РУ
O’Z
UZS
/
/
Ko‘rinmas mehmon: smartfonda maxfiy rejimni qanday yoqish mumkin?
11.07.2024

Ko‘rinmas mehmon: smartfonda maxfiy rejimni qanday yoqish mumkin?

Ko‘rinmas mehmon: smartfonda maxfiy rejimni qanday yoqish mumkin?

Inkognito rejimi maxfiylikni saqlash va tarmoqda "ko‘rinmas" bo‘lish uchun zarur. U orqali o‘z xatti-harakatlaringiz tarixini, shuningdek, qaysi saytlardan foydalanganingizni yashira olasiz. Shu tariqa shaxsiy ma’lumotlaringizni va o‘zingizni firibgarlardan himoya qilasiz, barcha parollarni nazoratingizga olasiz.

 

Inkognito rejimi qanday ishlaydi?

Hammasi juda oddiy. Brauzeringizning yangi oynasini “inkognito” rejimida ochasiz va bu o‘sha ekaniga ishonch hosil qilishingiz kifoya. Buni ekran rangi o‘zgargani yoki burchakda shlyapa va ko‘zoynakli “josus” belgisi paydo bo‘lganidan tushunsa bo‘ladi. Foydalanish davomida yashirin rejimda brauzer tarixi saqlanmaydi, reklama chiqmaydi va shaxsiy akkauntga kirish imkoniyati "yo‘qolib ketadi”. Lekin shu bilan birga, odatdagi rejimda ochilgan boshqa barcha oynalar o‘z joyida qoladi va yo‘q bo‘lib ketmaydi. Bu juda qulay!

Qolgan hamma narsa avvalgidek: ma’lumot qidirish, ijtimoiy tarmoqlarga kirish, saytlarga o‘tish, o‘yin o‘ynash yoki ishlash mumkin.

Telefonda maxfiy rejimni qanday yoqish mumkin?

Google Chrome mobil versiyasida

  • Brauzerni ochib, ekranning pastki yoki yuqori burchagidagi uchta nuqtasi (menyusi) bo‘lgan belgini bosamiz.
  • Ochilgan oynada “Yangi inkognito sahifasi” bandini tanlaymiz. Shundan so‘ng ekranda “josus” belgisi paydo bo‘ladi va dizaynning o‘zi shunday ko‘rinadi.

Safari mobil versiyasida

  • Safari brauzerida “Sahifalar” tugmasini bosamiz, keyin sahifalar soni ko‘rsatilgan tugmani topamiz.
  • “Xususiy kirish” bandini tanlaymiz va “Tayyor” tugmasini bosamiz.

“Yandeks-brauzer” mobil versiyasida

  • Brauzer menyusiga o‘tamiz va o‘ng tomondagi pastki burchakdagi uchta nuqtani bosamiz.
  • “Inkognito sahifasi” bandini tanlaymiz

Microsoft Edge mobil versiyasida

  • Ekranning pastki qismidagi sahifalar soni ko‘rsatilgan belgini bosamiz.
  • Endi yuqoridan o‘rta variantni — “InPrivate”ni tanlaymiz.

Opera mobil versiyasida

  • Ekranning pastki qismidagi “Barcha sahifalar”ni bosamiz
  • O‘ngdan eng yuqori variantni tanlaymiz: “Shaxsiy” deb nomlanadi

Hammasi tayyor. Qanday qilib inkognito rejimini o‘chirish mumkin?

Bu yerda hamma narsa siz foydalangan brauzerga bog‘liq. Ko‘pincha sahifani yopganingizda u o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi. Yodingizda bo‘lsin, inkognito rejimida bo‘lgan hamma narsa inkognito rejimida qoladi.

Rezyume yoki inkognito rejimi qachon kerak?

  1. Birovning brauzeridan foydalanganingizda. Shu tariqa telefon foydalanuvchisi internetdagi so‘rovlaringiz tarixini ko‘rmaydi va shaxsiy akkauntingizga kirmaydi (agar siz undan chiqishni unutgan bo‘lsangiz).
  2. Bir nechta akkaunt ochishingiz kerak bo‘lganda. Pochta, ijtimoiy tarmoqlar, ilovalar — har biri yangi hisobga olish uchun.
  3. Har bir sahifada chiqadigan reklamalarni ko‘rishni xohlamaganingizda. 
  4. Tejashni va cheklovlarni chetlab o‘tishni xohlaganingizda. Pulli saytlar odatda faqat ikkita matnni taklif qiladi, shundan keyin bepul o‘qish imkoniyatini yopadi. Ammo yashirin rejimda siz hammasini boshqatdan boshlashingiz mumkin.