilash mumkin bo‘ladi. Shunday kelib chiqib, iPhone 16 boshqa yangiliklar bilan birga uzoqroq quvvat olishi kerak.
Batareya quvvati va quvvatlash tezligi yaxshilanadi
Ko‘rinishidan, iPhone 16 o‘zidan avvalgilarga nisbatan biroz kattaroq bo‘ladi va detallarning ichki dizayni qayta ko‘rib chiqiladi. Bularning bari birgalikda kattaroq sig‘imli akkumulyatorlarni joylashtirish imkonini beradi. O‘rtacha, o‘sish ma’lum bir modelga qarab taxminan 5% bo‘ladi. Shuningdek, akkumulyatorni almashtirish batareya uchun metall korpusdan foydalanish orqali osonroq bo‘lishi haqida ma’lumotlar mavjud.
Android smartfonlariga nisbatan iPhone juda uzoq vaqt quvvat oladi. Apple vaziyatni yaxshilashni rejalashtirmoqda: MagSafe simsiz "tabletkasi" orqali zaryadlash tezligi 20 Vtgacha va kabel orqali 40 Vtgacha oshadi.
Yangilangan kameralar
Tahlilchilar ma’lumotlariga ko‘ra, Apple Sony kompaniyasidan asosiy kamera uchun yangi fotosensorlarni buyurtma qilgan. Ultra keng sensor ham sezilarli yaxshilanishga ega bo‘ladi - iPhone 15 Pro’da 12 MP dan 48 MP gacha. Nihoyat, 16 Pro modelidagi telefoto sensor iPhone 15 Pro Max bilan bir xil bo‘lib, optik jihatdan besh baravar kattalashtiriladi.
Kameradagi boshqa yangiliklar linzadagi yangi antiblink texnologiyasini o‘z ichiga oladi, u orqali telefon oynasi tirnalishlarga chidamliroq bo‘ladi.
Yanada kuchli temir
A18 chipi neyron tarmoqlar bilan ishlash uchun takomillashtirilgan Neural Enginega ega bo‘ladi. Bu Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyalari va mashinaviy o‘rganish bilan bog‘liq vazifalarni yanada ravon va tez ishlashini ta’minlaydi.
Asosiy versiyalarda (iPhone 16 va 16 Plus) operativ xotira hajmi 6 dan 8 GB gacha oshadi. Avvalgi avlodlardan farqli o‘laroq, Apple o‘tgan yilgi iPhone 15 Pro yechimidan farqli o‘laroq, oddiy iPhone 16 ni A18 chipi bilan jihozlashi mumkin. Ammo bu marketing hiylasi bo‘lishi mumkin, ya’ni oldingi avlod chiplaridan endi foydalanmaymiz singari. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 16 Pro yanada kuchli chip bilan jihozlanadi va u A18 Pro deb nomlanadi. Ya’ni, Pro va oddiy seriya o‘rtasidagi ishlash unumdorligi farqi, aftidan, saqlanib qoladi.
Ko‘proq xotira
Mish-mishlarga ko‘ra, o‘rnatilgan xotiraning maksimal hajmi ikki baravar - 1 TB dan 2 TB gacha oshadi. Hatto Pro‘lineykaning minimal hajmi ham nihoyat kattalashadi - 128 GB o‘rniga 256 GB. Ammo, bu faqat Pro-modellariga ta’sir qilishi va oddiy iPhone 16 bazasida 128 GB qolishi kutilmoqda.
Yangi ranglar
Insayderlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Pro‘qator ko‘k rangdan mahrum bo‘ladi - uning o‘rniga pushti bo‘ladi. Qolgan ranglar: qora, oq, tabiiy titan (kulrang) qoladi. iPhone 16 va 16 Plus versiyalarida ham bitta rang o‘zgaradi: sariq oq rangga almashtiriladi. Shuningdek, gammada qora, yashil, pushti va havo rang bo‘ladi.
***
iPhone 16 taqdimoti sentabr oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.