РУ
O’Z
UZS
/
/
Milliarderlar, siyosatchilar va taniqli yulduzlar o‘qigan 2024-yil hisobi bo‘yicha dunyoning TOP universitetlari
09.06.2024

Milliarderlar, siyosatchilar va taniqli yulduzlar o‘qigan 2024-yil hisobi bo‘yicha dunyoning TOP universitetlari

Milliarderlar, siyosatchilar va taniqli yulduzlar o‘qigan 2024-yil hisobi bo‘yicha dunyoning TOP universitetlari

Agar orzuingiz – dunyoning eng yaxshi universitetlarida ta’lim olish bo‘lsa, unda quyidagi maqola aynan siz uchun. Mashhur «Times Higher Education» ta’lim nashri 2024 yilgi dunyodagi eng yaxshi universitetlar ro‘yxatini taqdim etdi. Mutaxassislar bu yil abituriyentlar bilishi kerak bo‘lgan e’tiborli tomonlar – ta’lim sifatidan tortib martaba istiqbollariga qadar barcha yo’nalishlarni o‘rganib chiqib, ularni hisobga olgan holda ro‘yxat tuzdilar.

Dunyoning eng yaxshi universitetlarini qanday mezonlar asosida tanlashadi?

  • Dunyoning eng mashhur ilmiy mukofotlari – masalan, Nobel mukofotini olgan bitiruvchilar soni bo‘yicha.
  • Nobel va Field mukofotlari sovrindorlari, eng ko‘p keltirilgan ilmiy ishlar mualliflari bo‘lgan o‘qituvchilar tarkibi bo‘yicha.
  • Talabalar faoliyati reytingi bo‘yicha.

2024-yildagi dunyoning eng yaxshi universitetlari: qayerda oqish kerak?

Oksford universiteti (Britaniya)

Oksford – dunyodagi eng qadimgi va eng yaxshi universitet bo‘lib, uning diplomi eng nufuzli kompaniyalarda ishlash imkonini beradi. 

Oksfordda nimalar o‘rganiladi?

– Tibbiyot
– Huquqshunoslik
– Tarix
– Adabiyot va tilshunoslik
– Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar
– Tabiiy va aniq fanlar
– San’at va dizayn
– Biologiya
– Iqtisodiyot

Oksfordni nafaqat Britaniya taxtining merosxo‘rlari shahzoda Uilyam va Garri, shuningdek, Britaniyaning deyarli barcha bosh vazirlari, Tolkiendan Uayldgacha bo‘lgan yozuvchilar, Garri Potter yulduzi Emma Uotson va boshqa aktyorlar, shuningdek, Nobel mukofoti va boshqa taniqli mukofotlar sovrindorlari tugatgan.

Stenford universiteti (AQSh)

«Silicon Valley» ning markazida joylashgan dunyodagi eng yaxshi xususiy universitetlardan biri.

Stenfordda nimalar o‘rganiladi?

– Iqtisodiyot
– Moliya va buxgalteriya
– Biznes va menejment
– Muhandislik
– Huquqshunoslik (huquq)
– Media va aloqa
– IT, «Computer Science»
– Xalqaro munosabatlar va siyosat
– Tabiiy va aniq fanlar
– Gumanitar fanlar
– Biologiya va biotibbiyot
– Ijtimoiy fanlar

Uning bitiruvchilari orasida Googlening eng yaxshi menejerlari va hatto uning asoschilari – Larri Peyj va Sergey Brin ham bor. Shuningdek, taniqli yozuvchilar, kriptograflar va hatto AQShning 31-prezidenti Gerbert Guver ham bu yerda tahsil olishgan.

Massachusets texnologiya universiteti (AQSh)

Boston chekkasida joylashgan yana bir taniqli universitet. Uni ko‘pchilik texnik va texnologik daholar, robototexnika va sun’iy intellekt yaratuvchilarining «Makka» si deb atashadi.

MITda nimalar o‘rganiladi:

– Arxitektura va muhandislik
– Mashinasozlik
– Gumanitar fanlar
– San’at
– Ijtimoiy fanlar
– Boshqaruv
– Biznes va iqtisodiyot

Bitiruvchilar orasida muvaffaqiyatli ishbilarmonlar, dunyodagi eng taniqli kompaniyalarning bosh direktorlari, shuningdek Google, Amazon, Apple, Boeing va Microsoftning top-menejerlari bor.

Garvard universiteti (AQSh)

Kembrijning (Massachusets shtati) 2000 gektar maydonini egallagan AQShning eng qadimgi ushbu universiteti «IVY League» birlashmasining a’zosi ekanligi va nufuzli tadqiqotlari bilan mashhur.

Garvardda nimalar o‘rganiladi?

– Gumanitar va ijtimoiy fanlar (psixologiya, falsafa, siyosatshunoslik)
– Tibbiyot va sog’liqni saqlash
– Huquqshunoslik
– Tasviriy san’at
– Biznes va iqtisodiyot
– Muhandislik, IT-texnologiyalar

Garvard bitiruvchilari orasida AQShning 8 prezidentlari, milliarderlar, Pulitser mukofoti va Oskar sovrindorlari bor.

Kembrij universiteti (AQSh)

Dunyodagi yana bir eng qadimgi o‘quv muassasasi bo‘lib, u har yili eng yaxshi universitetlar qatoriga kiradi. Unda o‘qishni turli sohalardagi aristokratlar, olimlar va mutaxassiar tanlashadi (bu universitetni 100 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlari bitirgani bejiz emas). 

Kembrijda nimalar o‘rganiladi?

– Muhandislik 
– Arxeologiya va tarix 
– Tabiiy fanlar (fizika, kimyo) 
– Kompyuter texnologiyalari 
– Stomatologiya va tibbiyot 
– Siyosat va iqtisodiyot 
– Huquqshunoslik 

Britaniya qiroli Charlz III, nazariy fizik Stiven Xoking va boshqa taniqli olimlar, siyosiy arboblar, Gollivud aktyorlari, rassomlari va ijodkorlari Kembrij universiteti diplomiga ega. 

Prinston universiteti (AQSh)

Ko‘pchilik Nyu-Jersidagi xususiy tadqiqot universitetida o‘qish uchun Green Card o‘ynab, AQShga ko‘chib o‘tadi. U nafaqat «IVY League» ning a’zosi bo‘lgani uchun, balki talabalar uchun turli xil faoliyatlarning mavjudligi bilan ham mashhur. 

Prinstonda nimalar o‘rganiladi?

– Xalqaro munosabatlar
– Siyosatshunoslik 
– Matematika
– Muhandislik
– Antropologiya va sotsiologiya 
– Tabiiy fanlar 
– Tarix 

Prinston bitiruvchilari: «Amazon» asoschisi Jef Bezos, Google bosh direktori Erik Shmidt, AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama va boshqalar.

Kaliforniya texnologiya instituti (AQSh)

Pasadenada joylashgan va aniq fanlarga ixtisoslashgan dunyodagi yana bir eng yaxshi universitet. Aytishicha, bu yerdagi o‘qish sizni zeriktirib qo‘ymaydi: tayyorgarlik darajasi jiddiy, intensiv o‘qish va fanga ixtisoslashtirilgan.

Kaliforniya texnologiya institutida nimalar o‘rganiladi?

– Aniq fanlar va muhandislik
– Tabiiy fanlar 
– Texnologiya va amaliy fanlar 
– Geologiya va planetologiya 
– Gumanitar va ijtimoiy fanlar 
– Fizika, matematika  
– Astronomiya 

Bu institutni juda mashhur olimlar, masalan, astronom Kip Torn, Kvant kimyogari Linus Karl va boshqalar bitirishgan.

London Imperial kolleji (Britaniya) 

Ushbu kollej nisbatan kichik bo‘lishiga qaramay hali hanuz dunyodagi eng yaxshi universitetlardan biri hisoblanadi. U tibbiyot va tabiiy fanlar, menejment va boshqa eng yaxshi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan.

Qirollik kollejida nimalar o‘rganiladi?

– Muhandislik 
– Tibbiyot
– Tabiiy fanlar 
– Biznes 
– Menejment va menejment

Imperial kolleji bitiruvchilari NASAda ishlaydi, tibbiyotda katta kashfiyotlar (masalan, OIVT virusini aniqlash uchun tezkor test yaratdilar) qiladilar. 

Kaliforniya universiteti (AQSh)

Los-Anjelesdagi kampusli ushbu universitet, AQShga kelgan arizalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Bu yerda Emmi, Oskar sovrindorlari hamda muvaffaqiyatli tadbirkorlar tahsil olishadi.

Kaliforniya universitetida nimalar o‘rganiladi?

– Muhandislik 
– Axborot texnologiyalari 
– Tibbiyot 
– Huquqshunoslik
– Kino va teatr san’ati 
– Musiqa 
– Iqtisodiyot va biznes 
– Media va aloqa 
– Gumanitar fanlar 
– Ijtimoiy fanlar 
– Tabiiy va aniq fanlar

Kaliforniya universiteti fakultetlari: muhandislik, axborot texnologiyalari, tibbiyot, yuridik, kino va teatr san’ati, musiqa va boshqalar. Kaliforniya universitetining taniqli bitiruvchilari: «Cho‘qintirgan ota» rejissyori Frensis Ford Koppola, «MySpace» ning yaratuvchisi Tom Anderson.

Yel universiteti (AQSh)

Konnektikutdagi bu universitet o‘zining ta’lim sifati va tadqiqot faoliyati bilan mashhur – u yerdagi o‘qituvchilar faqat akademiklar va fan doktorlari bo‘lishlari bejiz emas. 

Yelda nimalar o‘rganiladi? 

– Ijtimoiy va gumanitar fanlar 
– Tasviriy san’at 
– Kino va fotosurat 
– Kimyo
– Matematika va kompyuter texnologiyalari 
– Teatr va raqs 
– Arxitektura va muhandislik 

O‘z vaqtida Yel institutini nafaqat, Shvetsiya malikasi Viktoriya, Nobel mukofoti sovrindorlari, aktrisalar Meril Strip, Jodi Foster va boshqalar bitirib ketishgan. 

Milliorderlar qayerda oqishadi ? Eng boy bitiruvchilar quyidagi institutlarni tamomlaganlar: 

CEOWORLD nashri dunyodagi eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari – Forbes ro‘yxatidagi eng muvaffaqiyatli milliarderlar va boshqalar bitirgan institutlar haqida ma’lumot berdi. Qizig‘i shundaki, ushbu reytingga AQSh va Hindiston universitetlari kiritilgan. Ular orasida: Prinston universiteti, MIT, Kolumbiya universiteti, Janubiy Kaliforniya universiteti, Kornel universiteti, Stenford, Yel, Garvard, Mumbay va Pensilvaniya universitetlari mavjud. 

Qaysi institutlar 2024–yilning TOP 10 ta oliy oquv yurti royxatiga kirishiga ozgina yetmadi?

Xitoy universitetlari ham dunyodagi eng zo‘r «oltin» o‘ntalik ro‘yxatiga yaqin. Masalan,Tsinghua, Pekin universiteti (Beida).

Qozogiston dunyodagi eng yaxshi universitetlar royxatida ekan, Ozbekistonchi?

Nazarboyev universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti, Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universitet, Satpayevskiy universiteti ham  dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingining 500 va undan past qatorlaridan joy egallagan. 

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatida «reportyor» maqomini oldi. Bu shuni anglatadiki, ular reytingga kirish uchun nomzod sifatida tanlangan. 

«48 ta oliy ta’lim muassasasi ‘THE’ nufuzli reytingiga qo‘shilish uchun nomzod sifatida ko‘riladi va reyting agentligi ularga qo‘lidan kelganicha yordam beradi», – O‘zbekiston ta’lim vazirligining rasmiy xabarida shunday deyilgan.