Koronavirusning yangi XES varianti: nimasi bilan xavfli, u qanchalik yomon va yuqumli – ekspertlar fikri
XEC koronavirusi nima? Covid-19 dastlabki pandemiyasi boshlanganiga 4 yil bo‘lmay turib, u biz bilan qolishiga va O‘RVI hamda epidemiyalar mavsumida o‘zini eslatishi to‘g‘risidagi fikrga ko‘nikkan bir vaqtda navbatdagi boshqa kasallikdan xabar topdik. Bunga sababchi – yangi XEC kasalligi bo‘ldi. Uning nafaqat qanday ofatligi, qanchalik xavfliligi, balki hayajonga soluvchi boshqa narsalar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislarning javoblarini ham jamladik.
XEC koronavirusi o‘zi nima?
XEC — koronavirus dunyosida yangilik hisoblanadi. U to‘liq anglab yetilmagan, aniqlanmagan va hattoki o‘ziga xosdir. Butun dunyo olimlari va sog‘liqni saqlash xizmati mana shunday fikrga keldi.
Koronavirus yangi belgisining o‘ziga xosligi nimada? XEC rekombinant hisoblanadi. Bu tojning yangi turi ikki yoki undan ortiq turdagi viruslar va ularning genetik materiallarining “sevgi mevasi” ekanligini anglatadi. Shunday ekan, demak agar bu yangi xususiyatlar, jumladan, uzatish usullari va emlashga nisbatan javoblarning o‘zgarishiga olib kelsa, hayron bo‘lmang.
XEC variantining belgilari qanday bo‘ladi?
XECning belgilari va paydo bo‘lishi to‘liq o‘rganilmagan, ammo dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularga isitma, yo‘тal, nafas olishning qiyinlashuvi, ta’m va hid bilish sezgisining yo‘qolishi kiradi. Koronavirusning yangi varianti doimo shay turadi, shu sababli ertaga u o‘ziga yana uchta belgini o‘ylab topishi ham hech gap emas.
Hozircha uning ayrim xususiyatlarini qayd etish mumkin, agar tomoqda og‘riq bo‘lsa, u holda ular yana ovozning bo‘g‘ilishi bilan bog‘liq bo‘ladi, - deb qo‘shimcha qiladi shifokor va RF Soqliqni saqlash vazirligi qoshidagi RUKTTA kafedra mudiri Yelena Malinnikova.
Boshqa variantlar bilan solishtirish: XEC o‘zining o‘tmishdoshlaridan nimasi bilan farq qiladi?
Koronavirusning Delta yoki Omikron kabi boshqa variantlari bilan taqqoslaganda, XEC yuqish usullari, emlashlarga chidamliligi va kasallikning og‘ir kechishi bilan farqlanishi mumkin. Ammo bu hozircha faqat nazariy tomondan, tafovutlar qo‘shimcha o‘rganishlar, kuzatuvlar va shunchaki vaqt talab qiladi.
Xavf guruhida kimlar kiradi?
Bunda hammasi boshqa koronaviruslar holatidagi kabi klassik usulda, ma’lum bir guruhdagi insonlar kasallikning og‘ir kechish xavfi hududiga tushishi mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:
- Keksa, ayniqsa 60 yoshdan oshgan insonlar.
- Yurak-qon-tomir, diabet va respirator kabi surunkali kasalliklari bo‘lgan kishilar.
- Immuniteti zaif kishilar va hatto homilador ayollar.
Vaksinalarchi? Emlash olish kerakmi?
Vaksinatsiyalash koronavirus va uning variatsiyalari, jumladan XECga qarshi kurashda eng samarali vositalardan biri bo‘lib qoladi. Emlash kasallikning og‘ir kechishi va o‘lim xavfi ehtimolini kamaytiradi, shuningdek virusning tarqalishini sekinlashtirishga yordam beradi.
Mavjud vaksinalar koronavirusning mazkur yangi variantidan 100 foiz himoya qila oladimi yoki yo‘qmi - bu hozircha noma’lum. Ammo dastlabki ma’lumotlar emlash kasallikning og‘ir kechishi xavfini aniq kamaytirishini, ammo uning himoya darajasi esa har xil bo‘lishini ko‘rsatmoqda.
Va bu yerda viruslarning mutatsiyaga uchrashi emlashdan keyin immunitet tizimining ularga qanday javob berishiga nisbatan ta’sirini bilish muhimdir. Shu sababli olimlar muntazam ravishda vaksinalarni takomillashtirish va buster dozalarini ishlab chiqish ustida ishlamoqdalar.
Emlashlar bo‘yicha tavsiyalarga keladigan bo‘lsak, sog‘liqni saqlash organlari tomonidan o‘zgarishlarni kuzatib borish va shifokorlar bilan revaksinatsiyalash yoki vaksinaning qo‘shimcha dozalarini olish zarurligi haqida maslahatlashish muhimdir.
Emlashlardan tashqari, XEC varianti bilan kasallanish xavfini kamaytirishga yordam berishi va uning tarqalishining oldini olishi mumkin bo‘lgan bоshqa chora-tadbirlar ham mavjud.
Koronavirusning yangi varianti: profilaktikasi
Yuqish xavfini kamaytirishning eng samarali usullaridan biri shaxsiy gigiyenaga va istimoiy masofani saqlashga rioya qilishdir. Shunday ekan, qo‘llarimizni bakteriyaga qarshi sovunda (issiq suvda va kamida bir daqiqa) yuvamiz, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan uzoqroq yuramiz, dorixonada sizdan oldin turgan odamning gardaniga qarab nafas olmaymiz. Ishoning bu bilan navbat kamayib qolmaydi.
Yana qangay ehtiyotkorlik choraliga rioya qilish lozim?
- Antiseptiklardan foydalanish.
- Zaruratsiz ko‘zlar, burun va og‘zingizga tegmang.
- Doimo niqob olib yurish.
Qanday qilib immunitetni oshirish mumkin?
- To‘yimli ovqatlaning. Ko‘proq oqsillar, foydali yog‘lar va sekin parchalanadigan uglevodlarni iste’mol qiling. Shakardan kamroq foydalaning.
- Sportning qandaydir bir turi bilan shug‘ullaning. Sport zallari bo‘lmasa ham, ertalablari yoki kechqurunlari hech bo‘lmaganda badantarbiya qilib turing. Sayr ham bo‘ladi. Darvoqe, 10 ming qadam tashlash shart emas.
- Kamroq stress va ko‘proq uyqu. Bu mustahkam sog‘liqning hal qiluvchi ko‘rsatkichlaridan biridir.
Yana nima qilish kerak? Koronavirusning yangi pandemiyasi bizga tahdid solayaptimi?
Shifokorlarning koronavirus biz bilan bir umrga qolmasa ham, uzoq muddat bo‘lishiga ishonchlari komil. U muntazam ravishda tarqaladi va OAV sarlavhalarida go‘yoki O‘RVI yoki gripp ko‘rinishida paydo bo‘ladi, o‘ta xavfli shakldan mavsumiy kasalliklar toifasida o‘tadi.
To‘lqinlar yuzaga keladi, inson kasal bo‘ladi, biz, aholining ko‘pchiligi, jumladan, bolalar ham 3-4 yilda bir marta va ikkinchi... marotaba grippga duchor bo‘lganimiz kabi bu holatda ham birinchi to‘lqinga to‘qnash kelamiz. Oqibatda nima yuz beradi: bizda xotira hujayralari shakllanadi. Va har safar infeksiyaga duch kelganda, ular immunitetni keltirib chiqaradi, - deydi rossiyalik yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Yevgeniy Titov.
Shuningdek, olimlarning taxminlariga ko‘ra, bizga hali karantin, yakkalanish va niqob rejimi tahdid solmayapti, demak nafas olishimiz mumkin. Ammo agar siz allaqachon respirator kasalliklarining birinchi belgilariga to‘qnash kelgan bo‘lsangiz, unda hamkasblaringiz va boshqa ijtimoiy muhitga xavf tug‘dirmaslik maqsadida o‘zingizcha davolamang va kasallikni oyoqda o‘tkazmang – otgul, kasallik varaqasi oling va uyda qoling.
O‘zingizni asrang va salomat bo‘ling!