РУ
O’Z
UZS
/
/
Massajning foydasi va u qanday muammolarni hal qiladi?
01.08.2024

Massajning foydasi va u qanday muammolarni hal qiladi?

Massajning foydasi va u qanday muammolarni hal qiladi?

Modachilar, sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari, ofis ishchilari va qaysidir bir organi “sim etib” og‘rib qolgan yoki qaysidir bir bo‘g‘imi “tortishib qolgan”larning mashhur va sevimli bo‘lgan muolajasi haqida barchasini jamladik: massajning turlaridan qarshi ko‘rsatmalargacha ma’lumotlar to‘pladik. 

Massaj – nafaqat umumiy ahvoligingizni yaxshilashga, balki haqiqatan ham qayta tug‘ilish mumkinligiga ishonishga imkon beradigan yoqimli muolaja. U og‘ir ish kuni, uzoq davom etgan stressdan keyin dam olishga yordam beradi – bu aqliy va jismoniy muammolarni hal qilishning birinchi bosqichidir. Ammo massajning yana qanday afzalliklari bor, qanday turlari mavjud va nima sababdan deyarli hammaga tavsiya etiladi? 

Qanday massaj turlari mavjud?

  • Segmental. Orqa miya sohasiga ta’sir qilib, qon aylanishini rag‘batlantiradi va mushaklarni harakatlantiradi.
  • Birlashtiruvchi (teri, teri osti to‘qimalarining tarangligi). Qon ta’minotini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi.
  • Periosteal (nuqtali). Bu butun tana va asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Tailand (yoga massaji). Bo‘g‘imlarni moslashuvchan qiladi, og‘riqni yengillashtiradi, umumiy ahvolni yaxshilaydi, migrendan xalos bo‘lishga yordam beradi.
  • Bali (biologik). Ichki organlarning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi, hujayralarni kislorod bilan to‘yintiradi va bosimni yengillashtiradi.
  • Tibet (energiya). Bo‘shashtiradi, paylarning holatini yaxshilaydi, yoshartiradi va qarish jarayonini sekinlashtiradi. 

Shuningdek, 2024-yilda limfa drenaj massaji (shish uchun) va tosh terapiyasi (toshlardan foydalangan holda turli xil massaj usullarining kombinatsiyasi) mashhur turlarga aylandi. Ammo ular hamma uchun mos emas, shuning uchun mutaxassis bilan maslahatlashish yaxshiroqdir. 

Massaj – qarshi ko‘rsatmalar:  

Gipertoniya, qalqonsimon bez kasalliklari, o‘tkir bosqichda virusli infeksiyalar, tromboz, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, onkologiya. 

Yallig‘lanishli teri kasalliklari, allergiyaning kuchaygan davri, shuningdek homiladorlikning birinchi uch oyida massajdan saqlaning. 

Massajning foydasi va u qanday muammolarni hal qiladi

  • Stress, uyqusizlik va doimiy charchoq alomatlarini yengillashtiradi
  • Bu ortiqcha vazn va selyulitdan xalos bo‘lishga yordam beradi (ayniqsa, turmush tarzi harakatsiz va ovqatlanish muvozanatsiz bo‘lsa)
  • Shishishni, oyoq-qo‘l uchlarida og‘irlik hissini yengillashtiradi 
  • Tug‘ruqdan keyingi sindromni yengillashtiradi: tananing tiklanishini tezlashtiradi. Shuningdek, jarohatlarning erta bitishiga yordam beradi
  • Bo‘g‘im va mushaklardagi og‘riqlarga yordam beradi. Faqat davolovchi shifokor tomonidan belgilangan boshqa vositalar bilan birgalikda yaxshi ta’sir qiladi
  • Surunkali nafas olish kasalliklarini davolaydi 

Massaj muolajasini boshlashdan oldin tajribali massaj terapevti tashxis qo‘yishi kerak (og‘riq testi), bu bemor qanday psixologik holatda ekanini ko‘rsatadi. Agar sizda depressiya aniqlangan bo‘lsa, unda muolajaning natijasi oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lishi mumkin va sizga bu muolajani qabul qilmaslik kerak.