РУ
O’Z
UZS
/
/
Metall korpusli Samsung Galaxy A55 5G smartfoni tahlili: texnik xususiyatlari, imkoniyatlari va rasmlari
22.08.2024

Metall korpusli Samsung Galaxy A55 5G smartfoni tahlili: texnik xususiyatlari, imkoniyatlari va rasmlari

Metall korpusli Samsung Galaxy A55 5G smartfoni tahlili: texnik xususiyatlari, imkoniyatlari va rasmlari
Muallif
Leyla Li

2024-yil mart oyida Samsung Galaxy A55 5G smartfoni (SM-A556E/DS modeli) taqdim etildi. Qurilma yangi imkoniyatlar va takomillashtirilgan texnik xususiyatlarni, jumladan, kuchli Exynos 1480 protsessori hamda 6,6 dyuymli SuperAMOLED ekranini o‘z ichiga oladi. Yangi model e’tibor qaratishga arziydimi?

Tashqi tomondan telefon flagmanlardan qolishmaydi

Qurilma iPhone 15 darajasida ko‘rinadi: alyuminiy va shishadan yasalgan mustahkam korpus (Corning Gorilla Glass Victus+).

Korpus ranglari: sariq (Awesome Lemon), binafsha (Awesome Lilac), qora (Awesome Navy) va kulrang-havo rang (Awesome Iceblue).

Xususiyatlari-chi?

Samsung Galaxy A55 5G smartfoni 6,6 dyuymli 1080x2400 pikselli ekran bilan jihozlangan bo‘lib, AlwaysOn Display texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi Exynos 1480 platformasiga o‘tishi natijasida qurilma 8 Gb operativ xotira va 128 Gb yoki 256 Gb ichki xotiraga ega bo‘ldi. Shuningdek, 1 TB hajmgacha xotira kartalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilmaning operatsion tizimi OneUI 6.1 interfeysi bilan Android 14.0 hisoblanadi. Ekranning yorqinligi 1000 nitgacha oshirilgani va Corning Gorilla Glass Victus+ oynasi bilan himoyalangani ta’kidlanmoqda.

Asosiy kamera uch moduldan iborat: 50 megapiksellik optik stabilizatsiyali, 12 megapiksellik keng burchakli va 5 megapiksellik makro kamera. 32 megapiksellik old kamera bokeh effekti bilan ta’minlangan.

Smartfon 4K videoni yozish va FullHD formatida elektron stabilizatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilma IP67 himoya darajasiga ega va Samsung Pay hamda Google Pay kabi kontaktsiz to‘lov funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi smartfonning kamchiliklaridan biri - to‘plamda quvvatlash moslamasining yo‘qligi, biroq telefon 25 vattgacha tezkor quvvatlashni qabul qiladi.

Bundan tashqari, Galaxy A55 5G ikkita SIM karta va eSIM bilan ishlashi mumkin, shuningdek, Wi-Fi a/b/g/n/ac, Bluetooth 5.3 va NFC kabi keng ko‘lamli simsiz interfeyslarga ega.

XususiyatlariTavsif
Displey6.6" FHD+ Super AMOLED, 2340x1080 piksel, 120Hz, HDR10+, Gorilla Glass Victus+
ProtsessorExynos 1480 (4nm), Octa-core (4x2.75GGts Cortex-A78 + 4x2.05 GGts Cortex-A55)
Grafik protsessorSamsung Xclipse 530 (RDNA2 bazasida)
Operativ xotira8GB 
Ichki xotira128GB yoki 256GB UFS 3.1, microSD va 1TB qo‘llab-quvvatlaydi
Operatsion tizimAndroid 14, One UI 6.1
Asosiy kameraCuhtalik: 50 MP (OIS), 12 MP (ultrakenglik, 123°), 5 MP (makro)
Frontal kamera32 MP, f/2.2
Akkumulyator5000 mA soat, tezkor quvvatlagich 25W
HimoyaIP67 (chang va suvdan himoya)
Tarmoqli texnologiyalar5G, 4G LTE, 3G, 2G
Simsiz interfeyslarWi-Fi 6, Bluetooth 5.3, NFC
UlagichlarUSB Type-C 2.0, Type-C orqali audio-uzatish
OvozStereodinamika
Gabaritlar va og‘irlik161.7 x 77.4 x 8.2 mm, 213 g
Korpus materiallariMetall ramka, oldi va orqasi Gorilla Glass Victus+ shishasi
RanglariAwesome Iceblue, Awesome Navy, Awesome Lilac, Awesome Lemon

Olish mumkin bo‘lgan fotosuratlarni flagman smartfonlariniki bilan taqqoslab bo‘lmaydi, lekin A seriyali smartfondan bunday natijalarni kutish ham o‘rinli emas.

Umuman olganda, bu smartfonda g‘ayrioddiy hech narsa yo‘q. Biroq narxi ham premium darajadagi qurilma ekanligiga ishora qilmaydi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda bunday smartfonni taxminan 400 AQSH dollariga xarid qilish mumkin.