Sidni Suini deyarli “yalang‘och” holda sahnaga chiqdi
“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini “Variety Power of Women” tadbirida ochiq-sochiq kiyimda paydo bo‘lib, hammaning e’tiborini o‘ziga jalb qildi.
Aktrisa qizil gilamga Kristian Kouenning tanasiga yopishib turadigan ko‘ylagida chiqdi. Yarim shaffof to‘rsimon matodan tikilgan libos barcha nigohini o‘ziga qaratdi, chunki Suini ko‘kragini ochiq qoldirib, siynabanddan voz kechgandi.
U o‘zining dadil qiyofasini baland poshnali sandallari, taqinchoqlari va tabiiy ko‘rinishdagi pardozi bilan to‘ldirdi, shuningdek, yangi sariq tusli soch turmagini ham namoyish etdi.
Tadbirdan olingan suratlar va videolar ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokama uyg‘otdi. Ba’zilar aktrisaning o‘ziga ishonchini va moda erkinligini maqtashsa, boshqalar bu chiqishni haddan tashqari ochiq deb tanqid qilishdi.