РУ
O’Z
UZS
/
/
Mashinada nimalar bo‘lishi kerak? Kutilmagan barcha turdagi holatlar uchun kerakli narsalarni jamlaymiz
18.07.2024

Mashinada nimalar bo‘lishi kerak? Kutilmagan barcha turdagi holatlar uchun kerakli narsalarni jamlaymiz

Mashinada nimalar bo‘lishi kerak? Kutilmagan barcha turdagi holatlar uchun kerakli narsalarni jamlaymiz

Qotib qolgan qulf, teshilgan g‘ildirak, tunda kuyib qolgan chiroq – bu muammolar sayohatingizni buzishi va oldini olish oson bo‘lgan xarajatlarga olib kelishi mumkin. Biz har doim mashina yukxonasida olib yurishga ma’qul bo‘lgan narsalar ro‘yxatini tuzdik – bu narsalar siz va yo‘lovchilaringizga kerak bo‘lmasa ham, yo‘l chetidagi yordamga muhtoj bo‘lgan boshqa birov uchun foydali bo‘ladi.

Yorug‘lik qaytaradigan nimcha

Yo‘lda, ayniqsa magistral yo‘llarda majburiy to‘xtab qolgan taqdirda, o‘zingiz va yo‘lovchilarni boshqa haydovchilarga imkon qadar ko‘rinadigan qilish muhim. “Avariyka”ni yoqish, uchburchak belgini qo‘yish – bular albatta yaxshi, ammo agar g‘ildirakni almashtirayotgan bo‘lsangiz yoki yo‘lning qatnov qismida turgan vaqtingizda yorug‘lik qaytaradigan va yorqin nimchani kiyib olish undan ham yaxshi. Ularning narxi arzon, shu bilan nimcha yordamida siz nafaqat qorong‘uda balki kunduzi ham xavfsizligingizni oshirgan bo‘lasiz.

Dorilar qutisi

Majburiy dorilar to‘plam har qanday mashinada bo‘lishi kerak, ammo undan tashqari, dorilar qutisini siz va muntazam yo‘lovchilaringizning sog‘lig‘iga bog‘liq kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan vositalar bilan to‘ldirishni maslahat beramiz.

Misol uchun, bosh va qorin og‘rig‘i, isitma tushiradigan, shamollashga qarshi dorilar. Uzoq yo‘lda apteka qidirib yurgandan ko‘ra, aynan sizga kerak bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan dorilarni oldindan tayyorlab qo‘yganingiz ma’qul. Faqat bir muhim jihatini ham inobatga oling: qutidagi barcha dori vositalarining amal qilish muddatini muntazam ravishda tekshiring.

WD-40

Bu afsonaviy sprey hamma narsaga yordam beradi: u qotib qolgan qulfni moylaydi, zang bo‘lib qotib qolgan vintni ochishga va g‘irchillaydigan eshiklarni moylashga yordam beradi. Ham avtomobil, ham uy uchun juda kerakli narsa.

G‘ildirakni almashtirish uchun kerak bo‘ladigan narsalar

Qoida bo‘yicha, yangi avtomobillarda g‘ildirakni almashtirish uchun vositalar to‘plami bo‘ladi: ballon kaliti, domkrat, qo‘shimcha g‘ildirakning o‘zi yoki ta’mirlash to‘plami. Ammo foydalanilgan mashinani sotib olganda, bularning barchasi bo‘lmasligi ham mumkin.

Cho‘l joyda tekshilgan g‘ildirak bilan kerakli kalit yoki domkratga ega bo‘lmaslik – juda yoqimsiz holatligini ko‘pchilik biladi. Shuning uchun sizda to‘liq to‘plam borligi va aynan sizning mashinangizga mos kelishiga ishonch hosil qiling.

Nasos ham juda muhim. Axir, qo‘shimcha g‘ildirak ham dam chiqarsa na biror kalit, na domkrat yordam bermaydi.

Mashina moyi va antifriz

Mashinangiz moy talab qilmasa va antifriz to‘la bo‘lsa ham, bu suyuqliklarning har birini bir litrdan bagajga solib qo‘yish ortiqcha bo‘lmaydi. To‘satdan nimadir buzilib qolishi mumkin – radiator buzilshi, moy va antifrizning dvigatelgacha oqib borishi oqibatida ulkan xarajatlar paydo bo‘ladi.

Fonar va batareyalar

Bugungi kunda smartfon ko‘pincha fonar sifatida ishlatiladi, ammo agar shaharlardan uzoqda bo‘lgan yo‘lda sizga yordam kerak bo‘lsa, telefon quvvatini tejaganingiz ma’qul. Batareyada ishlaydigan fonar – o‘nlab yillar davomida tasdiqlangan yechim: u uzoq vaqt davomida ishlaydi, siz tezda batareyasini almashtirib quvvatlab olish mumkin. Ta’mirlash ishlarida qulay bo‘lishi uchun boshga taqiladigan fonardan foydalanish yaxshiroq.

Qo‘lqoplar

Bu yerda tushuntirishlarga hojat yo‘q. Yuqorida aytganimizdek, g‘ildiraklarni almashtirgandan so‘ng, toza (ayniqsa och rangli) salonga o‘ttirish, yaxshilikka olib kelmaydi. Iflosliklar bilan ishlaganda q‘olqoplardan foydalanish juda oqilona ish, buning ustiga qo‘lqoplar – juda arzon turadi, juda kam joy egallaydi, shuning uchun bir necha juftini olib yurganingiz ma’qul.

Prikurivatel kabellari

Sovuq mavsumda u ayniqsa kerak bo‘ladi. Iloji boricha uzun simlarni tanlang (3-5 metr), chunki ikkinchi avtomobil sizning mashinangizga juda yaqin kelishining har doim ham iloji bo‘lmaydi, ayniqsa ko‘p qavatli binolar hovlisida.

Har ehtimolga qarshi, simlarni to‘g‘ri ulash tartibi: qizil kabel (plyus) quvvatsiz batareyali avtomobilga, boshqa uchini esa uning “donori”ga qo‘shiladi; qora kabel (minus) “donor” batareyaga, ikkinchi uchi esa yoqilmaydigan avtomobilning bo‘yalmagan metall elementiga qo‘shiladi. Kabellar teskari tartibda uziladi: avval qora kabel, so‘ngra qizil.

Asboblar to‘plami

Agar siz mashinaning tuzilishini tushunmasangiz ham va o‘zingiz avtomobilni ta’mirlamoqchi bo‘lmasangiz ham, kamida minimal to‘plamli asboblar sizga asqatadi. Otvyortkalar, oltiburchaklar to‘plami, gayka kaliti (misol uchun, akkumulyator klemmalarini yechish uchun) – bu asboblarning barchasi yo‘l hayotini soddalashtiradi.

Shatakka olish arqoni

Ba’zi turdagi uzatmali (variator, gidrotransformatorli) avtomobillarni shatakka olmagan ma’qul, ayniqsa uzoq masofalarga – eng ishonchli usul evakuator mashinasini chaqirishdir. Biroq, balki siz kimnidir shatkka olishingiz kabi holatga tushib qolishingizga to‘g‘ri keladi, shuning uchun mustahkam arqonni mashinangizda saqlaganingiz yaxshi.

Arqonning uzunligi kamida to‘rt metr bo‘lishi kerak, lekin juda uzunini sotib olish ham kerak emas: 4,5-6 metrli arqon olish maqbuldir. Bunday uzunlikda mashinalarni burish hech qanday qiyinchiliksiz amalga oshiriladi va mashinalar orasidagi masofa shatakka olgan avtomobil haydovchisi uchun qulay bo‘ladi. Kabeldagi yorqin bayroqlar haqida ham unutmang – aks holda kimdir uni sezmaydi va 90 daraja burchakda harakatlanayotganda uni tegib o‘tadi, bu esa jiddiy halokatga olib keladi.

Chiroqlar va predoxranitellar

Ular ortiqcha olib yurish uchun juda zarur narsalar emas, chiroqlar odatda juda kamdan-kam hollarda kuyadi, predoxranitellar bilan esa muammo qariyb bo‘lmaydi. Ammo tun yarmida chiroqlarning kuyishi yo‘l harakati xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadi. Shuning uchun mashinangizga mos keladigan bir juft chiroqlarni mashinangizga saqlab yurganingiz ma’qul. Shu o‘rinda, ba’zi avtomobillarda chiroqlarni almashtirish uchun faralarni yechishga to‘g‘ri keladi, shuning uchun yuqorida aytib o‘tgan asboblar to‘plami shunday holatda sizga aniq asqatadi.

Predoxranitellarga kelsak, blok sxemasini oldindan topib, chop etishingizni maslahat beramiz – unda nima muammo bo‘layotganini tushunishga yordam beradi.