Kelajagimizni bashorat qilgan o‘tmishdagi 15 ta g‘aroyib surat
Fantast yozuvchi Rey Bredberi kitoblarida yangi texnologiyalar: virtual reallik, dronlar va hatto quloqchinlar paydo bo‘lishi tasvirlangan. Unga kelajagimizni bashorat qilgan rassomlar ham qo‘shildi: buni BoredPanda nashri tomonidan jamlangan rasmlardan tushunish mumkin. Biz shunday rasmlardan 15 ta eng zo‘rini tanladik va o‘tmishda kelajakni qanday ko‘rishganini namoyish etishga tayyormiz
15 ta rasmda aks ettirilgan kelajak bashorati:
Video telefon
Bu o‘ttizinchi yillarda nomaʼlum rassomning qoʻl bilan chizgan ijodi boʻlib, u kelajakda telefonlarni shunday tasavvur qilgan. Eng qizig‘i shox shaklidagi mikrofondir, quloqchin ko‘rinishi esa hayratlantirmay qo‘ygan.
Navigator
Bu ajoyibot – navigatsion tizim esa 50-yillarda bashorat qilingan. Suratdagi navigatorning dizayni 10 ballga loyiq, haqiqiy retrofuturizm. Ammo ilgari “Alisa” kabi ovozli boshqaruvni yaratish hech kimni hayoliga kelmagani aniq.
Oziq-ovqat yetkazib berish xizmati va fudtraklar
40-yillarning boshida odamlar uyga gazeta va sutdan tashqari bunday narsalarni yetkazib berishni faqat xayol surishi mumkin edi. Bu esa ko‘chada turgan va 24/7 yangi ovqat tayyorlab, keyin uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri eshigingiz oldiga olib keladigan ovqat tashuvchi furgon.
Telegazeta
Bosma gazeta va jurnallar mashhurligi pasayib borayotgan paytda, internet bo‘lmagan holda, lekin gazetaning sahifalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri televizorda varaqlash mumkin bo‘lgan kelajak bashoratini ko‘rish juda qiziqarli. Yaxshi startap g‘oyasi bo‘lishi mumkin.
Haydochisiz avtomobil
Bu 60-yillardagi kelajak bashorati. Maqsad sari sekin-asta harakatlanmoqdamiz: Xitoyda allaqachon jamoat yo'llarida pilotsiz uchish apparatlarini sinovdan o'tkazishni boshlashdi. Bunga quyidagilar kompaniyalar rozi bo'ldi: Changan Automobile, BYD, GAC, SAIC, Nio, BAIC Magna, FAW.
Virtual reallik shlemi
Biz munosib bo‘lgan VR (virtual reallik). Aniqrog‘i, 1989-yilda bashorat qilingan VR. Biroq endi simlarsiz.
Onlayn xarid
40-yillardagi g'oya ijrosi biroz farq qiladi. Bu ko‘proq bozorlar va onlayn xaridlardan ko‘ra, "divandagi do‘kon" haqida. Lekin kim biladi, balki bu ham bo‘lar.
Kelajak avialayneri
O‘tmishda samolyotni shunday tasavvur qilishgan, ammo u bizga kelajak kosmik mehmonxonasini yaratish g‘oyasini berdi. E’tibor qiling, bu yerda hamma narsa “all inclusive”: basseyn, terassa, raqamlangan xonalar va boshqa afzalliklar mavjud.
“Cho‘ntak” telefonlar
Ilgari simli telefonlar kichrayib, qoʻlga sig‘ishiga ishonishgan. Bu bashorat uzoq kuttirmadi, endilikda har kimning qoʻlida smartfon bor.
Robot tarbiyachilar
Yaponiyadan noyob tasvir. Avvalo, hamma narsa tushunarliday ko‘rinadi — kelajak maktabida dars o‘tilayotgani aks etgan, har bir o‘quvchining kompyuter stoli bor va ustoz video aloqa orqali ta’lim bermoqda. Ammo robotlar nima uchun ikkichi o‘quvchilarni urayotgani noma’lum.
Kosmik shaharlar
Kelajakda NASA mutaxassislari kosmosni shunday tasavvur qilgan (aytgancha, u Bredberi kitoblarining muqovasiga o‘xshaydi). “Elyuzium” va “Plezantvil” filmlarining sahna dekorasiyalariga o‘xshaydi.
Kelajak modasi
“Life” tahririyatining bu bashorati 1914-yilda jurnal muqovasida paydo bo‘lgan. “Yalang‘och” liboslar tendensiyasi bugungi kunda dunyo bo‘ylab podium va qizil gilamlarni zabt etayotganini inobatga o‘ylasak, bu bashoratga qoyil qolmay iloji yo‘q.
“Ko‘p-dachali” kompleks
Bunday binolar turar-joy komplek kvartiralari monopoliyasi tufayli yozgi kottejlar uchun joy qolmasa degan gumonda oldindan bashorat qilingan. Shubhali, ammo mayli, yashab turaylikchi, ko‘ramiz.
Avtomobilda sayohat
Rassom Bryus Makkoll oilasi bilan ta’tilni shunday tasvirlagan. Ma’lum bo‘lishicha, mukammal yo‘l sayohatining siri to‘g‘ri “zonalashtirish”da – shunda har bir kishi o‘z xohlagan ishi va sevimli mashg‘ulotlarini bajarishi, shuningdek, hadeb musiqani almashtirishni so‘ramasligi mumkin.
Olimpiya o‘yinlari
2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari shunday bashorat qilingan. Bashorat bo‘yicha o‘yinlar kosmosda va tegishli musobaqa hamda marosimlar bilan o‘tkazilishi ko‘rsatilgan. Misol uchun, qo‘lda Olimpiya mash’alini ushlagan holda Oyda uzoqlikka sakrash musobaqalari ham kirgan.