РУ
O’Z
UZS
/
/
iPhone seriya raqamining rasshifrovkasi: M, N, P, F - smartfonni harflar bo‘yicha qanday aniqlash mumkin
06.08.2024

iPhone seriya raqamining rasshifrovkasi: M, N, P, F - smartfonni harflar bo‘yicha qanday aniqlash mumkin

iPhone seriya raqamining rasshifrovkasi: M, N, P, F - smartfonni harflar bo‘yicha qanday aniqlash mumkin

Agar siz yangi iPhone sotib olgan bo‘lsangiz va qurilmangizning “tabiatini” tushunishni istasangiz, uni satrlar orasida, aniqrog‘i harflar bo‘yicha o‘qishni taklif qilamiz. Bu juda murakkab tuyulsa-da, amalda ancha oson.

Yangi iPhone tanlayotganda, har bir foydalanuvchida o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi — oldidagi smartfon aslimi yoki qayta tiklangan nusxami. Buni aniq bilish uchun iPhone seriya raqamini rasshifrovka qilishni o‘rganish kerak. Buni hatto kafolat muddati amalda bo'lganidan keyin ham qilishingiz mumkin va siz qurilmani do'konda almashtirishingiz mumkin.

iPhone seriya raqamini qanday rasshifrovka qilish mumkin?

  1. Menyuga kirib, “Sozlamalar”ni ochamiz.
  2. Endi “Asosiy”, keyin “Ushbu qurilma haqida”ni tanlaymiz va “Model raqami”ni qidiramiz (biz izlayotgan harf ham shu yerda bo‘ladi.
  • M - rasmiy distribyuterdan yoki Apple do‘konidan sotib olingan “nol” yoki yangi smartfon.
  • F - (operator yoki Apple tomonidan) tiklangan smartfon. Qo‘rqmang, gadjet bilan hammasi joyida va u yangisiga mos keladi.
  • P - smartfonda shaxsiy o‘yma mavjud. Bu xaridor kafolat maqsadida ataylab telefonga “teg” qo‘yganida sodir bo‘ladi.
  • N - qarshingizda to‘g‘rilab bo‘lmas iPhone. Qurilma yangi va ta’mirlanmagan. Yagona farq shundaki, uning markali qutisi yo‘q, seriya raqami esa avvalgi egasi tomonidan kafolat ostida qaytarilgan qurilmaga tegishli. Kafolat muddati ham unga biriktirilgan. Odatda, bunday holatda, iPhone narxi kamayadi, bu siz uchun foydalidir.

Oxirgi harflarga ham e’tibor bering: LL/A - bu qurilma chiqarilgan mamlakat haqidagi ma’lumot. /A harfi telefonni Apple rasmiy do‘konlarida sotish mumkinligini bildiradi.

Almashtirilgan iPhone’ni do‘kondan rasmiy sotib olinganidan qanday ajratish mumkin?

Avvalambor, almashtirilgan iPhone – bu kamchilik emas, balki original qurilma. Uning originaldan farqi shundaki, u aksessuarlar to‘plamiga ega bo‘lmaydi va ularni alohida sotib olish kerak bo‘ladi. Zavoddan chiqqan plyonkasi, sertifikatsiyalagan kodi va rasmiy tarkibi – hammasi mavjud.

AQSH va Yevropadan ‘‘almashtirilgan” iPhone’lar mavjud (ammo ular kamdan-kam hollarda MDHga yetib keladi). Bunday iPhone’ning kafolat muddati individual bo‘lib, birinchi qurilmani servis markaziga topshirilgan vaqt davomida kamayadi. Bu almashtirilgan iPhone’larning minusidir. Shuningdek, bunday smartfon asl qurilmadan boshqacha seriya raqamiga (va IMEI’ga) ega bo‘lishini hisobga olish kerak.

Apple’ning seriya raqamlari bazasida almashgan iPhone yangi bo‘lmasa-da, hali ham rasmiy sifatida qayd etiladi.

iPhone’ning seriya raqamini qanday tushunish mumkin?

  • iPhone sozlamalaridagi kodga qaraymiz (u 12 ta raqamdan iborat).
  • Birinchi uchta belgi sizning telefoningiz ishlab chiqarilgan zavod bo‘linmasiga tegishlidir.
  • To]rtinchi va beshinchi belgilar iPhone’ning qachon chiqarilganini ko‘rsatadi: yilning yarmi va chiqarilgan hafta.
  • 6 dan 8 gacha bo‘lgan belgilar har bir Apple qurilmasiga beriladigan unikal raqamlardir.
  • Oxiridan to‘rtinchi belgi iPhone modelining ma’lumotidir. U korpus rangi, avlod va hatto xotira hajmini o‘z ichiga oladi.