Bloger Bonamur kalta ko‘ylakdagi suratlari bois tanqidga uchradi
Mashhur bloger Bonamur ochiq libosda tushgan suratlari tufayli ijtimoiy tarmoqlarda muhokama markaziga tushib qoldi. Suratlar uning Instagram`dagi shaxsiy sahifasida joylashtirilgan bo‘lib, ular qisqa vaqt ichida minglab izoh va munozaralarga sabab bo‘ldi.
Tasvirlarda bloger qora rangdagi, tana qiyofasiga yopishib turuvchi mini-ko‘ylakda aks etgan. Uning obrazini zamonaviy sumka, kapron paypoqlar, baland poshnali tuflilar va quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak to‘ldiradi.
Ko‘plab foydalanuvchilar bu libosni haddan tashqari e’tiborni tortuvchi deb baholashdi. Ayrimlar Bonamurning kiyim tanlovini “odob me’yorlariga zid” deb atasa, boshqalar uni “shaxsiy erkinlik” namunasiga yo‘yishdi.
Bunga javoban bloger o‘z sahifasida tanqidlarga javob yozib, har bir inson o‘zini ifoda etish huquqiga ega ekanini ta’kidladi. U “libos — bu faqat kiyim emas, balki kayfiyat va o‘ziga ishonch ramzi” ekanini yozgan.