/
/
Jeyms Kemeron yangi Terminator ustida ishlamoqda
13.08.2024

Jeyms Kemeron yangi Terminator ustida ishlamoqda

Rejissyor 1984-yilda chiqarilgan “Terminator”ning asl filmi va uning davomi “Qiyomat kuni” (1991) filmini boshqargan. U, shuningdek, 2019-yilgi “Qorongʻu taqdir” filmining ishlab chiqarilishida ham ishtirok etgan.

Jeyms Kemeron yangi Terminator ustida ishlamoqda

Rejissyor Jeyms Kemeron “Terminator” olamidan yangi loyiha ustida ishlayotganini maʼlum qildi.

“Hozirda Terminator haqidagi yangi film ustida ishlayapman. Bu katta sir. Siz bu haqda xabar bersangiz, ortingizdan robot-agentni joʻnatishni xohlamayman”, — deb hazillashdi rejissyor The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida.

Avgust oyi oxirida Netflixʼda “Terminator Zero” nomli yangi animatsion serial chiqadi. Kemeronning taʼkidlashicha, shou »qiziqarli koʻrinadi" va tomosha qilishga arziydi.

Rejissyor 1984-yilda chiqarilgan “Terminator”ning asl filmi va uning davomi “Qiyomat kuni” (1991) filmini boshqargan. U, shuningdek, 2019-yilgi “Qorongʻu taqdir” filmining ishlab chiqarilishida ham ishtirok etgan.

Kemeron hozirda “Avatar” filmining davomi ustida ishlamoqda. “Olov va kul” nomli uchinchi qism 2025-yil oxirigacha chiqariladi.