РУ
O’Z
UZS
/
/
Ko‘z uchun mashqlar: har kuni 10 daqiqa davomida bajarsangiz, ko‘zoynakdan qutulasiz!
06.07.2024

Ko‘z uchun mashqlar: har kuni 10 daqiqa davomida bajarsangiz, ko‘zoynakdan qutulasiz!

Ko‘z uchun mashqlar: har kuni 10 daqiqa davomida bajarsangiz, ko‘zoynakdan qutulasiz!

Atigi 10 daqiqa vaqtingizni oladigan oddiy va tushunarli mashqlar to‘plamini e’tiboringizga taqdim etamiz. 

Ko‘zlar – nafaqat ko‘ngil ko‘zgusi, balki tanamizning asosiy “azob chekuvchisi“ hamdir. Kompyuter va smartfonda da ko‘p ishlash, xira yorug‘likda o‘qish, mashina haydash paytida zo‘riqish — bularning bari ko‘zlarni 24/7 ishlashga majbur qiladi. 

Shuning uchun qariganda (ba’zan undan oldin ham) turli xil ko‘z kasalliklariga duch kelamiz va hatto, kechagina tibbiy kartada oftalmolog tomonidan “1” deb ko‘rsatgan odamlarni ham ko‘rish qobiliyati “zaiflashib” qoladi. 

Ko‘zlar uchun mashqlar: 

Yuqoriga va pastga  

Boshimizni aylantirmagan holda, faqat ko‘zlarimizni harakatlantiramiz. Birinchi – tepaga, keyin esa yerga qarang. Shu tarzda 10 marta takrorlang.

O‘ngga va chapga  

Endi o‘ngga, keyin chapga qarang. Yana o‘ng devorga, keyin esa teskari tomonga. Xuddi shunday 10 marta takrorlang.

Burchaklar

Yuqori o‘ng burchakka, so‘ngra yuqori chap tomondagi burchakka qarang (5 marta). Xuddi shu holda, pastki burchaklar bilan amalga oshiring (buni ham 5 marta). Oxirida, huddi kvadrat chizayotgandek, barcha burchaklarni birlashtiramiz.

Bo‘yin va ko‘zlar 

Bo‘yin uchun mashqlarni ko‘z mashqlari bilan birlashtiramiz (bu qon ta’minoti uchun muhimdir). Buning uchun pastga egilib, iyagingizni ko‘krakkacha cho‘zing (ko‘zlarni yopmagan holda), keyin asta-sekin boshingizni va nigohingizni koʻtaring. Mashqni 10 marta takrorlang. 

Boshingizni asl holatiga qaytarib, nigohingizni bir nuqtaga qarating va boshni o‘ngga va chapga ohista egishni boshlang. Ushbu mashqni 10 marta bajaring. Shundan soʻng, boshingizni o‘ngga yoki chapga burishingiz mumkin. 

Ko‘zni pirpiratish

Bir daqiqaga vaqt belgilang. Endi to‘g‘riga qarab, boshingizni tik tuting va tez-tez ko‘zingizni yumib-oching. Tezlikni kamaytirmang: qanchalik tez mijja qoqsangiz, koʻzingiz shunchalik tez namlanadi.

Ko‘z qisish o‘yini

Kompyuterda uzoq vaqt ishlagandan so‘ng, taranglikni yo‘qotish uchun ajoyib ko‘z mashqi. Birinchi ko‘zingizni qattiq yaxshilab yuming, so‘ngra oching va bo‘shashtiring. Ushbu mashqni 10 marta takrorlang.

Doiralar chizish 

Boshni tik ushlab, koʻzni bir nuqtaga qarating. Boʻyin bilan, avval  bir yoʻnalishda, soʻngra boshqa tomonga qarab doira chizamiz (boshni orqaga tashlamasdan). Koʻzlaringiz bilan yon tomonga qaramaslikka harakat qiling va mashqni 10 marta takrorlang.

Uzoq-yaqin 

“Fokus”ni sozlash uchun to‘g‘ri o‘tirib, ko‘zingiz qarshisida (10 sm masofada) bosh barmog‘ingizni yuqoriga koʻtaring (xuddi “zoʻr”ni ko‘rsatayotgandek), unga 10 soniya davomida qarab turing. Endi qo‘lingizni uzatib, undan 10 soniya davomida nigohingizni uzmang. Yana yaqinlashtiring va yana uzoqlashtiring. Ushbu mashqni kamida 5 marta bajaring.

Ko‘zni massaj qiling 

Ko‘zlaringizni yumib, barmoqlar bilan uni atrofiga sekin va qattiq bosmasdan massaj qilishni boshlang. Shu tarzda 5 marta aylantiring.

Endi barmoq uchlari bilan to‘g‘ri ko‘z qovoqlarini yengil bosing, go‘yo u yerga nuqta qo‘ygandek. Mashqni ehtiyotkorlik bilan va bosimsiz 10 marta bajarib boʻlib, koʻzlaringizni ochishingiz mumkin.